183
“Suzuvchi markaz”dan foydalangan holda xomashyoni oʻrnatish usuli (a) va uni
bazalash sxemasi (b):
1-oldingi markaz; 2-povodok (jilov); 3-xomashyo; 4-ketingi markaz; 5-tayanch; 6-
vint; 7-vtulka.
Mashinasozlikda bir xil turdagi detallarga ishlov berish uchun texnologik
hujjatlar sonini kamaytirish va yangi buyumlarni ishlab
chiqarish muddatlarini
qisqartirish maqsadida
tiplashtirish qabul qilingan. Ushbu tiplashtirish detallarni
oʻxshash belgilariga qarab tasniflashga asoslangan: oʻlchamlariga, shakliga,
texnologik oʻxshashligiga. Tokarlik dastgohida ishlov beriladigan detallar quyidagi
texnologik sinflarga boʻlinadi: vallar, vtulkalar, stakanlar, disklar va flaneslar.
Tokarlik dastgohlarda ishlov beriladigan detallarning texnologik sinflari:
a) – vallar: 1-silliq; 2-pogʻonali; 3-murkkab
shaklli uchastkasi bor; 4-ichi
boʻsh; b)-vtulkalar: 5-silliq; 6-pogʻonasimon tuynukli; 7-tashqi yuzasi pogʻonali
shaklda; 8-murakkab; v)-stakanlar: 9-tubi yaxlit, silliq; 10-tubida
tuynugi bor
flanesli; 11-tuynukli; 12-murakkab shaklli; d)-flaneslar: 13-ikki tomoni gubchakli;
14-bir tomonlama gubchakli.
Vallar deb uzunligi dimetridan uch martadan ortiq katta (uzun) boʻlgan
sterjenlarga aytiladi. Ushbu sinfga yana yurish vintlari, oʻqlar, shpindellar, pinollar
ham kiradi.