198
Ishlov beriladigan detallarni frezalash dastgohiga oʻrnatish sxemalari.
14- mavzu. Mashinasozlikda aniqlik.
Aniqlik toʻgʻrisidagi tushuncha, iqtisodiy, erishish mumkin boʻlgan aniqlik,
ishlab chiqarish xatoliklari, dastgohlar noaniqligi, mexanik ishlov
berish aniqligi,
bajarilayotgan oʻlchamlar aniqligi.
Tayanch soʻzlar va iboralar:
Mashinasozlik; aniqlik; xatolik; texnologiya; detalni tayyorlash; zagatovka;
aniqlikni olish usullari; oʻlchash; dastgoh; tizimli xatoliklar; tasodifiy xatoliklar.
199
Mahsulotning sifati uning elementlariga ishlov berilish aniqligiga koʻp
jihatdan bogʻliq. Aniqlik detallarning va yigʻma
birliklarning geometrik
koʻrsatkichlari hisoblanadi.
Mashina va mexanizmlarni loyihalashda kinematik,
mustahkamlik, bikrlik,
yemirilishga chidamlik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari xam bajariladi.
Aniqlik - bu xar qanday mashina va asbobning asosiy koʻrsatkichlaridan biri.
Absolyut aniq detalning tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida
turli xatoliklar tugʻiladi. Shuning uchun xam mexanik ishlov berishda turli
aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil boʻlgan
detalning
aniqligi qator omillarga bogʻliq boʻladi va quyidagilar bilan ifodalanadi:
a) Detalning yoki uning aloxida konstruktiv elementlarining toʻgʻri
geometrik shakldan ogʻishi;
b) Detalning xaqiqiy oʻlchamlarini uning nominal oʻlchamlaridan ogʻishi; v)
Detalning yuzalarini, oʻqlarini oʻzaro aniq joylashishdan ogʻishi (masalan: oʻzaro
paralellikdan ogʻish, oʻzaro perpendikulyarlikdan ogʻish va shu kabilar). Mexanik
ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bogʻliq
boʻladi. Detalning aniqligi qancha yuqori boʻlsa
uning tannarxi ham shuncha
yuqori boʻladi.
Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan boʻlib
IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning qoʻyim
maydoni ortib boradi.
IT 01,0,1 tekis paralel yakuniy oʻlchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT
2,3,4 chegaraviy kalibrlar va aloxida aniqlikka ega boʻlgan maxsulotlar uchun
kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha yigʻish jarayonida
boshqa detal yuzasi bilan
tutashuvchi detallar oʻlchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past
aniqlikdagi oʻlchamlar uchun.
Yalpi va koʻp seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligi asosan
dastgohlarni kerakli oʻlchamga sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va
donali ishlab chiqarish sharoitida - qoʻshimcha yakunlovchi amallar qoʻllash xamda
yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga taʼminlanadi.
Ishlab chiqarish
sharoitida detalningng aniqligi qator omillarga bogʻliq boʻlganligi uchun ularning
olib boʻlishi mumkin boʻlgan aniqlik boʻyicha emas, balki
iqtisodiy aniqlik
boʻyicha tayyorlanadi.