• Kesish asbobining noaniqligi va yemirilishidan kelib chiqadigan xatoliklar.
  • Detalni oʻrnatishda hosil boʻladigan kuchlanishning ishlov berish noaniqligiga taʼsiri, t
  • Yuklanmagan dastgohning noaniqligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Yuklanmagan dastgohning noaniqligi standartlar bilan koʻrsatilgan boʻlib 
    asosiy parametrlarga beriladigan qoʻnimlari va ularni aniqlash uchun belgilangan 
    vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Oʻrta oʻlchamga ega boʻlgan universal 
    dastgohlar uchun ular shpindellarning radial va koʻndalang urilishi, shpindel konus 
    tuynugining tepishi, yoʻnaltiruvchilarning toʻgʻri chiziqlilik darajasi va boshqa
    koʻrsatkichlar bilan xarakterlanadi. 
    Dastgohning geometrik noaniqlik darajasi, ishlov berilayotgan detalga qisman
    yoki toʻliq sistematik xatoliklar koʻrinishida oʻtadi. 
    Shpindel oʻqining noparalelligi silindrik detalning konussimon boʻlib 
    chiqishiga, vertikal – frezerlik dastgohida bu xatolik ishlov berilgan yuzaning detal
    oʻrnatish yuzasiga nisbatan noparalelligiga olib keladi. 
    Kesish asbobining noaniqligi va yemirilishidan kelib chiqadigan 
    xatoliklar. Asboblarning tayyorlanish noaniqligi odatda juda kam boʻladi shuning 
    uchun ularning ishlov berilganida topadigan aksi ham juda kam boʻladi. Odatda 
    detal noaniqligida ularning yemirilishidan hosil boʻladigan noaniqliklar kattadir. 
    Oʻlchamlar avtomatik olinishiga moʻljallangan stanoklarda kesish 
    asboblarining yemirilish oʻzgaruvchan sistematik xatoliklarning kelib chiqishiga 
    olib keladi. Odatda asboblarning yemirilishi ham tabiiy klassik sxema asosida sodir 
    boʻladi. 
    Kesish asbobining tayyorlanish materialini, konstruksiyasi va kesish 
    tartiblarini oqilona tanlash ishlov berilayotgan detal aniqligining oshishiga olib
    keladi. 
    Detalni oʻrnatishda hosil boʻladigan kuchlanishning ishlov berish 
    noaniqligiga taʼsiri, taʼsir qiladigan siqish kuchining kattaligiga bogʻliq boʻlib, 
    zagotovkalar bir xil boʻlib taʼsir etuvchi kuchlar kattaligi va yoʻnalishi boʻyicha 
    oʻzgarmas boʻlsa, detalda hosil boʻladigan xatoliklar ham tizimli xarakterga ega 
    boʻladi. Ularning kattaligi va oʻzgarishini maʼlum formulalar yordamida hisoblab
    topish mumkin boʻladi. 


    206 
    Vtulka patronda berkitilganda unda elastik deformatsiyalanish sodir boʻlib, 
    kulachoklar ushlab turgan joylarda A zagatovkaning radiusi kichiklashadi, V
    nuqtalarda esa bu oʻlcham oshadi (3.2. rasm). 
    3.2.-rasm. Vtulkani oʻrnatishdan kelib chiqadigan xatolik sxemasi: a-vtulka uch 
    kulachokli patronga oʻrnatilganidagi elastik deformatsiyalanishi; b-ishlov berilgan 
    tuynuk shakli; v-tuynukning detal dastgohdan yechib olinganidan keyingi shakli; A-
    kuchning taʼsir sxemasi; V-deformatsiyalanish sxemasi. 
    Vtulkasimon detallarning yuzasida oʻrnatishdan hosil boʻladigan xatolik 
    patrondagi kulachoklar soniga ham bogʻliqdir. Kulachoklar soni qancha koʻp boʻlsa 
    ularning siqilishidan hosil boʻladigan deformagʻiya shuncha kam boʻladi. Ikkita 
    kulachokda shartli ravishda 100% deb olsak, uchta boʻlganda 21%, toʻrta 
    kulachokda 8%, oltita kulachokda 2% deformagʻiyalanish sodir boʻladi. 
    Shuning bilan bir qatorda maʼlum sharoitlarda ishlov berish xatoligi 
    zagotovkaning ogʻirligidan, markazdan qochma kuch taʼsirida, ichki kuchlanishlar 
    natijasida va boshqa koʻp sabablar natijasida kelib chiqishi ham mumkin. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish