|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|
bet | 39/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)Semantik adekvatlik bizdan taklifhomadagi xabaming haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Bu maʼnoda pavillion tartib raqamlari, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bolish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi.
Pragmatik adekvatlik taklifnomadagi maʼlumotlaming foydaliligi bilan aniqlanadi. Yaʼni, takliftiomadan foydalanib, kerakli koʻrgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz- oʻz vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan boʻlasiz.
Oldinlari qoʻlda bajariladigan amallar yaʼni mijozning kreditini tekshirish, buyurtmalami qabul qilish, hisoblami amalga oshirish kabi ishlar hozirda axborot texnologiyalari yordamida bu jarayonlami avtomatlashtirish imkonini yaratmoqda. Axborot texnologiyalari axborot oqimlarini oʻzgartirib koʻpchilik foydalanuvchilarga maʼlumotlardan foydalanish va boshqalar bilan bolishish imkoniyatini yaratmoqda. Bu esa qaror qabul qilishni tezlashtirmoqda. Yangi axborot texnologiyalari biznes modellami qoʻllab-quwatlab kelmoqda.
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada yuksalihshga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va mehnat unumdorligmi oshirishga, iqtisodivntni boshqarishni takomillashtirish, hamda istiqbolli ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Bundav jamiyatni barpo etish ilniy-texnik taraqqiyot yutuqlari va axborot-kommunikatsiya texnоIogayalarni ilgʻor ishlab chiqarish sohalarida qoʻllash, hamda materiallar va xom ashyo yaratish bilan chambarchas boglangan.
“Texnologiya”- soʻzi yunonchadan «techno»- san’at, hunar mahorat, mohirlik va «logos»- fan, taʼlim degan maʼnoni bildiradi Yaʼni, texnologiya- sanʼat, qurihsh, transport, qishloq xoʻialigi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizimidir. Shu bilan birga, usullami ishlab chiqish, joriy qilish va takomilashtirishdan iborat hamda maʼlum jarayonlar asosida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish usullari hisoblanadi.
Axborot texnologiyasi- bu texnik vositalar va dasturiy taʼminotlar majmui boʻlib, korxonalar tayyor mahsulot ishlab chiqarishlari uchun uning barcha imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Axborot manbalari va isteʼmolchilarining har xilligi axborot shaklining turli koʻrinishda bolishiga olib keladi. Bular:
● Belgili- turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea-hodisalar haqidagi axborotlami uzatishda foydalaniladi.
● Matnli- harf, raqam va belgilar toʻplamidan tarkib topgan maʼlum maʼnoni anglatuvchi soʻzlardan iborat axborot.
● Grafik- tasvirlardan iborat boʻlgan tasavvur koʻrinishidagi axborotlar.
● Tovush- eshitish qobiliyati orqali qabul qilinadigan gap, musiqa, turli shovqin effektlar kabi axborotlar.
● Video- lotin tilidan “qarayman, koʻrayapman” maʼnosini bildirib, harakat va tovush effektlariga ega boigan axborot!ardir.
Axborot atrof-muhit obʼyektlari va hodisalari, ulaming oʻlchamlari, xususiyatlari va holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardir.
Keng maʼnoda axborot insonlar oʻrtasida maʼIumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar oʻrtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|