|
Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi Pdf ko'rish
|
bet | 167/188 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 8,15 Mb. | | #108303 |
Bog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi.
Ishlov berishda talab etilgan aniqlik turli dastgohlarda turli usullar yordamida
olinadi. Tuynuklarga ishlov berishda IT 7 kvalitet aniqlik toza razvyortkalash,
sidirish, jilvirlash, pritirkalash, abraziv toshlar yordamida yetkazib ishlov berish,
xoninglash, superfinishlash usullari orqali taʼminlanadi.
Ayrim hollarda diqqat bilan ishlov berilsa shu usullar IT 5, IT 6 aniqlik
kvalitetlarini taʼminlaydi.
Tuynuklarga ishlov berishda IT 9, IT 10 kvalitet aniqliklari toza
razvyortkalash, toza yoʻnib kengaytirish, bir marta jilvirlash orqali taominlanadi.
Tuynuklarda IT 11 kvalitet aniqlik tokarlik yoki revolpver dastgoxlarida va
parmalash dastgoxlarida konduktorlar yordamida parmalash usullari bilan
taʼminlanadi.
Tuynuklarda IT 12 - IT 14 aniqlik parmalash yoki yoʻnib kengaytirish usullari
yordamida olinishi mumkin.
Vallarga IT 15 – IT16 aniqlik kvalitetida ishlov berish tokarlik dastgohlarida
ishlov berib boʻlgandan soʻng jilvirlash dastgohlarida ikki marta jilvirlab
taʼminlanadi.
Vallarga IT 17 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik ishlov
berishdan soʻng jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi.
Vallarga IT 9-IT 10 kvalitet aniqligida toza ishlov berish uchun tokarlik
dastgohlarida toza ishlov beruvchi keskichlardan foydalanish kifoya.
Vallarga IT 11 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik va revolver
dastgohlarida keskichlardan qora va toza ishlov berishda foydalanilsa boʻladi.
Vallarga IT 12 – IT 14 kvalitet aniqlikda ishlov berish uchun ularni tokarlik
dastgohlarida normal keskichlar yordamida yoʻnish kifoya.
15-mavzu. Mexanik ishlov berish aniqligini tahlil qilish.
Mexanik ishlov berish aniqligini matematik statik usullarda tahlil qilish. Egri
chiziq usulida ishlov berish aniqligini tahlil qilish. Diagramma usuli orqali ishlov
berish aniqligini tahlil qilish.
|
| |