• 5.5.Transportni boshqarishning arxitekturasi
  • muvofiqlashtiradi yoki
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik




    Download 12,4 Mb.
    bet40/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    Axborotlarni uzatish
    Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud boiib, ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmogʻi orqali uzatish mumkin. Aloqa tarmogʻi orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda maʼlumotlami uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi. Axborot manbalari va isteʼmolchilarining har xilligi axborot shaklining turli koʻrinishda bolishiga olib keladi. Bular:
    ● Belgili- turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
    Bular biror voqea-hodisalar haqidagi axborotlami uzatishda foydalaniladi.
    ● Matnli- harf, raqam va belgilar toʻplamidan tarkib topgan maʼlum maʼnoni anglatuvchi soʻzlardan iborat axborot.
    ● Grafik- tasvirlardan iborat boʻlgan tasavvur koʻrinishidagi axborotlar.
    ● Tovush- eshitish qobiliyati orqali qabul qilinadigan gap, musiqa, turli shovqin effektlar kabi axborotlar.
    ● Video- lotin tilidan “qarayman, koʻrayapman” maʼnosini bildirib, harakat va tovush effektlariga ega boigan axborotlardir.
    Axborot atrof-muhit obʼyektlari va hodisalari, ulaming oʻlchamlari, xosiyatlari va holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardir.
    Keng maʼnoda axborot insonlar oʻrtasida maʼIumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar oʻrtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.


    5.5.Transportni boshqarishning arxitekturasi
    Transport telematika tizimlari arxitekturasi ITTni tashkil etishning. asosiy tamoyillarini va ITT bo’limlari o’rtasidagi o’zaroaloqalari va tashqi muxit bilan bo’lgan aloqalarini belgilaydi hamda ITTni ishlab chiqish, tadbiq etish va foydalanish samaradorliti baholash kabi masalalarnn yoritadi. ITT arxitekturasi chegarasi doirasida zarur foydalanuvchilar va buyurtmachi individual extiyojidan kelib chiqqan xolda loyihalashtirish jarayonida mulg’timezonln yondashuvlar taklif etilishi mumkin.
    Xozirgi kunda ITT arxitekturasini ko’rishda ikkita asosiy yondashuvlardan amaliyotda keng foydalanilayapti. ITT arxitekturasidan amaliyotda foydalanish davlat va tijorat tarkibidagi tashkilotlarga mo’ljallangan maxsus ta’lim dasturn bilan qo’llab- quvvatlanadi. ITT arxitekturasi uchta darajadan iborat: ikkita texnik (transport va kommunikatsion) va tashkiliy daraja. Texnik darajalar tizimining komponetlarini o’z ichiga qamrab oladi, tashkiliy esa- ularning o’zaro xatti-harakatlarni qo’llab- quvvatlashni ta’minlaydi.
    Transport darajasi o’zarobog’liq bo’lgan 22ta kichik tizimlarni qamrab olgan va ular to’rt sinflarga taksimlangan: yo’lovchilar, boshqarish markazlari, transport vositasi va yo’l. Kommunikatsiya darajasi kichik tizimlar orasidagi aloqal arni ko’rsatadi. Har bir kichik tizim uskunalar yig’indisiga (Equi’ment ‘ackages) ajratiladi. ular o’z navbatida ITT xizmatlari va extiyojlarini hisobga olgan xolda har xil kichik tizimlarni alohida guruhlarga mustaqil ravishda birlashtiradi.
    Tizimning funktsionalligi ITTni logistik arxitekturasini ishlab chiqish bilan belgilanadi va tizimdagi ma’lumotlar oqimini diagramma ko’rinio’ida ifoda etadi. Bundan keyin yagona telematik yechimni shakllantiruvchi kichik tizimlar tanlanadn. SHunday qilib, soddalashtirilgan tuzilmaning funktsional va informatsion aloqalari aniqlanadi va boshqaruvning mahkul bo’lgan strategiyasi tanlanadi.
    Transport oqimlarini shahardagi boshqarish tizimining amaliyotdagi mavjud bo’lgan taqsimlanishi transport jarayonlarini boshqarishning klassik yondashuvidan kelib chiqqan xolda eng kuyi darajada chorraxada svetoforlar ishlab turgan davrda odatda uch bosqichli pog’onalar bilan tavsiflanadi.
    Odatda ushbu darajada transport oqimlarini boshqarish vositalaridan master deb nomlangan turi tanlanadi va ular slave turidagi boshqarish vositalari faoliyatini muvofiqlashtiradi yoki bir xil harakatlantiradi. “Yashil to’lqin” deb nomlangan transport oqimini boshqarish ilovasidan ketma- ket harakatlanuvchi transport vositalar oqimini boshqarishda foydalaniladi.
    Ikkinchi darajada boshqarish vositalarining ma’lumotlari mujassamlashtiriladi. Natijada yuqorida keltirilgan markaz va transportni boshqarish vositalari o’rtasidagi aloqa kanallariga talablar pasayadi. Istisno tarzda bu darajada ham boshqarish jarayonida svetoforlardan foydalaniladi. Bunday xolatda ma’lumotlarni yig’uvchi sifatida lokal transport markaziy stantsiyasi ishlatiladi.
    Uchinchi eng yuqori darajada ma’lumotlarga ishlov beruvchi va boshqarish vositalari bilan aloqani bog’lovchi kompyuter ishlaydi. Ushbu darajada odatda dispetcherlik nazorati olib boriladi va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining faoliyati doirasida dispetcherlar yordamida transport oqimidagi Favquloddagi vaziyatlar va talablarga mos ravishda transport vositalarni harakatlari tashkil etiladi.
    Quyida telematik tizimlarni batafsil va boyqichma- bosqich ko’rib chiqamiz.

    Download 12,4 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik

    Download 12,4 Mb.