|
birinchidan, sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Qonunchilik darajasida qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
ikkinchidan
|
bet | 28/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)birinchidan, sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Qonunchilik darajasida qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
ikkinchidan, yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostantsiyalarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish, yangi yoʻlovchi yoʻnalishlarini ochish, avtomobil transporti harakatdagi tarkibini yangilash boʻyicha zarur choralar koʻriladi;
uchinchidan, tashishlar yoʻnalishlarini tender orqali joylashtirish mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
toʻrtinchidan, avtomobil tashishlarini boshqarish tizimiga tadbirkorlar tomonidan tegishli davlat xizmatlarini olishda ruxsat berish va litsenziya jarayonlarini maksimal darajada soddalashtirish, talab etilayotgan hujjatlar soni, ularni taqdim etish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi yagona axborot-integrallashuv tizimi joriy etiladi.
Shu bilan bir qatorda, avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zahiralaridan toʻliq hajmda foydalanilmayapti. Avtotransport xoʻjaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti, avtotransport xizmatlari eksporti-importi va tranzit salohiyatidan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, tashkiliy va institutsional oʻzgarishlarni samarali amalga oshirish, avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashish va avtomobil tashishlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori”qabul qilindi. Unga asosan:
Oʻzbekiston transport vazirligining davlat boshqaruvi va tartibga solish funktsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kichik hajmli kemalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspektsiyasi funktsiyalari bilan oʻxshashligi inobatga olinib, Agentlikning kemachilik Registri Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruviga oʻtkazilmoqda;
Avtotransport sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organlarining ortiqcha takrorlovchi jarayonlari bekor qilinmoqda;
2018-2021- yillarda 437 ta yangi yoʻlovchi yoʻnalishlarini tashkil etish hamda 84 ta avtovokzal va avtostantsiyani qurish va rekonstruktsiya qilishning, iqtisodiyot sohalari va aholining respublika chekka mintaqalarida tashishlarga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangilangan maqsadli koʻrsatkichlari, shuningdek, yuklarni xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilarning ogʻir yuk tashuvchi 3824 ta avtotransport vositalari parkini yangilashning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanmoqda;
Avtomobil tashuvlari bilan bogʻliq masalalarni tezkor hal etish uchun shaharlar va tumanlarda avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish shuhbalari tashkil etilmoqda.
Avtomobil transportini boshqarish tizimiga intellektual transport tizimi innovatsiya loyihalarining zarur elementlarini joriy etishni nazarda tutuvchi, umumiy qiymati taxminan 90 milliard soʻmni tashkil etuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish Dasturi tasdiqlanmoqda, jumladan:
● umumiy foydalanishdagi yoʻlovchilar tashishlarni amalga oshirishni onlayn tarzda avtomatlashtirilgan monitoring qilish tizimini tezkor xizmatlar tizimlari bilan integrallashgan holda yaratish va joriy etish;
● umumiy foydalanishdagi shahar yoʻlovchilar transportida yagona avtomatlashtirilgan yoʻl haqi toʻlovi tizimini joriy etish;
● belgilangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishining tezkorligi va sifatini oshirishga hamda koʻrsatilayotgan interfaol davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirishga imkon yaratuvchi Oʻzbekiston transport vazirligi faoliyatining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish;
Tashishlar jarayoni, avtovokzallar va avtostantsiyalar faoliyatining markazlashgan nozimlik nazorati va boshqaruvi tizimini yaratish va joriy etish nazarda tutilmoqda;
Joylardagi mahalliy davlat organlari qaramogʻida boʻlgan umumiy foydalanish yoʻlovchi yoʻnalishlaridagi toʻxtash bekatlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va tahmirlash nazarda tutilmoqda;
Sohani yanada rivojlantirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadlari uchun Oʻzbekiston transport vazirligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda;
Avtomobil transporti sohasini yosh mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibidagi 3 ta (Nukus avtomobil yoʻl xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji, Andijon transport va xizmatlar koʻrsatish kasb-hunar kolleji hamda Samarqand avtomobil va yoʻllar kasb-hunar kolleji) Oʻzbekiston transport vazirligi tarkibiga oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston transport vazirligi qoshida avtomobilda yoʻlovchilar yoki yuklar tashish, transport-logistika faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashgan, yuridik shaxs huquqlari bilan unitar korxonalar tashkil etiladi.
Avtotransport vositalarining ogʻirlik va gabarit koʻrsatkichlari nazoratini joriy etish boʻyicha statsionar va koʻchma maskanlarni amalda joriy etish chora-tadbirlari rejalashtirilmoqda.
Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini tashkil etish tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi va tartibga solish funktsiyalarini aniq belgilab olish, tashkiliy va institutsional oʻzgartirishlar, xizmat koʻrsatish bozori hamda avtomobil tashishlari xavfsizligini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini hal etishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblangan Oʻzbekiston transport vazirligi faoliyati samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
birinchidan, sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Qonunchilik darajasida qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
ikkinchidan
|