Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Yuza qoplamasining shakllanishi va tuzilishi koʻp jihatdan qirqish kuchi, 
haroratga bogʻliq boʻladi. Bu faktorlar taʼsirida detal yuzasi plastik 
deformatsiyalanadi, uning tuzilishi oʻzgaradi. Yuzada kechadigan jarayonlar 
yasalish, mustahkamlikning yoʻqolishi, mikroqattiqligining oshishi, ichki 
kuchlanishlarning hosil boʻlishiga olib keladi va detalning funksional 
xususiyatlariga kuchli taʼsir koʻrsatadi. 
Yuzaning yasalishi uning darajasiga va bu qoplamaning qalinligiga bogʻliq 
boʻladi. Yuza yasalish darajasi yuza qaytiqligining daslabki material qattiqligiga 
nisbati bilan harakterlanadi. 
Yuza qattiqligi mexanik ishlov berish jarayonida yasalish (zichlanish) hisobga 
2 va undan ortiq marotaba oshishi mumkin. Ishlov berish turiga qarab yasalgan 
qatlam qalinligi 1 mm va undan katta miqdorga yetishi mumkin. Masalan, 
yoʻnishda, bu qalinlik 0,1-1,0 mm protyajkada 0,01-0,05mm boʻladi. Yasalish
chuqurligi matereial xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Egiluvchan, plastik 
materillarga ishlov berishda eng katta qalinlikdagi yasalish hosil boʻladi. Qirqish 
tezligi plastik deformatsiyalash haroratiga taʼsir qiladi. Harorat yuqori boʻlganida 
yasalgan qoplama oʻz tarkibini (krisstallik panjalarni) qayta tiklab yumshashi 
mumkin. 
Qirqish jarayonida yuza qatlamda qoldiq kuchlanish hosil boʻlib, uning miqdori 
qirqish tezligi, uzatish, qirqish asbobi geometriyasi, oʻtkirligi va ishlov beriladigan 
materialning xossalariga bogʻliq boʻladi. Qirqish tezligi eng kuchli taʼsir etuvchi 
faktorlardan biridir. Yuzaga kichik tezlikda qirqib ishlov berilganida siquvchi 
qoldiq kuchlanish hosil boʻladi, katta tezlikda ishlov berilganida qoldiq kuchlanish 
turli qatlamlarda har-xil boʻlishi kuzatiladi. 
Rasm 9.3. Metallarga qirqib ishlov berilganida qoldiq kuchlanishlarning hosil 
boʻlishi:
a)-poʻlat stol 45 
b)-poʻlat 18 XNMA 


232 
Poʻlat 45ga qirqib ishlov berilganida yuza qoplamasida siquvchi qoldiq 
kuchlanishga oʻtuvchi, tortuvchi kichik kuchlanish hosil boʻladi (Rasm 9.3 a) 
Koʻpchilik paytlarda bu oʻtish yuza qatlamning 0,01-0,025mm chuqurligida sodir
boʻladi. Yuqori ligerlangan poʻlat detali yuza qatlamida siquvchi kuchlanish hosil 
boʻlib, uning miqdori qirqish tezligiga proporgʻional boʻladi. Issiqlikka chidamli 
poʻlatlarga ishlov berilganida ham shu singari bogʻlanishni kuzatish mumkin. 
Detallarning funksional xossalari, ularning ish yuzalarining geometrik 
koʻrsatkichlariga va fizik-mexanik xususiyatlariga bevosita bogʻliq boʻladi. 
Yuzalarning yeyilishi koʻp jihatdan yuza notekisliklari balandligiga va shakliga 
bogʻliq boʻladi. 

Download 8,15 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish