• 2-MAVZU. BIOINFORMATIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA ISTIQBOLLARI. Reja
  • O’zbekiston respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi теrmiz dаvlat universiteti zoologiya kafedrasi




    Download 5.09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/96
    Sana28.02.2024
    Hajmi5.09 Mb.
    #164273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
    Bog'liq
    Bioinformatika majmua 2023-2024
    10, Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari, 1-10, AVTOMATIK BOSHARISH NAZARIYASI[1], uArm Controller 20190718, Kompyuter-zamonaviy-texnik, “KELISHILDI”, 1-ma\'ruza, Kiber huquq 11 ish Oybek, Mansurov Oybek 6 ish, 6. Qattiq jismning chiziqli kengayish koeffitsiyentini temperaturaga, psixalogiya 2, mta mustaqil ish, MTTM TAQDIMOT 2, Ijod sehri. Aziza
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Леcк А. Введение в Биоинформатику. М., БИНОМ, 2015. 
    2. Астахонов 
    Т.В. 
    Сравнительный 
    анализ 
    информационных 
    биополимеров. Компьютеры и суперкомпьютеры в биологии. М. 
    Ижевск: Институт компьютерный исследований. 2002. 
    3. Каменская Г.И. Биоинформатика. Москва, 2008. 
    4. J. Pevsner. “Bioinformatics and Functional Genomics”-third edition, USA, 
    2015. 
    5. S. Choudhuri. “Bioinformatics for beginners”, Elsevier, 2014.
    6. Paul M. Selzer · Richard J. Marhöfer Oliver Koch. “Applied bioinformatics” 
    Second edition. 
    Springer International Publishing AG, part of Springer 
    Nature 2018.
    7. Andreas D. Baxevanis & B. F. Francis Ouellette “Bioinformatics A Practical 
    Guide to the Analysis of Genes and Proteins” A JOHN WILEY & SONS, 
    INC., PUBLICATION. 2001. 
     
     
    Mustahkamlash uchun savollar 
    1. Bioinformatika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
    2. Bioinformatika fanining biologiya fanlar tizimida tutgan o’rnini ayting? 
    3. Bioinformatika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligini misollar bilan 
    tushuntiring? 
    4. Bioinformatikaning farmatsevtikadagi ahamiyati nimadan iborat? 


    18
    2-MAVZU. BIOINFORMATIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI 
    VA ISTIQBOLLARI. 
    Reja: 
    1. Bioinformatika fani va uni qisqacha rivojlanish tarixi. 
    3. Bioinformatika fani istiqbollari. 
    Tayanch so’zlar: Bioinformatika, DNK, biotexnologiya, biomolekulalar, 
    biokimyo, molekulyar biologiya, sekvinirlash, sun’iy intellekt 
     
    Zamonaviy biotexnologiya va bioinformatika fanlarining birgalikdagi 
    rivojlanishi natijasida individual genotiplarga mos ravishdagi dori preparatlarini 
    ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Bu jarayonda bioinformatika genotipning 
    umumiy holatini uning nukleotidlar ketma – ketliklarini, yoki bu genotipdagi 
    mutatsiyalar o’rnini aniqlaydigan bo’lsa, biotexnologiya ayni genotip uchun mos 
    kelishi mumkin bo’lgan dori preparatini ishlab chiqadi. 
    Bioinformatikaning yaralish tarixi XIII asrlarga 
    borib 
    taqaladi. 
    Matematika 
    tarixiga 
    Fibonachchi 
    (Fibonacci) nomi bilan kirib kelgan yosh italyan Pizalik 
    Leonardo Leonardo of Pisa (1-rasm) biologik jarayonning 
    birinchi matematik modelini tuzgan holda quyonlarnig 
    ko‘payishi to‘g‘risidagi masalani tavsiflab bergan. 
    XX asrning 20 yillariga kelib esa yana bir italyan 
    olimi 
    Vito 
    Volterra 
    -Vito 
    Volterra 
    ―yirtqich-o‘lja‖ ko‘rinishidagi ikki biologik 
    turning o‘zaro harakati modelini yaratdi. 40 
    yillar 
    oxirida 
    biologiyaga 
    fizik 
    va 
    matematiklar 
    kirib 
    kela 
    boshladi. 
    Biologiyaning zamonaviy tarixi 1953 yildan, 
    Amerika olimlari Jeyms Uotson hamda 
    Frensis Krik tomonidan DNK ning qo‘sh 


    19
    spiralligi kashf qilingan davrdan boshlandi (2- rasm).
    1950-yillardan shu kunga qadar bazalar ma‘lumotida ko‘p miqdordagi turli 
    xil organizmlarning nukleotidlari qatori ma‘lumotlari yig‘ilgan bo‘lib, ularni oddiy 
    hisoblash usullarida taqqoslash va tahlil qilish juda murakkab bo‘lgan.
    1866 yil - Gregor Mendel tomonidan no‘xat o‘simligida irsiy omillarnig 
    irsilanishi to‘g‘risidagi tajribalarini nasrda e‘lon qilinishi. 
    1928 yil - Ervin Shyodinger bunday omillar 1000 angstremga teng bo‘lishi 
    to‘g‘risidagi fikrlarini aytgan. 
    1933 yil - A.Tizelius eritmadagi oqsil aralashmalarini elektroforetik ajratish usulini 
    taklif etgan. 
    1951 yil - L.Ploing va R.Kyuri а-spiral va P-barg strukturasini hosil qiluvchi 
    polipeptid zanjirlrining struktur modelini taklif qilishgan. 
    1952 yil - R.Franklin va M.Uilkins rentgenostruktur tahlil yordamida DNK 
    regulyar strukturasining xaraterini aniqlashgan. 
    1953 yil - J.Uotson va F. Krik DNK ikkilamchi strukturasini taklif qilishgan. 
    1954 yil - M.Peruts va u boshqargan ilmiy guruh xodimlari oqsillar 
    kristallografiyasida fazalar muammosini, og‘ir atomlarning o‘rin almashinishi usuli 
    yordamida aniqlashgan. 
    1955 yil - F. Senger qoramol insulin oqsilining ketma-ketligini aniqlaydi. 
    1957 yil - Artur Kornberg ilk bor sintetik DNK molekulasini yaratgan. 
    1965 yil - Margaret Deyhoff ilk bor ―Biotibbiyot tadqiqotlar milliy fondi‖ 
    (BTMF), Vashington, xodimlari bilan hamkorlikda birinchi marotoba oqsil ketma- 
    ketliklarini ma‘lumotlar bazsiga birlashtirgan. 
    1968 yil - Verner Arber, Gamilton Smit va Deniel Nat restriktazalar ishlash 
    prinsipini aniqlashgan. 
    1969 yil - Los Anjelesda ―Stenford universiteti va ―Kaliforniya universiteti 
    tomonidan kompyuterlarni birlashtirish tizimining yaratilishi ―ARPAnet 
    tarmog‘ining yaratilishiga olib kelgan. 
    1970 yil - Nidlmen - Vunshning ketma-ketliklarni taqqoslash maqsadida algoritm 
    tavsifi beriladi. 


    20
    A.DJ.Gibbs va G.A.Makimtayer aminokislotalar va nukleotid qatorlari uchun 
    nuqtali matrisa yordamida aniqlash uslubini yoritib berishgan. 
    1972 yil - Paul Berg, ligaza yordamida birinchi sun‘iy rekombinant molekulasini 
    konstruksiyasini yaratgan. 
    Stanli Koen, Enni Chan, Gerbert Boyer rekombinant RNKli birinchi organizmni 
    yaratishadi. 
    1973 yil - Djozef Sembruk o‘zining ishchi guruhi bilan birgalikda DNK 
    elektroforezi uslubini, agaroza gelini qo‘llab mukammalashtirishadi. 
    Stenli Koen DNK klonlashni amalga oshiradi. 
    ―Brukheyven oqsil bazalar ma‘lumoti‖ yaratiladi. 
    Robertt Metkaf o‘zining doktorlik dissertasiya ishida ―Ethernet‖ tamog‘iga ta‘rif 
    beradi. 
    1974 yil - Vint Karf va Robert Kan kompyuter tarmoqlarini ―Internet‖ global 
    tarmog‘iga birlashtirish konsepsiyasini rivojlantirishdi va ma‘lumotni uzatishning 
    protokollarini ishlab chiqishdi - Transmission Control Protocol, TCP. 
    1975 yil - P.H.O‘Farell poliakrilamid gelida dodesil sulfat ishlatgan holda ikki 
    o‘lchamli elektroforez uslubini yaratdi. 
    Edvard Sauzern Sauzern-blot tahlilini yoritib bergan. 
    Bill Geyts va Pol Allen ―Maykrosoft‖ - Microsoft Corporation, korporasiyasiga 
    asos solishadi.
    1977 yil - Frederik Senger, Allen Maksam va Uolter Gilbert DNK sekvenlash 
    uslubini ishlab chiqishdi. 
    1979 yil - Los Alamos milliy laboratoriyasida Nyu Meksiko shtatida, Uolter Goud 
    xamkasblari bilan birgalikda, ilk bor - GenBank ma‘lumotlar bazasining prototipi 
    asosida DNK ma’lumotlar bazasini birashtirishdi. 
    1980 yil - Mark Skolnik, Rey Uayt, David Botshteyn va Ronald Deyvis inson 
    genomining PDR-marker (Pestriktazalar uzunligi polimorfizmi) xaritasini 
    yaratdilar. 
    Kalifirniyada ―IntelliGenetics Inc. kompaniyasi tashkil etildi va uning birinchi 
    mahsuloti ―IntellGenetics Suit oqsillarni aniqlash va DNK ketmaketliklarini 


    21
    aniqlaydigan va tahlil qiladigan dasturlar paketi ishlab chiqildi. Smit-
    Uotermannning ketma-ketliklarni tahrirlash algoritmi yaratildi. AQSH Oliy sudi 
    suniy modifisirlangan bakteriya patentini tan oldi. 
    1981 yil - IBM korporasiyasi bozorga personal kompyuterlarni chiqardi. Inson 
    mitoxondrial genomi sekvens qilindi. 
    D.Benson va LD.Lipmen tomonidan ―GENINFO - menyu orqali ketmaketliklar 
    ma‘lumotlar bazasini boshqaradigan dasturni ishlab chiqishdi. 
    Mayzel va Lenk rangli tasvir va sxemalar filtrasi dasturini ishlab chiqishdi va 
    nuqtali matrisalar uslubini ishlash prinsipii soddalashtirilar. 
    1982 yil - rekombinant DNK asosida yaratilgan dorivor vosita ilk bor bozorga 
    chiqarildi. 
    Viskonsin biotexnologiya markazida ―genetics Computer Group, GCG, axborot 
    bo‘limi tashkil etildi. 
    1983 yil - Sotuvda CD kompakt diskar chiqarildi. 
    1984 yil - Djon Postelning ―Internet tarmog‘iga SID nomli domen tizimlari 
    joylashtirildi. 
    ―Apple computer korporasiyasi macintosh kompyuterlarini chiqarishdi. 
    1985 yil-Kerri Mullis PZR-polimerazali zanjirli reaksiyani ixtiro qildi. 
    Robert Sinsheymer ―Inson genomi‖ proektini ishlab chiqishni taklif etdi. 
    1986 yil - Tomas Roderik genlarni xaritalash, sekvenlash va tahlil qilish 
    muammolari bilan shug‘ullanadigan aloxida ilmiy fanni ―Genomika‖ deb 
    atalishini taklif etdi. 
    Jeneva universiteti tibbiy biokimyo bo‘limi va Evropa molekulyar biologiya 
    laboratoriyasi bilan xamkorlikda SwissPROT ma‘lumotlar bazasi yaratildi. Leroy 
    Hud va Lloyd Smit DNK ni sekvenlash usulini avtomatlashtirildi. 
    1987 yil - AQSH lari tabiatni muhafaza qilish vazirligi ―Inson genomi loyihasini 
    rasmiy ishga tushurganligini e‘lon qildi. 
    1988 yil - Devid T.Byork hammualliflar bilan birgalikda, zamburug‘lar sun‘iy 
    xromosomasini ishlatish uslubini yoritdilar. Pirson va Lipmen FASTA algoritmini 
    e‘lon qilishdi.


    22
    1989 yil-AQSH Sog‘lomlashtirish milliy institute - NIH ―Inson genomini 
    tadqiqot qilish milliy markazini tashkil etdi. 
    Oxford Molecular Group Ltd., OMG, ―Anakonda‖, ―ASP‖, ―Cameleon‖ 
    dasturlarini ishlab chiqishdi va oqsil strukturalarini ishlab konstruksiyalaydigan, 
    dorivor vosiyalarni molekulyar modellashtiraigan va ushalb chiqadigan dasturlarni 
    yaratdilar. 
    1990 yil - Altshtul bir qancha dasturchilar bilan birgalikda, BLAST algorotmini 
    ishlab chishdi. 
    1991 yil - ―CERN Jeneva, tomonidan ―Xalqaro o‘rgimchak to‘ri ning 
    boshlang‘ich ishlariga asos solishganin e‘lon qilishdi. 
    Kreyg Venter ekspressiyalanadigan ketma-ketliklar yarliklari yordamida genlarni 
    aniqlash texnologiyasini yaratdilar. 
    Kaliforniyada-Insyte 
    Pharmaceuticals‖ 
    farmasevtik 
    genomika 
    bilan 
    shug‘ullanadigan kompaniya tashkil etildi. 
    AQSH larining Yuta shtatida Myriad genetics Inc. kompaniyasi tashkil etildi va 
    uning asosiy faoliyati asosiy kasalliklar genini aniqlash va ularning irsiylanishini 
    o‘rganishdan iborat. 
    1993 yil-Frensis Kollins -Inson genomi loyihasini boshqardi. Buyuk Brutaniyada -
    Senger markazi tashkil etildi, loyihaga boshqa davlatlar ham qo‘shildi. Loyiha 
    faoliyatini 2005 yilda tugatish rejalashtirildi. 
    1994 yil - Ettvud va Bek PRINTS oqsillar motivi ma‘lumotlar bazasini yaratishdi. 
    Merilend shtatida Gene Logic kompaniyasi tashkil etildi. 
    1995 yil - TIGR kompaniyasi olimlari erkin yashaydigan Haemophilus influenzae 
    organism genom ketma-ketliklarini aniqlashdi. 
    1996 yil -Achitqi zamburug‘i Saccharomyces cerevisiae genomi sekvenlandi. 
    PROSITE ma‘lumotlar bazasi ishlb chiqildi. 
    Affimetrix kompaniyasi birinchi komersiya DNK chiplarini ishlab chiqishdi. 
    1998 yil - Caenorhabditis elegans chuvalchangi va Saccharomyces cerevisiae 
    genomi taxrirlandi. 
    NIH - National Institute of Health - instituti tomonidan ―PON - aloxida oligan 


    23
    nukleotidlar polimorfozmi loyihasiga asos solindi, ushbu loyiha inson genomida 
    o‘tayotgan o‘zgarishlarni tadqoqot etishga qaratilgan. 
    1999 yil-Inson birinchi xromosomasining ketma-ketligi e‘lon qilindi. 
    2000 yil - Pseudomonas aruginosa, Arabidopsis thaliana va Drosophila 
    melanogaster genomlari sekvenlandi. 
    2001 yil-fevralda ―Science‖ va ―Nature‖ jumallarida inson genomi va uning 
    tahlillari annotasiyalari e‘lon qilindi. 
    2002 yil - boshqa organizmlar genom ketma-ketliklari e‘lon qilindi. 
    Bugungi kunga qadar bioinformatikaga turlicha ta‘riflar beriladi, biroq asosan
    bioinformatika deganda turli biologik axborotlarni tahlil qilishda kompyuterdan 
    foydalanish tushuniladi. Shuningdek «bioinformatika» termini maydoni ham juda 
    kengaydi va biologik ob‘ektlar bilan bog‘liq barcha matematik algoritmlardan 
    hamda 
    biologik 
    tadqiqotlarda 
    qo‘llaniladigan 
    axborotkommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalanadi. Bioinformatikada informatikadagi singari amaliy 
    matematika, statistika va boshqa aniq fanlar usullari qo‘llaniladi. Bioinformatika 
    shuningdek genetika, molekulyar biologiya, biofizika, ekologiya, va qator tabiiy 
    fanlar sohalarida foydalaniladi. Bioinformatika o‘z ichiga qo‘yidagilarni oladi: 
    S qiyosiy genomikada kompyuter tahlilining matematik usullari (genom 
    bioinformatikasi); 
    S oqsil strukturalarini bashorat qilish uchun algoritm va dasturlarni ishlab chiqish 
    (strukturaviy bioinformatika); 
    S muvofiq hisoblash uslubiyatlari strategiyasi tadqiqoti hamda informatsion 
    murakkablikning biologik tizimlar tomonidan umumiy boshqarilishi. 
    Amaliy ma‘noda bioinformatika - bu biologlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan 
    amaliy fandir. Ma‘lumotlarni birlamchi tahlil qilish texnik bioinformatika sohasiga 
    tegishlidir. Olingan ma‘lumotlarni qayerdadir saqlash va ulardan foydalanish 
    imkoniyatlarini ta‘minlash zarurati mavjud, jumladan B geni qaysidir jarayonda 
    qatnashadi va hokazo, bu esa bioinformatika fanining amaliy ahamiyatidan dalolat 
    beradi. 

    Download 5.09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




    Download 5.09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi теrmiz dаvlat universiteti zoologiya kafedrasi

    Download 5.09 Mb.
    Pdf ko'rish