• Detal aniqligi
  • Ishlov berish aniqligini olishning ikki xil usuli mavjud
  • Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni taʼminlash




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni taʼminlash. Mashinasozlikda 
    ishlov berish aniqligiga erishish uchun texnolog bir qancha vazifalarni 
    muvaffaqiyatli yechishi lozim: 

    detalni tayyorlash va mashinani yigʻishda konstruktor tomonidan belgilangan 
    aniqlikni, yuqori unumdorlik va iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan taʼminlashga erishish 
    lozim; 

    ishlov berish va yigʻish jarayonlarini zaruriy oʻlchash va nazorat asboblari bilan 
    taʼminlash; 

    operatsiyalar oraligʻi oʻlchamlari qoʻyimini belgilash va texnologik jarayon 
    davomida ularga rioya qilishni taʼminlash. Bundan tashqari texnolog belgilangan 
    texnologik jarayonning amaldagi aniqligini tadqiq qilishi va kelib chiqadigan
    xatoliklarning sabablarini oʻrganishi kerak. 
    Detal aniqligi deb, uning chizma talablarini qondirish darajasi tushiniladi. Bu 
    talablar detalning oʻlchamlari, geometrik shakli, yuzalarining oʻzaro joylashishi 
    parametrlari, yuza gʻadir-budurligi va shuningdek materialning fizik va mexanik 
    xususiyatlarini baholash parametrlariga qoʻyiladi. 
    Ishlov berish aniqligini olishning ikki xil usuli mavjud: - belgilab yurib 
    koʻrish va oʻlchash usuli; - sozlangan stanoklarda (dastgohlarda) oʻlchamni
    avtomatik olish. 
    Belgilab yurib koʻrish usulining asosida, dastgohga ishlov berilayotgan detal 
    oʻrnatilib, uning ishlov berilishi lozim boʻlgan yuzaga qirqish asbobi olib borilib 
    yuzaning bir qismidan metal qoplamasi qirqib olish yotadi. Bundan keyin dastgoh 
    toʻxtatiladi va ishlov berilgan yuzaning oʻlchami aniqlanib, uning detal ish 
    chizmasidagi oʻlchamdan qancha farqlanishi hisoblanadi va qirqish asbobining 
    holati shu farqqa mos ravishda tegishli yoʻnalishda siljitiladi. Bundan soʻng belgilab 
    yurish amalga oshiriladi va olingan oʻlcham tekshirib koʻriladi, agar oʻlcham talab 
    darajasidan farqlansa, yuqorida koʻrib chiqilgan ishlar takrorlanadi va hokazo. Bu 
    ishlar oʻlcham talab darajasidagi qiymat va aniqlikka yetguniga qadar qayta-qayta 
    bajarilaveradi. Talab qilingan oʻlcham olingach, shu sozlanish boʻyicha detalning 
    butun yuzasiga ishlov beriladi. Keyingi zagotovkaga ishlov berishda, qirqish
    asbobini sozlash ishlari toʻligʻicha qayta bajariladi. 
    Bu usulning afzalligi sifatida aniqligi past dastgohda ham yuqori aniqlikda 
    ishlov berish, qirqish asbobi yeyilishidan kelib chiqadigan xatolikni yoʻqotish, 
    detallarga ishlov berish uchun murakkab moslamalardan foydalanish zaruriyatini
    yoʻqotish imkoniyatini beradi. 
    Shuning bilan bir qatorda, bu usuldan foydalanilganida detalning aniqlik 
    darajasi ishchining saviyasiga bogʻliq boʻlishi, ishlab chiqarish suratining pastligi, 
    ish unumdorligi past boʻlganligi sababli mahsulot tannarxining yuqori boʻlishi kabi 
    kamchiliklar mavjud boʻladi. Bu kamchiliklarning mavjudligi sababli, bu usul 
    donalab yoki kamseriyalab ishlab chiqarishdagina qoʻllanilishi mumkin. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni taʼminlash

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish