• Tayanch so’zlar
  • 1-rasm.
  • Uning asosiy vazifasi
  • -MAVZU. BIOINFORMATIKA FANIGA KIRISH




    Download 5.09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/96
    Sana28.02.2024
    Hajmi5.09 Mb.
    #164273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
    Bog'liq
    Bioinformatika majmua 2023-2024
    10, Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari, 1-10, AVTOMATIK BOSHARISH NAZARIYASI[1], uArm Controller 20190718, Kompyuter-zamonaviy-texnik, “KELISHILDI”, 1-ma\'ruza, Kiber huquq 11 ish Oybek, Mansurov Oybek 6 ish, 6. Qattiq jismning chiziqli kengayish koeffitsiyentini temperaturaga, psixalogiya 2, mta mustaqil ish, MTTM TAQDIMOT 2, Ijod sehri. Aziza
    1-MAVZU. BIOINFORMATIKA FANIGA KIRISH. 
    BIOINFORMATIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA 
    BIOINFORMATIKA FANI ISTIQBOLLARI. 
    Reja: 
    1. Bioinformatika faniga kirish 
    2. Bioinformatika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
    3. Bioinformatika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi 
    Tayanch so’zlar: Bioinformatika gen, genofond, genotip, biotexnologiya, 
    biomolekulalar, biokimyo, molekulyar biologiya, in silico, sekvinirlash, in vivo, in 
    vitro 
     
    Bioinformatikaning zamonaviy fanlar tizimidagi o’rni. 
    Hogeweg (1978) ma’lumotiga ko’ra bioinformatika atamasi 1978 yilda 
    iste’molga kiritildi. Bioinformatika fani biologik tizimlardagi axborot 
    jarayonlarini tadqiq qiladi.
    1
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    1
    Paul M. Selzer Richard J. Marhöfer Oliver Koch. Applied Bioinformatics. Second 
    Edition. Springer International Publishing AG, part of Springer Nature, 2018. p.9


    5
    1-rasm. Bioinformatikaning ba'zi muhim bosqichlari bilan bog'liq holda NCBI 
    GenBank ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish.
    Muallif Doktor Quang Hon Tran 
     
    Bioinformatika biologik tizimlar asosida olingan bilimlarni to‘plash, saqlash 
    va ulardan foydalanishni ta‘minlaydigan axborot xizmatlarini o‘z ichiga oladi. 
    Shuning uchun bioinformatikaning bosh maqsadi biologik bilimlarni samarali 
    foydalanishni ta‘minlaydigan shaklda to‘plash, biologik tizimlar elementlarini 
    matematik modellarini qurish va tahlil qilishdan iborat. Organizmning faoliyatini 
    ta‘minlaydigan moddiy elementlarning tuzilishi haqidagi ma‘lumotlar uning 
    genomini tashkil etuvchi DNK yoki RNK nukleotidlar ketma-ketligida saqlanadi. 
    Organizmlar genomlari DNKsining nukleotidlar ketma-ketligini yaratish 
    (sekvenirlash) 21-asrning boshlarida rivojlangan va ancha tejamli va samarali 
    texnologiyaga aylandi. Aniqlangan genom ketma-ketliklari soni tez sur‘atlarda 
    o‘sib bormoqda. Bioinformatikada genomika deb nomlangan maxsus bo‘lim 
    mavjud bo‘lib, uning mavzusi DNK va RNK ketma-ketligida kodlangan biologik 
    tizimlarning asosiy moddiy elementlarining tuzilishi haqidagi ma‘lumotlarni 
    saqlash usullarini modellashtirish va o‘rganishdir. Genomika sohasida ishlaydigan 
    butun dunyo olimlarining asosiy sa‘yi-harakatlari hozirda hujayra genomining 
    nukleotidlari ketma-ketligi bo‘lgan genetik ―matnlami‖ kompyuterda tahlil 
    qilishning samarali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Genetik matnni tahlil 
    qilish, DNK ketma-ketligining funksiyalarini aniqlashni anglatadi ya‘ni, ularning 
    boshqaruvchi va oqsil kodlovchi mintaqalari va genlar faoliyatini tartibga solish va 
    muvofiqlashtirishni ta‘minlovchi mintaqalar o‘rganiladi. Hozirda eng dolzarb 
    masala - bu inson genlarini hosil qiluvchi nukleotidlar ketma-ketligini, Xalqaro 
    inson genomi loyihasiga muvofiq, oxirga yillarda inson genomining to‘liq ketma- 
    ketligini aniqlash, izohlash hisoblanadi. Aytish joizki, DNKning nukleotidlar 
    ketma-ketligi bo‘yicha aniq funktsiyalari bo‘lgan mintaqalarni ajratish oson ish 
    emas, chunki ular tabiatan ancha xilmaxildir. Hozirgi vaqtda nukleotidlar ketma- 
    ketligi bo‘yicha genlarni kompyuter usullari bilan aniqlash ehtimolligi 70% dan 


    6
    oshmaydi. Ammo bugungi kunda bioinformatik tadqiqot ishlari hujayradagi 
    metabolism jarayonlarini o‘rganishga ko‘plab bag‘ishlangan. Hujayradagi 
    metabolism jarayonlarini modellashtirish va biologik tizimning moddiy 
    elementlarining 
    birgalikdagi 
    faoliyatini 
    o‘rganishdan 
    iborat 
    bo‘lgan 
    bioinformatikaning tegishli bo‘limini metabonomika deb atash mumkin. 
    Bioinformatika ham boshqa zamonaviy fanlar singari bir qancha fanlar, 
    ya‘ni molekulyar biologiya, genetika, matematika va kompyuter texnologiyalari 
    fanlari birlashuvi asosida vujudga keldi. Uning asosiy vazifasi bu biologik 
    molekulalar, eng avvalo nuklein kislotalar va oqsillarning strukturalari, 
    funksiyalari bo‘yicha ma‘lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish uchun hisoblash 
    algoritmlarini ishlab chiqishdir. DNK nukeotid ketma-ketliklarini sekvenirlashning 
    jadal usuli ishlab chiqilgandan so‘ng ma‘lumotlar bazasida to‘planayotgan genetik 
    axborotlar hajmi yuqori tezlik bilan orta boshladi. Informatika, lingvistika va 
    informatsiya nazariyasi yutuqlari genetik matnlarni tahlil qilish imkoniyatlarini 
    ochib berdi. Bioinformatikaning boshqa fan sohalari bilan o‘zaro bog‘liq holdagi 
    rivojlanishi organizm va hujayrada yuz berayotgan biologik jarayonlarni 
    tushunishning yangi darajasi shakllantirishga imkon beradi. 
    Bioinformatika - biologik ma'lumotlarni o'rganish va tahlil qilish uchun 
    biologiya, informatika va statistikani birlashtirgan ilmiy fan. U genetik va boshqa 
    biologik ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va izohlash uchun kompyuter 
    usullari va algoritmlaridan foydalanadi. 
    Bioinformatika zamonaviy biologiyada muhim rol o'ynaydi, chunki u 
    olimlarga murakkab biologik jarayonlarni molekulyar darajada o'rganish va 
    tushunish imkonini beradi. U genomlar, proteomalar, metabolomlar va boshqa 
    biologik ma'lumotlarni o'rganish, kasalliklarni tashxislash va davolashning yangi 
    usullarini ishlab chiqishda yordam beradi. 
    Bioinformatika turli kichik fanlarni o'z ichiga oladi, masalan: 


    Download 5.09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




    Download 5.09 Mb.
    Pdf ko'rish