Rasm 9.1. Yuza gʻadir-budirligining qirqish tezligiga bogʻliqligi




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Rasm 9.1. Yuza gʻadir-budirligining qirqish tezligiga bogʻliqligi. 
Rasm 9.2. Yuza gʻadir-budirligiga uzatish (surish) qiymatining taʼsiri. 
 
Rasmdan (Rasm 9.2) koʻrinib turibdiki uzatish kattaligining oshishi, yuza 
gʻadir-budirligining oʻsishga olib keladi. Uzatish kattaligi S=0,01-0,1mm 
boʻlganida gʻadir - budirlikka qirquv asbobi oldida toʻplanuvchi material qoplami 
taʼsir qiladi. Uzatish 0,01 dan ham kichik boʻlganida gʻadir-budirlik kamaymaydi, 
balki maʼlum miqdorga oshishi ham mumkin. Bunga yuza qatlamining elastik 
deformatsiyalanishi sabab boʻlishi mumkin. Qirqish chuqurligining yuza gʻadir-
budirligiga taʼsiri juda kam boʻlib, hisobga olinmasligi va qoʻshim qalinligiga qarab 
belgilanadi
Yuza gʻadir-budirligiga shuningdek qirqish asbobining geometrik parametrlari
ham taʼsir koʻrsatadi. 


230 
Yuza silliqlanganida ham hosil boʻlgan gʻadir-budirlikka taʼsir etuvchi 
faktorlar metaldan tayyorlangan qirqish asboblari yordamida ishlov berilganida 
taʼsir etgan faktorlar singari boʻladi. Bu usulda ishlov berilganida qizish, plastik 
deformatsiyalanish kichik boʻlganida gʻadir-budirlik asosan ishlov beruvchi 
abraziv aylana materiali zarrachalari kattaligiga bogʻliq boʻladi. Zarrachalar yuzada
chiziqchalar qirqadi, shu sababdan gʻadir-budirliklar shakli va oʻlchamlari 
zarrachalar geometrik oʻlchamlariga mos boʻladi. Yuza gʻadir-budirligi, shuningdek 
qirqish chuqurligiga ham bogʻliqdir. 
DMAD tizimi bikrligi ham yuza gʻadir-budirligiga kuchli taʼsir qiladi. Qirqish
jarayonida qirqish va ishqalanish kuchlari paydo boʻladi. Bu qirqish asbobi va 
ishlov beriluvchi detalning holat oʻzgarishga olib keladi, natijada yuzada gʻadir 
budirlik, toʻlqinsimonlik va shakl chetga chiqishlari sodir boʻladi. Bu kuchlarning 
keskin oʻzgarib turishi bu xatoliklarning yana-da oshishiga olib keladi. 
Yuza sifati, uning gʻadir-budirligi bilan bir qatorda, yuza shakl chetga 
chiqichlariga ham bogʻliq boʻladi. 
Shakl chetga chiqishlari asosan dastgohning tayyorlanish va foydalanish 
bosqichlarida kelib chiqadigan hatoliklariga, yuqorida aytilganidek DMAD tizimi 
(xatoligiga) deformatsiyalanishiga bogʻliq boʻladi. 
Dastgoh hatoliklariga radial va oʻq boʻyicha urulishi, dastgoh 
yoʻnaltiruvchilarining toʻgʻri chiziqlikdan chetga chiqishi, ularning yeyilishi, 
oʻqining dastgoh stoli tekisligiga nisbatan perpendikulyarlikdan chetga chiqishi 
kiradi. Bu xatoliklar detal yuzasida konussimonlik, bochkasimonlik, ovallik singari 
shakl xatoliklarining paydo boʻlishiga olib keladi. 
DMAD tizimi deformatsiyalanishidan kelib chiquvchi shakl xatoliklari katta 
miqdorda boʻlib ishlov berilayotgan detal shakl chetga chiqishining 90 %ni tashkil 
qiladi. Bu xatolikni hisob yoʻli bilan aniqlash mumkin. 
Ishlov berishda yuzada hosil boʻladigan toʻlqinsimonlik odatda qadam va 
balanligi boʻyicha doimiy boʻladi. Detalning funksional xususiyatlariga, asosan 
yuza toʻlqinsimonligi balanligi taʼsir koʻrsatadi. 
Yuza toʻlqinsimonligi maʼlum bir sharoitlarda dastgohda detal yuzasiga ishlov 
berish jarayonida sodir boʻladigan tebranish natijasida paydo boʻladi. 
Yuza notekisliklarining yoʻnalishi ham detalning sifatini baxolashda muhim 
ahamiyatga ega boʻlgan koʻrsatkichlardan biridir. Bu koʻrsatkich muhimligi
detalning ish sharoitiga bogʻliq holda turlicha boʻlishi mumkin. 
Yuza yaxshi moylanadigan sharoitda yengil muxitda ishlasa ikki tutashuvchi 
yuzada ham notekisliklar yoʻnalishini yuzaning ish harakati yoʻnalishiga mos qilib 
olish maqsadga muvofiq. Bu holatda yuzalarning katta tutashish maydoni 
mavjudligiga qaramasdan, oraliqda qalin moy qoplamasi mavjudligi sababli 
yuzalarda tirnalish izi boʻlmaydi. 
Yuzalar ogʻir sharoitda, katta kuchlanishda ishlaganida yuza gʻadir budirliklari 
yoʻnalishi 
kesishgan 
boʻlishi 
kerak.
Agar yuza gʻadir budirligi yoʻnalishi, ish harakat yoʻnalishiga nisbatan biror 
burchak boʻyicha yoki perpendikulyar joylashgan boʻlsa, yeyilish oshadi. 


231 

Download 8,15 Mb.
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm 9.1. Yuza gʻadir-budirligining qirqish tezligiga bogʻliqligi

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish