|
Vtulkaning uzunligi kalta (uchta diametrdan kam) hamda ikki tomonida
ochiq tuynugi mavjud boʻladi.
Stakanlar Pdf ko'rish
|
bet | 152/188 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 8,15 Mb. | | #108303 |
Bog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Vtulkaning uzunligi kalta (uchta diametrdan kam) hamda ikki tomonida
ochiq tuynugi mavjud boʻladi.
Stakanlar deb tubi yaxlit boʻlgan yoki tubida kichik tuynugi mavjud boʻlgan
dumaloq shaklli buyumlarga aytiladi.
Disklarning xarakterli xususiyati – kaltaligi (yupqaligi, diametrning
yarmidan ham kalta). Disklar sinfiga qopqoqlar, shkivlar, tishli gʻildiraklar ham
kiradi. Flaneslar deb gubchagi va tuynugi bor disk shaklidagi buyumlarga aytiladi.
Detallarning ushbu tasniflanishi juda koʻp sonli yakka turdagi texnologik
jarayonlarni har bir sinf (guruh) uchun yoki ularning xarakaterli qismi uchun
kamaytirish imkonini berdi.
Ushbu unifikatsiyani davom ettirib, tokarlik dastgohida ishlov beriladigan
koʻpchilik detallar uchun ikkita eng xarakterli turdosh texnologik jarayonlar taklif
etilgan, bittasi – vallar uchun, ikkinchisi – vtulkalar uchun. Bunda vtulkalar sinfiga
kalta va tuynugi bor detallar ham kirgan – stakanlar, disklar, flaneslar. Vallar va
vtulkalarga tokarlik dastgohida ishlov berish boʻyicha texnologik jarayonlar ikki xil
jadval shaklida umumlashtirilgan.
Vallar turidagi detallarga tokarlik ishlovini berish texnologik jarayoni.
Operatsiya
nomeri
Xomashyoni
dastgohga
oʻrnatish
usuli
Operatsiyaning mazmuni
1-2
Patron ichida
Xomashyo chetlarini oʻlchamga moslab qirqish va ikki
tomonidan markazlash
3-4
Patronda va ketingi
markazda
Aniq yuzalarga toza ishlov berish uchun diametrga 1-
2mm qoldirib, xomashyoni ikki tomonidan qora (dagʻal)
yoʻnish
5-6
Markazlarda
Aniq yuzalarni ikki tomonidan toza yoʻnish
Izoh: 1.Uchinchi operatsiyada xomashyoni ketingi markaz tomonidagi kalta uchastkasni yoʻnish
lozim.
2. Texnologik jarayon quyidagi hollarda baʼzi bir operatsiyalar soniga oshiriladi:
a) uzun vallarga ishlov berishda – qoʻzgʻalmas lyunetning mushtumchalari uchun ariqcha
yoʻnishda;
b) ichi boʻsh vallarga ishlov berishda – ikki tomoni ochiq tuynuklarni parmalashda;
v) valda murakab shaklli uchastkalar mavjud boʻlsa (rezbali, konusli va shakldor) hamda ushbu
uchastkalarga ishlov berish uchun dastgoh alohida sozlanadigan boʻlsa.
|
| |