• 4.ITTNING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHIDA JAXON TAJRIBASI
  • Tayanch iboralar
  • 4.1.ITTlarini tashkil topishi va rivojlanishida jaxon tajribasi.
  • (CAP’ITALS): TFIS
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik




    Download 12,4 Mb.
    bet23/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    Nazorat savollari

    1. Telematika deganda nimalar tushuniladi?

    2. Transport bozorida telematikadan foydalanish nima uchun xizmat qiladi?

    3. Transport vositalari monitoring tizimini tarqatishning asosiy yo'nalishlari qaysilar?

    4. Transport telematikasi tizimining tarkibi va tuzilishi qaysilar?

    5. Transport vositalari monitoring tizimining bloklari qaysilar?

    6. Yo'l harakati xavfsizligining videokuzatuvlar va nazorat bloki qaysilar?

    7. Yo'l harakatining barcha ishtirokchilari va transport oqimlarini avtomatlashtirilgan tartibga solish bloki qaysi?

    8. Yo'l harakati va transport jarayonlarini boshqaruv bloki qaysi?

    9. Pullik transport xizmatlarini ta'minlash bloki qaysi?

    10. Shaharlardagi ITTdan qaysi yo’nalishlarda foydalanilayapti?

    11. Zamonaviy transport telematikasini rivojlanishi bilan shahar boshqarish tizimi qaysi jarayonlar o’zgarmoqda?

    12. Transport intellektual tizimlarining potentsiali nimalarda namoyon boʻladi?




    4.ITTNING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHIDA JAXON TAJRIBASI
    4.1.ITTlarini tashkil topishi va rivojlanishida jaxon tajribasi.
    4.2.YXBAT (ASUD)dan yetakchi davlatlarda foydalanish
    4.3. O’zbekistonda ITTlarini tashkil topishi va rivojlanishi
    4.4. ITTlarni tadbiq etishdagi muhim loyihalar


    Tayanch iboralar: Evropa komissiyasi, COMFORT loyihasi, Transport tarmoqlarining ta’lili, CAPITALS loyihasi, VERA loyihasi, IN-RESPONSE loyihasi, IN­EMERGENCY loyihasi, TFIS ogoxlantirish tizimi, Bristol (CONCERT) tizimi, CLEOPATRA tizimi, TABASCO tizimi, ASUD-YABT tizimi, vaznni oʻlchash, "Platon" tizimi, RITM3 platformasi.


    4.1.ITTlarini tashkil topishi va rivojlanishida jaxon tajribasi.
    2050 yilgacha Evropa Itgifoqining transport siyosati Evropa komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan kompleks strategiyasiga asoslanadi (“Oq qitob” xujjati). Evropa komissiyasi tomonidan 2011 yil 28 martda Bryusselda “Oq qitob- Raqobatbardosh va ekologik toza tizimni shakllantirish yo’lida yagona Evropa transport xududini yaratishning yo’l haritasi” tasdiqlandi va qabul qilindi. Evropa transport strategiyasining asosiy maqsadi- transport va transport infratuzilmasidan samarali foydalanish va ushbu dasturni amalga oshirish uchun transport- yo’l majmua sini boshqarish intellektual transport tizimini (ITT) tadbiq etish.
    Evropa parlamenti va Evropa kengashi tomonidan 2010 yil 7 oktyabrda 2010/40/EU- sonli “Yo’l transporti doirasida va boshqa transport turlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlaydigan ingellektual transport tizimlarini tadbiq etish asoslari to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Menejment nuqtai nazaridan ilk bor amalga oshirilgan yirik Evropa loyihalardan biri COMFORT nomli Myunxen loyihasi 1991 yildan boshlangan [14].
    Ushbu birinchi loyiha yirik shahar atrofida joylashgan xududlardagi avtomagistrallarni shahar markazidagi transport oqimlari bilan muvofiqlashtirgan xolda rejalashtirish jarayonini amalga oshirishga imkon berdi. Loyihaning ta’lili shuni ko’rsatdiki, tadbiq etilishiga kiritilgan kapital quyilmalar faqatgina yo’l- transport xodisalarning kamayishi evaziga 2 yil mobaynida o’zini oqladi. Piyodalarni urib ketish 35%ga kamaydi, yo’l-transport xodisalarda olingan jarohatlar- 30%ga va xalok bo’lganlar soni esa 31 %ga kamaydi.
    Evropa Ittifoqi doirasida yana qator shunday loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ularda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

    1. Transport tarmoqlarining ta’lili. Bashorat algoritmlari sinov va testlari o’tkazildi. Ushbu jarayonlar qisqamuddatli (1-20 daqiqa), o’rtamuddatli (11-12 soat) va uzoqmuddatli (1-2 kun) bashoratlarga tegishli. Bu yo’nalishlardan biri transport oqimidagi avtomobillar to’g’risida (“suzuvchi” avtomobil) harakatlanuvchi laboratoriya yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanish- CAPITALS loyihasi. VERA loyihasi doirasidagi ishlar tarmoqdagi murakkab sharoitlarni tushunishga imkon berdi.

    2. Yo’l-transport xodisalari (incident detection) sodir bo’lgan joylarni aniqlash (detektirovanie) va ma’lumotlarga ishlov berish natijalaridan foydalanish asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Keyingi bosqichda IN-RESPONSE loyihasi doirasida hodisalarni aniqlashdan tashqari yo’l-transport xodisalarini bashorat qilish modeli ishlab chiqildi. IN-RES’ONSE va IN­EMERGENCY loyihalari qutkaruv xizmati operatorlari tomonidan qarorlar qabul qilishda xilma-xil tezkor ogohlantirish texnik tizimlar faoliyatini amalga oshirish imkonini beradi.

    3. Axborot va navigatsiya, boshqaraladigan yo’l belgilari va displeylar yoki avtomobillardagi bloklar yordamida xaydovchilarni ogoxlantirish tizimlari (TFIS). Axborot va navigatsiya tizimlaridan Evropa loyihalari doirasida foydalanishni quyidagi shaharlar misolida ko’rish mumkin:

    • Bristol (CONCERT): TFIS tizimi park and Ride tizimidan samarali foydalanish imkonini yaratadi;

    • Bryussel (CAP’ITALS): TFIS shahar ichki aylanmasidagi tonnellarda transport oqimlarini boshqarish tizimining asosiy qismi sifatida (detektirovanie);

    • London (CLEOPATRA): tarmoqdagi transportning samaradorligi va harakat yunalishini xaydovchi tomonidan tanlao’da yo’l-transport xodisasi (YTX) manzilini belgilash jarayonida TFIS ta’sirini aniqdash;

    • Lion (CLEOPATRA): yo’l tarmoqdarida utkazilgan ulchovlar yordamida olingan ma’lumotlardan avtomatik tarzda foydalanish evaziga TFIS ning axborot strategiyasini belgilash;

    • Myunxen (TABASCO): park and Ride uchun TFIS;

    • Pirey (COSMOS): dengiz porti xududida transport oqimlarining harakat yo’nalishini o’zgartirish strategiyasi;

    • Tuluza (CLEOPATRA): transport oqimlarining harakat yo’nalishini o’zgartirishning umumiy strategiyasi;

    • Turin (CLEOPATRA): shaharda transport oqimlarini boshqarish strategiyasi bilan TFIS strategiyasi.

    SHaharda transportni boshqarish integratsiyasi, shahar jamoat transporti xizmatlari va axborot xizmatlari Turinda shahar jamoat transportida yo’lovchilarning qatnov vaqti 14% va yengil avtomobillarda- 17% kamayishiga olib keldi. Ushbu xolat shahar jamoat transportida tashishni 3% oshirdi va shaharda transport harakatini yaxshilashga sabab bo’ldi. Sautgempton shahrining transportni boshqarish tizimida yo’l-transport xodisalar sodir bo’lgan joylarni aniqlash kichik tizimiga kiritilgan kapital kuyilmalar bir yil mobaynida uzini oqlaganligi bunga misol bo’la oladi.

    1. Tirbandliklarni oldini olish uchun magistral yo’llariga kirishni boshqarish tizimidan shaharlarda foydalanishadi. Glazgoda optik signalizatsiya yordamida transportni boshqarish, TFIS yordamida esa transport to’g’risida ma’lumot va navigatsiya xamda TABASCO loyihasi bo’yicha magistral yo’llarga kirishda transportni boshqarish (Ramp Metering) tizimlari samarali ishlab kelmokda. Ramp Metering usuli yo’llarni o’tkazish qobiliyatini keskin o’sishiga olib keldi (avtomagisgrallarda- 5%, shahar tarmoqlarida esa- 13%).

    2. Yuklamaga karab boshqarish. 90-chi yillarda AKD1da yo’llarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi(ASUD-YABT)ni tadbik etishshshg asosiy boskichlari ishlab chikildi: avtomobillar harakati va transport okimlarni matematik modellashtirish (mikro- va makromodellaiggirish); axborotlar yagona tizimi; marshrutii tanlashngan' elektron tizimi, xaydovchilarga yordam kursatish tizimi.




    Download 12,4 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik

    Download 12,4 Mb.