202
sozlangan boʻladiki, natijada ishlov berishda
talab qilingan aniqlik, ishchining
saʼviyasi va eʼtiboriga deyarli bogʻliq boʻlmagan holda olinadi.
Zagotovkaga 2 va oʻlchamlar boʻyicha frezalab ishlov berilganida (31.
a-rasm) frezerlik dastgohining stoli balandligi boʻyicha oldindan shunday
oʻrnatilishi kerakki, tiski (qisqich) ning qoʻzgʻalmas labi 1 frezaning aylanish oʻqiga
nisbatan
masofada joylashgan boʻlishi kerak. Bu paytda frezaning 3
yon yuzasini (stolni koʻndalang yoʻnalishda siljitib) qoʻzgʻalmas labning vertikal
yuzasidan oraliqga uzoqlashtiriladi. Bu dastgohni dastlabki
sozlashni belgilab
yurish va oʻlchash usulida amalga oshiriladi. Bunday sozlash amalga oshirilganidan
keyin toʻplamdagi barcha zagotovkalarga ishlov berish, oʻlchov
ishlarini
qoʻllamasdan (detallarni jarayon davomida tanlab nazorat qilish bundan istisno) va
dastgoh stolini koʻndalang va vertikal yoʻnalishda siljitmasdan bajariladi. Ishlov
berish jarayoni davomida
va
oʻlchamlar oʻzgarmas boʻlib qolishligi sababli,
dastgohning shu sozlanishi bilan ishlov berilgan
barcha detallarning
va
oʻlchamlari aniqligi ham bir xil saqlanib qoladi.
Xuddi shu singari zagotovkaning (3.1.b-rasm) tekis koʻndalang yuzasiga
ishlov
berishda zagtovkaning
oʻlchami qisuvchi moslama yuzasidan 1,
qirquvchi keskich 3 siljishini chegaralovchi tirgak 4 yuzasigacha boʻlgan masofa
va shuningdek tayanchdan 4, keskichning qirqish yuzasi uchigacha boʻlgan masofa
bilan aniqlanadi.
3.1-rasm. Oʻlchamlarni avtomatik olish usulida zagotovkalarga ishlov berish.
Avtomatik oʻlcham olish usulidan foydalanilganda talab qilingan ishlov
berish aniqligini olish
vazifasi stanokchi ishchidan, dastgohni sozlovchiga,
asbobsozga, moslama yasovchilar va texnologlarga oʻtadi.
Bu usulning afzalligi sifatida olinadigan aniqlikning ishchi saʼviyasiga deyarli
bogʻliq boʻlmasligini, ish unumdorligining yuqori boʻlishini,
jarayon iqtisodiy
samaradorligi oshishini koʻrsatish mumkin.
Bu yutuqlar usulning zamonaviy seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish
korxonalarida keng qoʻllanilishiga imkon beradi.
Yuqorida koʻrib chiqilgan ishlov berish usullarining qaysi biri qoʻllanilmasin,
jarayon amalga oshirilishida doimo maʼlum miqdordagi kamchiliklar kelib chiqadi.
Bu xatoliklar tabiatiga qarab tizimli va tasodifiy deb ataluvchi turlarga boʻlinadi.
а
b
а
D
K
фр
2
b
"
"
K
"
"
b
"
"
a
"
"
b
"
"
a
"
"
с
"
"
b