|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|
bet | 32/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)Tadqiqot metodologiyasi
Mamlakatimizda temir yoʻl transporti faoliyati va integratsiyalashgan transport tizimini samarali boshqarish, ushbu jarayondagi muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlar transportining asosiy koʻrsatkichlari, transport tizimini boshqarishda zamonaviy usullarni tahlil qildik, qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini rivojlantirish yoʻnalishlarini keltirdik.
Tahlil va natijalar
Oʻzbekiston hududida transport turi yagona, tabiiy yaxlit ishlab chiqarish texnologiya kompleksi sifatida faoliyat yuritadi. Umumiy transport tarmogʻining barqaror va samarali faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi yagona iqtisodiy makonini taʼminlash, uning hududida sanoat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha turli tarmoqlarni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston fuqarolarini safarbarligini oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Transprort tizimi holatini baholash, uning rivojlanish istiqbollari va tendentsiyalarini tahlil etish boʻyicha tadqiqotlarni olib borish, tarmoqning uzoq muddatli strategiyasiga, joriy siyosatiga bevosita taʼsir etadi hamda moliyaviy, ishchi kuchi va moddiy-texnik resurslarga boʻlgan ehtiyojni aniqlashga hamda uni rivojlantirish rejasini ishlab chiqishga asos boʻladi. Transport tarmogʻi mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanadi. Shuning uchun, transport tarmogʻini mamlakat iqtisodiyotiga mos holda rivojlantirish lozim. Aks holda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishiga transport tarmogʻidagi muammolar salbiy taʼsir koʻrsatadi. YAIM bilan transport faoliyati koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqligi va transport tizimining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini iqtisodiyotga taʼsir darajasini aniqlash maqsadida ekonometrik model ishlab chiqildi.
2023-yil yakuni boʻyicha transport sohasida jami 1,27 mlrd. dollar transport xizmatlari eksporti prognozi belgilangan boʻlib, amalda 882,7 mln. dollar (prognozga nisbatan 70 foiz) bajarildi. Shu jumladan:
● temir yoʻl transporti xizmatlari- 614,0 mln. dollar, rejaga nisbatan 104 foiz;
● avtomobil transporti xizmatlari- 36,7 mln. dollar, rejaga nisbatan 105 foiz;
● havo transporti xizmatlari- 232,0 mln. dollar, rejaga nisbatan 36 foiz.
Investitsiya dasturlari doirasida transport va yoʻl xoʻjaligi sohasida 134 ta loyiha boʻyicha 925,3 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirish belgilangan boʻlib, amalda 743,6 mln. dollar (81%) oʻzlashtirildi.
2023-yil davomida 8 ta investitsiya loyihalari yakunlanib, foydalanishga topshirildi va mazkur loyihalar doirasida 2322 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi, shu jumladan:
● Toshkent metropolitenining Yunusobod tarmoqsining 2-bosqichi (2,9 km), Sergeli tarmoqsi (7,0 km) va yer usti xalqa metrosining 1-bosqichi (11,4 km) qurilishi ishlari yakunlandi;
● “Andijan-Savay-Xonobod” temir yoʻl uchastkasini modernizatsiya qilish hamda shaharlararo poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi (65 km).
2020-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomidan “Xitoy- Markaziy Osiyo- Kavkaz- Evropa” multimodal transport yoʻlagini Qashgʻar shahrigacha boʻlgan temir yoʻl uchastkasini “Bir makon- bir yoʻl” loyihasiga kiritish boʻyicha Xitoy davlat kengashi rahbari Li Ketsyan nomiga rasmiy xat yuborildi.
Milliy eksportyorlarimiz uchun yuklarni temir yoʻlda tashish boʻyicha qulayliklar yaratish maqsadida asosiy xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl tashuvlari tariflariga 50-70 foizgacha chegirmalar olinishiga erishildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 27972 tonna mis va sink yuklari ortilgan 14 ta blok-poyezd (jami 1037 ta 20 futli konteynerlar) “Toshkent- Aktau- Baku- Tbilisi- Kars- Istanbul” yoʻnalishi orqali Turkiyaga hamda 25912 tonna mis ortilgan 20 ta blok-poyezd (jami 656 ta 40 futli konteynerlar va 328 ta 20 futli konteynerlar) “Toshkent- Keles- Oltinkoʻl- Xorgos” va “Toshkent- Keles- Dostiq- Alashankau” yoʻnalishlari orqali Xitoyga yuborildi.
2020-yil 1-avgustdan xorijiy aviakompaniyalarga hududiy aeroprtlarda beshinchi darajadagi “havo erkinligi”, “Navoiy” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida esa yuk tashuvchi aviakorxonalar uchun yettinchi darajadagi “havo erkinligi” joriy etildi.
Respublika hududidan tranzit yuk tashuvlarini oshirish borasida olib borilgan ishlar natijasida joriy yil 5-iyunda Xitoyning Gansu provintsiyasi Lanjou shahridan Qirgʻizston va Oʻzbekiston orqali multimodal tranzit yoʻli orqali 25 ta 40 futlik konteynerlar birinchi partiyasi Turkmanistonning Mari stantsiyasiga joʻnatildi.
Erondan Afgʻoniston orqali oʻtuvchi Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga ikkita avtotransport vositalarida pilot tashuvlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida eTIR (electronic TIR) tartibidan foydalangan holda pilot yuk tashuvi amalga oshirildi.
“Mozori-Sharif-Qobul” temir yoʻl uchastkasi qurilishini moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston davlat rahbarlari nomidan xalqaro moliya tashkilotlariga murojaatnoma yoʻllandi.
2020-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi 4564-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi xavfli yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish toʻgʻrisidagi Evropa bitimiga qoʻshildi.
Bundan tashqari, 2020-yil avgust oyida Xalqaro transport forumiga, 2020-yil 25-sentabrda “Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konventsiyasining elektron yuk xatiga oid 2008-yil 20-fevralda Jeneva shahrida imzolangan Qoʻshimcha bayonnomasi”ga Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilishi amalga oshirildi.
2020-yil davomida Transport vazirligi tomonidan Xitoy- Qirgʻiziston- Oʻzbekiston temir yoʻl qurilishi loyihasi boʻyicha muzokaralar jarayoni faollashtirildi, videokonferentsaloqa orqali toʻrtda uchrashuv oʻtkazildi, moliya-iqtisodiy masalalar boʻyicha tegishli ishchi guruh tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi PF–6096-son Farmoniga asosan «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ, “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Air’orts” AJ davlat aktsiyalar paketi transfomatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun Davlat faollarini boshqarish agentligidan Moliya vazirligiga oʻtkazildi.
2020-yil dekabr oyida Moliya vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Air’orts” AJ Kuzatuv kengashi yigʻilishlari oʻtkazilib, Farmon talablaridan kelib chiqqan holda ushbu jamiyatlarni transformatsiya qilish yuzasidan aniq muddat va mahsullarni belgilagan holda zarur choralar belgilab olindi
“BCG” xorijiy konsalting kompaniyasi takliflarini inobatga olgan holda, temir yoʻl transporti tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi tayyorlandi.
“Uzbekiston havo yo’llari” AJni tarkibida “Loyihalar ofisi” tashkil etilib, uning asosiy vazifalari etib transformatsiya jarayonlari doirasida koʻzda tutilgan aeroportlarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, samaradorlikni oshirish, oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish ishlarida faol ishtirok etishi belgilandi.
Turkiyadan jalb etilgan mutaxassis Orxan Sivrikaya “Uzbekiston havo yo’llari” AJning boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xorijlik mutaxassisga aviakompaniyaning moliyaviy daromadi va mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, aviakompaniya biznes jarayonlarida qatnashish, daromad va harajat boʻyicha ish unumdorligi va KPI maʼlumotlarini aniqlash va kuzatib borish kabi vazifalar yuklatildi. Transport vazirligi ushbu mutaxassis bilan hamkorlikda xorijiy tajriba oʻrganilib va marketing tadqiqotlar oʻtkazilib, “Uzbekistan Airways” AJni umumiy rivojlantirish strategiyasi rejasi ishlab chiqildi.
Turkiyaning “Kalyon Ulastirma Muhendislik ve Musavirlik A.S.” kompaniyasi bilan birgalikda “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi hamda “Transport toʻgʻrisida” qonuni loyihalari Prezident Administratsiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.
Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etilsin. Yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tarmogʻi 2006-yilga nisbatan 1,4 baravarga ortdi, respublikada 117 ta yoʻlovchi avtovokzali va avtostantsiyasi faoliyat koʻrsatmoqda, tashuvlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zahiralaridan toʻliq foydalanilmayapti. Avtotransport xoʻjaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti. Ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirganligi yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari va zahiralaridan toʻlaqonli foydalanilmayapti. Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yoʻlovchilar tomonidan yoʻl haqini elektron tarzda toʻlash samaradorligi, tushumning yigʻilishi va toʻlaligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. Oʻzbekiston Tranport Vazirligi amalga oshirayotgan ishlar mintaqalardagi yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda. Avtomobilda tashishlar va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan nazorat choralarining tubdan kuchaytirilishi yoʻlovchilar avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha profilaktik choralar koʻrishni talab etadi. Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil transportida tashishlar xavfsizligini taʼminlash hamda avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston transport vazirligining daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi boʻyicha vakolati Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston transport vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzavtotrans” agentligi deb ataladi) etib qayta nomlansin.
3. Quyidagilar “Oʻzavtotrans” agentligining asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilansin:
● avtomobil transporti obʼektlari va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlovchi istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalarini va innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti sohasida yagona texnika siyosatini yuritish;
● avtomobil tashuvlarida normativ-huquqiy va metodik bazani takomillashtirish, avtomobil transporti tashishlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha muammolar yuzasidan xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ xujjatlarning yagona maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish;
● iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga boʻlgan ehtiyojlarini hamda avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash choralarini inobatga olgan holda, qishloq aholi punktlarini, shaharlar, viloyat va tuman markazlarini bogʻlovchi yangi yoʻnalishlarni ochish, avtomobil transportini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
● yoʻlovchilarga keng koʻlamli xizmatlar koʻrsatish uchun sharoit yaratish, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllab, avtovokzallar va avtostantsiyalar faoliyatini markazlashgan holda boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish;
● avtovokzallar va avtostantsiyalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qaramogʻida boʻlgan umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi tashish yoʻnalishlaridagi toʻxtash bekatlarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlashni tashkil etish;
● tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yoʻllarda harakatlanish tezligi monitoringi, harakat yoʻnalishi shemasiga rioya etilishi hamda aholiga real vaqt tarzidagi maʼlumotlar xizmatining keng koʻlamli roʻyxati taqdim etilishi yuzasidan markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimini joriy etish;
● tashuv yoʻnalishlarini tender asosida joylashtirish, yoʻlovchi tashishlari sifati va xavfsizligini oshirish, tenderlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
● xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishgan holda, yangi muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishlarini ochish hamda xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash, bu sohadagi amaldagi shartnomalarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini tuzish, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini oʻzaro ayirboshlash;
● avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash, avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish qoidalariga amal qilish, avtomobilda tashuvlar xavfsizligini taʼminlash talablariga, ogʻirlik va gabarit koʻrsatkichlariga hamda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya etilishini nazorat qilish;
● Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno);
● avtomobil transportida, eng avvalo, transport xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyichakadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tizimli tashkil etish;
● Oʻzbekiston transport vazirligiga yuklangan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarining sifatli hamda toʻlaqonli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzbekiston transport vazirligi boshligʻi zimmasiga yuklansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi shahar yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlar Oʻzbekiston transport vazirligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtirilsin va ularga maxsus vakolatli organlar va departamentlarning huquqlari, majburiyatlari, shtat birliklari va mol-mulklari 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha berilsin.
Shahar yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlar va departamentlarni Oʻzbekiston transport vazirligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtirish boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston transport vazirligi rivojlantirishni normativ-texnik taʼminlash Respublika markazi “Oʻzavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi” DK;
"Avtodaryotrans-ilm" kasb malakasini oshirish davlat ilmiy-metodik markazi “Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti” DK deb qayta nomlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus tahlim vazirligining Nukus avtomobil yoʻl-xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejini, Andijon transport va xizmatlar koʻrsatish kasb-hunar kollejini hamda Samarqand avtomobil va yoʻllar kasb-hunar kollejini, ularning taʼminotini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, “Oʻzbekiston transport vazirligi tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilar:
● Oʻzbekiston transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
● Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi markaziy apparati tuzilmasi uning xodimlari cheklangan umumiy sonini 80 kishi, shu jumladan, boshqaruv xodimlarini 62 kishi etib, 4-ilovaga muvofiq;
● Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va cheklangan xodimlari soni 5 va 5 "a"-ilovalarga muvofiq;
● Avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini amalga oshirish natijalarini har tomonlama tahlil qilish asosida dastur parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
8. Qoraqalogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari “Oʻzavtotrans” agentligi bilan birgalikda shahar va tumanlarda yangi tashkil etilayotgan avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish shuhbalarining shahar va tumanlarda joylashtirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
● yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish hamda avtovokzallar va avtostantsiyalar qurilishi va rekonstruktsiya qilinishining 2018-2021-yillarda respublika iqtisodiyoti va chekka mintaqalar aholisining tashishlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangilangan maqsadli koʻrsatkichlari 7-8-ilovalarga muvofiq.
● 2018-2021-yillarda avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilashning prognoz koʻrsatkichlari 9-ilovaga muvofiq.
● 2017-2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan mashuliyat Qoraqalogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda “Oʻzavtotrans” agentligi boshligʻi zimmasiga yuklansin.
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, yoʻlovchi avtovokzallari va avtostantsiyalari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi yoʻnalishlari oraliq bekatlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash boʻyicha dasturlar, avtotransport vositalarini harid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Oʻzavtotrans” agentligini saqlashni moliyalashtirish maqsadlari uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin. Jamgʻarmani moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
● shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishga litsenziyalar berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish uchun toʻlanadigan davlat boji mablagʻlarining 100 foizi;
Oʻzbekiston transport vazirligining hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan avtomobil tashuvlari sohasida tuzilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalar boʻyicha undiriladigan jarimalar summasining 84 foizi;
● Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar kreditlari (zayomlari) va grantlari;
● davlat va xususiy hamkorlik doirasidagi xususiy investitsiyalar hamda Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
«Oʻzavtotrans» agentligi Oʻzbekiston Res’ublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
11. 2022-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:
● lizing kompaniyalari va xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilib harid qilinayotgan yuk avtotransporti vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga undiriladigan yigʻimlar toʻlovidan;
● asosiy faoliyati avtobuslarda yoʻlovchi tashishni amalga oshirish boʻlgan umumiy foydalanishdagi shahar yoʻlovchi transporti tashkilotlari yer soligʻi toʻlovlaridan ozod etilsin.
12. «Oʻzbekiston transport vazirligi boshligʻiga:
● avtobuslarda yoʻlovchi tashish (shu jumladan, xalqaro) xizmatini koʻrsatuvchi, yuklarni avtomobilda tashishlar hamda transport-logistika faoliyatini amalga oshiruvchi, toʻxtash bekatlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va boshqa avtomobil transporti sohasida faoliyat yurituvchi unitar korxonalar shaklidagi mustaqil maxsus korxonalarni tashkil etish;
● Oʻzbekiston transport vazirligi tuzilmasidagi unitar korxonalarni birlashtirish va tugatish huquqi berilsin;
13. Oʻzbekiston transport vazirligiga va uning tomonidan tashkil etiladigan maxsus korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda, tender savdolari oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflarni tanlab olish yoʻli bilan avtobuslar va mikroavtobuslar faoliyatini masofadan onlayn tarzida kuzatish hamda yoʻlovchilar transportida yoʻl haqini naqd- pulsiz- toʻlash tizimini joriy etish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari, dasturiy mahsulotlar, uskunalar, mexanizmlar, materiallar, butlovchi anjomlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar (yetkazib beruvchilar) yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|