• A. “Aylanish jismi” turdagi detallarning texnologiyabopligiga qoʻyiladigan talablar
  • Buyumning texnologiyabopligi 4ta belgi yoki mezon boʻyicha




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Buyumning texnologiyabopligi 4ta belgi yoki mezon boʻyicha 
    baholanadi: 


    148 
     
    1. Xomakining texnologiyabopligi. 
    2. Buyum jami konfiguratsiyasining texnologiyabopligi. 
    3. Bazalash va mahkamlashning texnologiyabopligi. 
    4. Ishlov beriladigan yuzalarning texnologiyabopligi. 
    A. “Aylanish jismi” turdagi detallarning texnologiyabopligiga 
    qoʻyiladigan talablar: 
     
    1.Detal mumkin qadar aylanish jismlaridan iborat shaklga ega boʻlishi lozim. 
    Detalning yuzalari bir tomonidan asbobni uzatish va chiqarib olishga imkon
    beradigan darajada ochiq boʻlishi lozim. 
    2. Detalning shakli uni bir marta dastgohga oʻrnatishda toʻliq (qora yoki toza) 
    ishlov berish imkoniyatini berishi lozim. Buning uchun xomashyo yetarli darajada 
    mustahkam va bikr boʻlishi, qisuvchi kuchlar taʼsirida yoki kattaroq qoʻshimni
    qirqib olish paytida deformatsiyalanmasligi lozim. Patronda qisib ushlash uchun
    yetarli darajada rivojlangan yuzalarga va kulachoklar yoki jilov (povodok) lar bilan 
    ushlash uchun kerakli joylarga ega boʻlishi lozim. 
    3.Buyumlarning ishlov beriladigan yuzalari uni aylantirish paytida hosil 
    boʻlmaydigan turtib chiqqan yuzalarga ega boʻlmasligi lozim. 
    4.Yuzaning bitta texnik talab bilan bogʻlangan yuzalari bitta oʻrnatishda 
    ishlov berish uchun ochiq boʻlishi lozim. Bunda patronda ishlov beriladigan 
    detallarning tashqi yuzalari patronga yaqinlashgan sari kattalashuvi, ichki yuzalari – 
    kichiklashuvi lozim. 
    5.Agar silindrik yuzalarni yonbosh yuzalar bilan tutashgan joylarida ariqcha 
    yoki chuqurchalar boʻlmasa, ushbu yuzalar mumkin qadar bir xil radiusli boʻlishi
    lozim. 
    6.Tashqi va ichki yuzalardagi ariqchalar, chuqurchalar iloji boricha 
    unifikatsiyalashgan boʻlishi, tashqi yuzalarga bitta keskich va ichki yuzalarga bitta
    keskich bilan ishlov berishga imkoniyat boʻlishi lozim. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyumning texnologiyabopligi 4ta belgi yoki mezon boʻyicha

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish