Transport vositasini boshqarish uchun telematik tizimning uch bosqichli ierarxiyasi




Download 12,4 Mb.
bet31/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

5.2. Transport vositasini boshqarish uchun telematik tizimning uch bosqichli ierarxiyasi
Jahonda yuz berayotgan globallashuv va integratsiya jarayonlarining avj olishi davlatlar oʻrtasidagi savdo aloqalarining kengayishiga olib keldi. Ushbu jarayon, birinchidan, transport kommunikatsiyalar tizimini rivojlantirish, shuningdek, yangi arzon va qisqa transkontinental tranzit koridorlarini shakllantirishni talab etayotgan boʻlsa, ikkinchidan, mintaqa mamlakatlarining jahon transport tizimi bilan tutashuvchi transport tizimlarini oʻzaro muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Jahon banki guruhi maʼlumotlariga koʻra, jahon transport xizmatlarining YAIM tarkibidagi miqdori 4,2 trln. AQSH dollari (6,8%) hajmida baholanib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yoʻlovchilar tashilgan, transport infratuzilmasida band boʻlgan xodimlar soni 100 mln. kishini tashkil etadi.
Transport tizimining holati va rivojlanishi Oʻzbekiston Respublikasi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u boshqa infratuzilma tarmoqlari bilan birga jamiyat faoliyati uchun asosiy sharoitlarni taʼminlaydi, ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi siyosat maqsadlariga erishishda muhim element sifatida xizmat qiladi. Transportning tarixan rivojlanishi Oʻzbekistonning iqtisodiy va makon nuqtai nazaridan rivojlanishini belgilab beradi, uning yaxlitligi va xalqaro taʼsiri mustahkamlanishiga koʻmaklashadi. Transport elementlarini integratsiyalashgan tizim sifatida oʻrganish va uni samarali boshqarish jarayonlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, ularga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni belgilash va integratsiyalashgan transport tizimini boshqarish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish hamda uni amaliyotda qoʻllashni nazariy-uslubiy jihatdan tadqiq etish mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Integratsiyalashgan transport tizimini samarali boshqarish, uning mazmuni va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ta’sirini oʻrgangan bir qator olimlar transport tizimini boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha turli xil fikrlarni bildirganlar.
A.L.Nosov,- hozirgi sharoitda xalqaro integratsiyalashgan transport tizimlarining tashkil etilishi va maqbul faoliyat yuritishi muammolari tadqiq etiladi. Xalqaro qatnovlarda aralash tashqi savdo tashuvlarini tashkil etishni takomillashtirish yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda aralash yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari alohida tahkidlaydi.
S. M. Rezer,- oʻz ishida oʻzgarishlar sharoitida mintaqaviy transport tizimlarini boshqarish modeli va muammolari koʻrib chiqilgan. Mamlakat ishlab chiqarish-transport tizimida transport turlarining oʻzaro taʼsir usullari, transport ishlari bozorini prognozlash metodologiyasi va magistral yoʻl transportida yuklash ishlarini rejalashtirish printsilarini toʻliq tahlil etgan. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, integratsiyalashgan transport tizimini rivojlantirish ehtiyojlarini aniqlashni oʻz ichiga oluvchi iqtisodiy-texnologik imkoniyatini baholash muammolarini koʻrib chiqish, integratsiyalashgan transport tizimini boshqarishdagi nazariy jihatlar va boshqaruv samaradorligini oshirishda zamonaviy boshqaruv usullarini qoʻllash orqali integratsiyalashgan transport tizimini rivojlantirish mumkin.

Download 12,4 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport vositasini boshqarish uchun telematik tizimning uch bosqichli ierarxiyasi

Download 12,4 Mb.