|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Pdf ko'rish
|
bet | 168/188 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 8,15 Mb. | | #108303 |
Bog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Tasodifiy xatolik deb koʻrilayotgan bir partiyadagi har xil zagotovkaning
oʻlchamlari bir-biridan hech qanday qonuniyatga toʻgʻri kelmaydigan xatoliklar
boʻyicha farq qilishiga aytiladi. Tasodifiy xatoliklarning hosil boʻlishi natijasida bir
xil sharoitda ishlov berilgan zagotovkaning oʻlchamlari yoyilgan (tarqalgan) boʻladi.
Oʻlchamlarning tarqali- shini tasodifiy xarakterdagi koʻplab sabablarning yigʻindisi
keltirib chiqaradi. Bu sabablar avvaldan aniqlanishga boʻysunmaydi, bir paytda va
bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda oʻzining taʼsirini koʻrsata olishlari mumkin.
Bunday sabablar toʻplamiga: ishlov berilayotgan zagotovka qattiqligining va kesib
olinayotgan qoʻyim qatlami qalinligining oʻzgarib turishi; zagotovkani ba- zalash va
mahkamlash xatoligi tufayli moslamada zagotovkaning boshlangʻich holatining
oʻzgarishi yoki moslamaning noaniqligi tufayli hosil boʻladigan xatoliklar; tayanch
va limb boʻyicha support holatini belgilashdagi xatolik; ishlov berishda temperatura
rejimining O’zgarishi va oʻzgaruvchan kesish kuchining taʼsiri ostida texnologik
tizim elementlarining elastik qaytishi va boshqalar kiradi. Zagotovkalar oʻlchamlari
yoyilganligining taqsimlanish qonunlarini aniqlash va tahlil qilish uchun matematik
statistika usullari qoʻllaniladi. Oʻlchamlarning yoyilish (taqsimlanish) qonunlari.
Sozlangan dastgohda zagotovkalar partiyasiga ishlov berishda tasodifiy
xatoliklarning sodir boʻlishi natijasida har bir detalning haqiqiy oʻlchami tasodifiy
qiymat boʻlib hisoblanadi va u maʼlum bir oʻlcham oraligʻidagi har qanday qiymatni
qabul qilishi mumkin. Oʻzgarmas sharoitda ishlov berilgan zagotovkaning haqiqiy
oʻlchamlari qiymatining toʻplamida ushbu oʻlchamlarning takrorlanish chastotasini
yoki takrorlanishni koʻrsatilgan holda toʻplamni oʻsib borishi tartibida joylashishi
zagotovka oʻlchamlarining taqsimlanishi deb ataladi. Takrorlanish deganda, bitta
oʻlchamdagi zagotovkalar sonining partiyadagi umumiy zagotovkalar soniga nisbati
tushuniladi.
Zagotovkalar oʻlchamlarining taqsimlanishini jadvallar va grafiklar
koʻrinishida tasvirlash mumkin. Amalda zagotovkalar oʻlchamlarining haqiqiy
qiymatlari intervallarga yoki razryadlarga taqsimlanadi. Bunday holda takrorlanish
haqiqiy oʻlchami boʻyicha ushbu oʻlcham intervaliga toʻgʻri kelgan zagotovkalar
soni “t” ning partiyadagi oʻlchami oʻlchangan umumiy zagotovkalar soni p ga
nisbatidan iborat boʻladi. Masalan, haqiqiy oʻlchami 20,00 mm dan 20,35 mm
oraligʻida joylashgan 100 dona zagotovkani oʻlchaganda ushbu zagotovkalar
haqiqiy oʻlchamlarining taqsimlanishi 2.2- jadvalda keltirilgan koʻrinishda boʻlishi
aniqlandi.
2.2-jadval
|
| |