185
4-5
Opravkada
yoki
patronda
Detalning texnologik bazaga
nisbatan aniq joylashgan
yuzalarini toza yoʻnish
Izoh: 1.Toza bazani oʻlchaydigan asbob bilan tayyorlashda (razvyortka, metchik va
boshqalar) ikkinchi operatsiyada operatsiyalar sonini 1 taga qisqartirish lozim.
2. Vtulkada murakab shaklli uchastkalar mavjud boʻlsa (rezbali, konusli va shakldor) hamda
ushbu uchastkalarga ishlov berish uchun dastgoh alohida sozlanadigan boʻlsa, texnologik
jarayondagi operatsiyalar soni mos ravishda koʻpaytiriladi.
3.Xomashyolarni 4-5 operatsiyalarda oʻrnatishda uni markazlash aniqligini oshirish lozim.
13.1. Mexanik ishlov berishda bazalashning asosiy tamoyili.
Qattiq jismlar mexanikasidan maʼlumki, ular fazoda
oltita erkinlik darajasiga
ega. Bu ixtiyoriy tanlangan uchta oʻzaro perpendikulyar X,Y,Z oʻqlar boʻyicha
ilgarilanma-qaytma va shu oʻqlar atrofida aylanma harakatlardan iborat (1-rasm).
Xomashyo yoki detalning har bir erkinlik darajasini yoʻqotish
uchun uni
maʼlum bir qoʻzgʻalmas nuqtaga qisish (jipslash) kerak. Bu nuqtalar oʻz navbatida
moslama yoki dastgoh stolining qoʻzgʻalmas nuqtalari boʻlishi mumkin. Har bir
qoʻzgʻalmas bir nuqtali tayanch detalning bitta erkinlik darajasini yoʻqotadi.
Detalning barcha oltita erkinlik darajasini yoʻqotish uchun uni oltita qoʻzgʻalmas
tayanchga bazalash demak. Bu olti nuqta uchta oʻzaro
perpendikulyar tekislikda
joylashgan boʻlishi kerak: 1,2,3, nuqtalar XOZ da; 4 va 5 YOZ da; va 6 nuqta -
XOY da.
1-rasm. Xomashyo va detallarni bazalash sxemasi (olti nuqta qoidasi):
R1,R2,R3- xomashyoni bazalashda taʼsir etuvchi kuchlar.
Uchta 1,2,3 nuqtalar detalning XOZ tekisligiga nisbatan holatini ifodalaydi va
bu tekislik
oʻrnatish tekisligi deb yuritiladi. Uchta tayanch nuqta detalning Y oʻqi
boʻyicha siljishini va X,Y oʻqlari atrofida aylanishini yoʻqotadi. Ikkita 4 va 5
nuqtalar detalning ZOY tekisligiga nisbatan holatini
ifodalaydi va bu tekislik