• Metall kesish dastgohining noaniqligi
  • Ishlov berishning tizimli xatoliklari




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Ishlov berishning tizimli xatoliklari. 
    Ishlov berishning tizimli xatoliklari barcha ishlov berilayotgan detallar uchun 
    doimiy yoki ishlov berilayotgan detallarning har biridan ikkinchisiga oʻtishda 
    maʼlum qonuniyat asosida oʻzgarib boradi. Birinchi turdagi xatoliklar doimiy tizimli 
    xatoliklar deyiladi (
    ) va ikkinchi turdagi xatoliklar oʻzgaruvchi tizimli 
    (funksional) xatoliklar deb ataladi (
    ). Bu xatoliklar asbob, moslama va 
    dastgohning noaniqligi, yeyilishi va deformatsiyalanishidan, zagotovkaning 
    xatoliklaridan, harorat taʼsiridan va boshqa omillar taʼsiri natijasida shakllanadi. 
    Dastgohning noaniqligi, yeyilishi va deformatsiyalanish natijasida kelib 
    chiqadigan nuqsonlarga shpindelning radial tepishi, koʻndalang yuza tepishi (oʻq 
    boʻyicha) va boshqa shu singari tashkil etuvchilardan iborat boʻladigan xatoliklar
    kiradi. 
    Metall kesish dastgohining noaniqligi natijasida hosil boʻluvchi xatolik 
    uning geometrik xatoligi deb yuritiladi. Dastgohning geometrik xatoligi asosan 
    uning detallari, yigʻma birikmalarini notoʻgʻri tayyorlanganligi va yigʻish jarayonida 
    yoʻl qoʻyilgan xatoliklar oqibatida vujudga keladi. Bu xatoliklarni kattaligi 
    dastgohning aniqlik meʼyorlari GOST boʻyicha belgilanadi. Masalan: tokarlik va 
    frezerlik dastgohlari shpindellarining radial tepishi 0,01- 0,015 mm dan oshmasligi 
    kerak. Tokarlik va randalash dastgohlarining yoʻnaltiruvchilari toʻgʻri chiziqli va 
    paralellik boʻyicha xatoliklari 1000 mm esa 0,05-0,08 mm dan oshmasligi kerak. 
    Dastgohning ishlash jaryonida uning detallarini yemirilishi sababli xatoliklar 
    vujudga keladi. 
    Qirqish asbobining noaniqligiga va yeyilishiga bogʻliq boʻlgan xatoliklar 
    (ayniqsa freza, razvyortka, zenker kabi meʼyorlangan asboblarning) koʻpchilik 
    hollarda bevosita ishlov berilayotgan detalga oʻtadi. Odatda qirqish asbobining 
    noaniqligi juda kichik boʻladi va ishlov berishga asosan uning yeyilishidan kelib
    chiqadigan xatoligi katta taʼsir koʻrsatadi.
    Kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi detallarga mexanik 
    ishlov berish berish aniqligiga taʼsir koʻrsatadi. Mashina detallari kabi kesuvchi va 
    yordamchi asboblar absolyut aniq tayyorlanadi. Ishlov berish jarayonida ularning 
    xatoliklari u yoki bu koʻrinishda detalga koʻchadi. Bundan tashqari, ishlov berish 
    jarayonida ular yemiriladi va natijada xatolik ortib boradi. Bu esa yemirilish 
    natijasida dastgoh detallariga nisbatan kesuvchi asbobni taʼsiri yuqori ekanligini 
    bildiradi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish