• 4.4. ITTlarni tadbiq etishdagi muhim loyihalar
  • - rasm. Avtomagistrallarda yuk mashinalarining vaznini oʻlchash




    Download 12,4 Mb.
    bet27/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    4.2- rasm. Avtomagistrallarda yuk mashinalarining vaznini oʻlchash

    "Platon" tizimida harita alohida qatlam shaklida taqdim etiladi, ularning har biri maʼlum bir maʼlumot toifasiga javob beradi: avtomagistrallarda yuk mashinalarining vazni, oʻlchamlarini va shaharda esa- oʻrnatilgan videokameralar, svetofor obʼektlari, transport detektorlari, jamoat transporti hamda boshqalarning harakatini aniqlaydi. Ushbu karta nazorat xonasida muhandisga obʼektlarning holatini kuzatish va har bir muayyan vaziyatda kerakli qarorlarni tezda qabul qilish imkonini beradi.


    Intellektual transport tizimining elementlari toʻliq ishlashi uchun maʼlumotlar markazini ishga tushirish, uni serverlar, axborotni saqlash vositalari, kalitlar va maʼlumotlarni muhofaza qilish tizimlari bilan jihozlash kerak.
    ITT bilan barcha yoʻl infratuzilmasining ishlashiga erishish mumkin boʻladi va intellektual transport tizimidan toʻgʻri foydalanish yoʻllarning avariyasini, havoni ifloslanishini kamaytiradi, yo’lning kengligi yaxshilanadi, oʻrtacha harakat tezligini oshiradi.
    ITT yordamida shaharning barcha svetoforlar tarmogʻi "intellektual" boʻladi va butun shahar yoʻl muammolarini real vaqtda hal qilishga yordam beradi. ITT har qanday oʻrta va yirik shaharni rivojlantirish uchun zarur shart- sharoit yaratishi mumkin. Buning uchun RITM3 platformasidan foydalaniladi va u yoʻllardagi vaziyatni real vaqtda kuzatib borish, 2D va 3D-dagi minglab obʼektlarning holatini tasavvur qilish, analitik hisobotlarni tuzish, shuningdek, transport oqimlarini simulyatsiya qilish imkonini beradi.


    4.4. ITTlarni tadbiq etishdagi muhim loyihalar
    Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tarmogʻi koʻlami 1,4 baravarga ortdi, respublika boʻyicha 117 ta yoʻlovchi avtovokzali va avtostantsiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. 
    Harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay avtobuslar, mikroavtobuslar, yuk avtomobillari bilan yangilash, yoʻnalishlarni oqilona tashkil etish va kengaytirish, tashishlar xavfsizligini oshirish choralarini kuchaytirish hisobiga aholining avtomobil tashishlariga ehtiyojini imkon qadar toʻlaqonli taʼminlash avtomobil transportini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishidir. Ushbu faktorlarni hisobga olgan holda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

    Download 12,4 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Avtomagistrallarda yuk mashinalarining vaznini oʻlchash

    Download 12,4 Mb.