Mashina detallari yuzalari sifatining ahamiyati. Detal yuzasining sifati uni ishlash jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Detalning yemirilishga chidamliligi uni yuzasining sifatiga bogʻliq. Sifat oʻz
navbatida makrogeometriya, toʻlqinsimonlik va gʻadir-budirlik bilan xarakterlanadi.
Agarda detal yuzasi makronotekis va toʻlqinsimon boʻlsa, yemirilish xam notekis
boʻladi. Bunday hollarda avval koʻtarilib chiqqan yuzachalar yemiriladi. Agarda
yuzaning gʻadir-budirligi katta boʻlsa, yuqoridagi jarayon yana-da tezlashadi.
Qoʻzgʻalmas birikmalarning sifati. Bu birikmalar sifatli ishlashi va
yemirilishga chidamli boʻlishi uchun ularning detallarini yuzalari yuqori tozalikka
ega boʻlishi kerak.
Detalning mustahkamligi. Yuzaning sifati detalning mustahkamligini
bevosita belgilovchi omil. Yuza gʻadir-budirligi kichik boʻlsa, materiallarni
charchash mustahkamligini oshiradi va mikroyoriqchalar hosil boʻlish jarayonini
susaytiradi. Qoldiq kuchlanishlar taʼsirini kamaytiradi.
Korroziyaga qarshilik. Detallarda korroziya turli gazlar suyuqliklar va
atmosfera taʼsirida sodir boʻladi. Detal yuzasi qancha gʻadir-budir boʻlsa, shu
oraliqlarga yuqoridagi jinslar koʻp miqdorda kirib olib, korroziyani tezlashtiradi.
Bundan tashqari, yuza sifati detalning boshqa xususiyatlarini ham belgilaydi.
Masalan, tozalik, dekorativ koʻrinish, birikmalarni mustahkam hosil qilish, oʻlchov
asboblarini aniq ishlashini taʼminlash va shu kabilar.
Yuzaning gʻadir-budirligini belgilovchi koʻrsatkichlar. Mexanik ishlov berish natijasida hosil boʻlgan gʻadir-budirlik deganda
nisbatan kichik qadamlarda takrorlanuvchi va yuza relyefini xhsil qiluvchi
notekisliklar yigʻindisi tushuniladi. Bu gʻadir-budirlik bazaviy uzunlik doirasida
baholanadi, uzunlikning kattaligi yuzani turiga bogʻliq boʻladi. Bazaviy uzunlik S
ning kattaligi 0,01 dan 25 mm gacha boʻladi. Texnologik mashina va jihozlar
227
detallari yuzalarini gʻadir-budirligini oʻrganish uchun amaliyotda ikkita koʻrsatkich
Ra va Rz yetarli deb hisoblaymiz.
Ra- yuza profilining oʻrtacha arifmetik ogʻishi boʻlib, ogʻishlar h ning
absalyut miqdorini oʻrtacha arifmetik qiymatiga teng va bazaviy uzunlik chegarasida
oʻlchanadi (4.3-rasm).