• Ushbu tizimlar
  • rnatgan
  • ko’llar”
  • Yo’l-transport xodisasn (YTX) to’g’risida o’z vaqtida




    Download 12,4 Mb.
    bet45/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    6.2. Yo’l-transport xodisasn (YTX) to’g’risida o’z vaqtida
    xabar berish va ogohlantirish
    Har xil davlatlarda xaydovchilar xavfsizligini qo’llab- quvvatlovchi tizimlarni amaliyotga tadbiq etilishiga qaratilgan ilk loyihalar yo’l-transport xodisalarni sezilarli kamaytiradi va shu bilan birga tashish jarayonining samadorligini oshiradi. Ushbu loyihalarning asosiylaridan biri «Intellektual avtomagistral» hisoblanadi. Bunday xolatda xaydovchiga to’plangan va ishlov berilgan axborotlarni yetkazish vazifasini asosan yo’l atrofida tashkil etilgan infratuzilma amalga oshiradi. Ushbu vaziyatda har bir avtomobilni murakkab kompleks texnika bilan jihozlash zarurati qolmaydi, lekin bunga qaramasdan RDS- TMS tizimi yoki axborot yetkazuvchi displeylar yordamida avtomobilni xech bulmasa bir tomonlama aloqa bilan ta’minlash imkoniyati saqlanib qolinadi.
    Avtomagistral bunday xolatda meteorologik, transport va avtomagistralning istalgan qismida boshqa ma’lumotlarni to’plashga va markazda ularga ishlov berilgandan so’ng xaydovchilarga joriy axborotlar yoki buyruqlar shaklida boshqaruvni amalga oshiruvchi yo’l belgilari va axborot displeylari sifatida uzatishga imkon yaratuvchi telekommunikatsion muxit bilan qoplanadi. Telekommunikatsion muxit simsiz bo’lishi mumkin yoki LAN va WAN tarmoqlari yordamida shakllanadi.
    Faoliyat olib borayotgan AHS (Automated Cruise-Assist High-way Systems) tizimi uchun infratuzilmani yaratish lozim va quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak.

    1. Yo’lni qatnov qismi xolatining monitoringi (jismoniy sharoitlar), transport oqimini xolati va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan to’siklarning monitoringi (tirbandlik, yo’l-transport xodisasi).

    2. Yo’l harakatini boshqarish markazida ma’lumotlarga ishlov berish.

    3. Xaydovchiga axborotlarni yetkazish: har bir xaydovchiga yoki transport oqimiga.

    4. Tadbirlarni utkazish: transport vositasida avtomatik tizimlar yordamida (AHS-a) yoki ili xaydovchilar yordamida yetkazish AHS-m).

    Harakatlanish jarayonida nostandart vaziyatlar to’g’risida axborotlar xaydovchiga transportni boshqarish markazidan uzatiladi. Axborotlarni o’lchash yoki videokuzatuv orqali to’plash mumkin (intensivligi, tezligi, muzlash, yomg’ir yoki qor yog’ishi). Axborotlarni xaydovchilarga og’zaki uzatish ham katta axamiyatga ega bo’lib kelmoqda, misol politsiya xabarlari, favquloddagi vaziyatlar, servis xizmatlari va boshqa xabarlar.
    Transportni boshqarish markazida axborotlar to’planib ishlov berilgandan so’ng xaydovchiga avtomobildagi axborot tizimi va boshqa aloqa tizimlari yordamida uzatiladi, misol, DSRC yoki RDS-TMC tizimlari yordamida. Butun transport oqimi uchun axborot tablosi va boo’qariladigan yo’l belgilari ishlatiladi.
    Telematika yo’lovchilar va yuklarni samarali tashishni tashkil etishdan tashqari yo’ldagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalalarini ham yechishga amaliy yordam beradi. Xavfsizlik tushunchasi juda keng. Misol, shahar jamoat transporti sektorida (GPOT) nazorat tizimini faoliyati barcha transport vositalari va bekatlarda o’rnatilgan videokamaralar yordamida amalga oshiriladi.

    Ushbu tizimlar yo’lovchilar na transport vositalari xaydovchilariga xavf-xatar paydo bo’lgan vaziyatlardan chiqib ketishga imkon yaratadi.
    «Intellektual» chorraxalar xaydovchini qizil chiroqda to’xtamasdan xavfli harakatlanuvchi avtomobil to’g’risida ogohlantiradi. Yaxshi ishlangai tizimlardan jamoat transporti va svetoforlarni boshqarish vositalari bilan har xil shaklldagi aloqa o’rnatgan ko’zi ojiz yo’lovchilarni xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladi.
    Yo’llarda insonlarning xavfsizligini oshiruvchi tizimlar har xil vaziyatlarni taxlil qilish algoritmlari va ishonchli nazorat vositalaridan foydalangan intellektual datchiklarga asoslanadi. Xavfsizlik tizimlarning asosiy qismlaridan biri deb aloqa vositalari hisoblanadi.
    Sputniklarga tayangan navigatsiya tizimlari va radioaloqa vositalari ITX oqibatlarini bartaraf etish tizimlari xavfli vaziyatlarni paydo bo’lishi yoki xavfli vaziyatlarda yordam ko’rsatishda ishlatilayotgan vositalarning joylashishini aniqlovchi vositalardan foydalanadi. Yo’l-transport xodisasi sodir bo’lgan joyga qisqa vaqt ichida yetib borish uchun qutqaruvchi jamoa (komanda) optimal marshrutdan foydalanadi. Ko’pchilik xolatlarda transport vositasidagi jabrlangan shahsni ahvolini masofaviy monitoring qilish imkoniyati mavjud. Kasalxonadagi vrach masofadan transport vositasidagi jabrlangan shahsga qanday yordam ko’rsatilishini boshqaradn va ular kasalxonaga yetib kelguncha barcha yordam berish vositalarni tayyorlab turadi. Xavf-xatar to’g’risidagi signalni xaydovchi o’zi berishi mumkin yoki xodisalarni avtomatik aniqlovchi datchik (Crash Sensor) yoki xavfsizlik yostigi yordamida. Jamoat transport vositalarida favquloddagi vaziyatlar to’g’risida yordamchilarga habar beruvchi knopkasi xaydovchining yonida joylashgan. Undan tashqari ushbu knopkalar videokameralar bilan birgalikda barcha jamoat transporti bekatlarida o’rnatiladi.
    Favquloddagi vaziyatlarda yo’lovchilar xavfsizligini oshiruvchi oddiy usullardan biri bevosita voqea sodir bo’lgan joyda jabrlangan yo’lovchiga birinchi yordamni ko’rsatish bo’ladi. Har bir xaydovchi yonida mobil telefon, ikki diapazonli GPS-GSM antennasi va oddiy elektron vositalardan iborat “bush ko’llar” komplektini joylashtirishi lozim.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo’l-transport xodisasn (YTX) to’g’risida o’z vaqtida

    Download 12,4 Mb.