|
Intellektual avtomagistral, xaydovchilarning xavfsizligini ta’minlovchi tizimlar va loyihalar
|
bet | 44/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)6.1.Intellektual avtomagistral, xaydovchilarning xavfsizligini ta’minlovchi tizimlar va loyihalar
Intellektual avtomagistral- birinchi marta transportni boshqarish texnikasi, shu jumladan 2006 yilda Buyuk Britaniyaning G'arbiy Midlenddagi yo'lda ishlatilgan. Unda yuqori tezlik chegarasi 60 milya (97 km/soat) bo’lgan.
2013 yildan beri hozirgi "Intellektual avtomagistral" atamasi avtomobil yo'llari agentligi (hozirgi Angliya avtomagistrali ) tomonidan ushbu texnologiyani yo'l foydalanuvchilari orasida targ'ib qilish uchun ishlatilgan.
6.1-rasm. Intellektual avtomobil yo'llari sxemasi uchun boshqaruv xonasi
Intellektual avtomagistral (ilgari boshqariladigan avtomagistral va faol transportni boshqarish tizimi), shuningdek, Shotlandiyada intellektual transport tizimi sifatida ham tanilgan, bu faol transportni boshqarish usullaridan foydalanadigan avtomagistral, eng yuqori tezlik chegaralari va tartibga solinadigan soatlarda ishlaydigan qattiq qoplamali keng avtomobil yo’lidir. Afzalliklarga transport oqimining silliqligi, harakat vaqtining ishonchliligi, yo'l-transport hodisalarining kamayishi, shovqin va transport vositalarining zararli chiqindilarining kamligi kiradi. Boshqariladigan avtomagistral atamasi ba'zan yo'l cheti (obochina)da harakatlanmasdan sozlanishi tezlik chegaralaridan foydalanadigan sxemalar uchun ishlatiladi (masalan, J27 dan J30 gacha bo'lgan M25 avtomagistrali).
2019 yildan boshlab intellektual magistral yo'llar asosan Buyuk Britaniyada uchraydi, ammo bu tushuncha Avstraliya va yangi Zelandiya va Shveytsariyaning ayrim qismlarida ham keng tarqalgan.
Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, sodir etilishi mumkin bo`lgan ko`ngilsiz holatlarning oldini olish, qoidabuzarliklar sonini kamaytirish Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining doimiy vazifalari hisoblanadi. Albatta, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash o`z- o`zidan amalga oshib qoladigan ish emas. Bu sohani takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning kasbiy va xizmat tayyorgarligini hozirgi kun talablariga mos ravishda yuksaltirish, harakat ishtirokchilarining harakatlanish madaniyatini oshirish singari ko`plab ishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Bugun hayotimizning turli jabhalariga kirib kelayotgan yangiliklar, o`zgarishlar, axborot-kommunikasiya texnologiyalari davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatida muayyan o`zgarishlarni taqozo etmoqda. Ana shundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunni bemalol tub o`zgarishlar davri, deb atasak bo`ladi. Ayniqsa, Prezidentimizning ichki ishlar organlari tizimiga alohida e`tibor qaratayotgani, sohani isloh qilish yuzasidan qator hujjatlar imzolagani buning isbotidir.
Ularda Ichki ishlar vazirligining barcha sohaviy xizmatlari faoliyatini tubdan qayta ko`rib chiqish vazifasi yuklatilgan edi. Ana shu Farmonlar talablariga muvofiq, shuningdek, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish uchun yo`l harakati xavfsizligi respublika, o`rta va quyi bo`linmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini o`rnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari aniq belgilanishi va taqsimlanishi, rahbarlar va xodimlarning o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutish birinchi galdagi vazifa qilib belgilandi. Shuningdek, yo`llarda, ayniqsa, Toshkent shahrida yo`l-transport hodisalari sodir etilishi va tirbandlikning hosil bo`lishiga imkoniyat beruvchi sabab va shart-sharoitlarni tizimli ravishda kompleks tahlil qilish va ularni bartaraf etish asosida yo`l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi tizimini takomillashtirish zarurligi qarorda o`z aksini topdi.
Barchaga ma`lumki, Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga videokuzatuv moslamalari o`rnatilgan edi. Yangi tizim shu yilning 15 mart kunidan e`tiboran ishga tushirildi. Bundan Toshkent shahri ko`chalarida yo`l harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar yordamida ta`minlash maqsadi ko`zlangan. Buning uchun nazorat qilinadigan har bir ob`ekt- chorraha harakatni nazorat qiluvchi, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlovchi zamonaviy texnik vositalar, intellektual detektorlar, kontrollerlar, videokameralar bilan jihozlandi.
Chorrahalardan olingan barcha ma`lumotlar Markaziy dispetcherlik xizmatiga uzatiladi va bu erdagi elektron tablo hamda videomonitorlarga chiqariladi. Tizimga kiritilgan chorrahalardagi svetoforlar ham detektorlardan harakat oqimi to`g`risida olingan ma`lumotlarni qayta ishlash orqali avtomatik tarzda boshqariladi. Qolaversa, svetoforlar ish faoliyatini optimallashtirish natijasida yo`llarning o`tkazuvchanlik qobiliyati oshiriladi. Natijada transport vositalarining chorrahalar oldida to`xtab turishini 20–25 foizga, transport vositalari dvigatellaridan chiqayotgan zaharli gazlarning 5–10 foizga, yonilg`i sarfini 5–15 foizga kamayishi hisobiga shahardagi ekologik holat ancha yaxshilanadi [16].
Yana shuni ham ta`kidlash zarurki, chorrahalardagi vaziyatni masofadan uzluksiz kuzatib borish uchun videokameralar hamda fuqarolar uchun maxsus xizmatlarni, jumladan, ichki ishlar, tez tibbiy yordam, yong`in xavfsizligi xizmatlarini chaqirish uchun maxsus vositalar o`rnatildi.
Amalga oshirilgan ishlardan ko`zlangan asosiy maqsad haydovchilarning mas`uliyatini oshirish, avtomobil yo`llarida qoidabuzarliklar va yo`l-transport hodisalarining oldini olish, ko`chalarimizda yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish, eng muhimi, yo`l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta`minlashdan iborat.
Masalaning ana shu muhim tomonlari inobatga olingan holda, mazkur tizimni respublikamizning barcha hududlarida joriy etish lozimligi qaror bilan belgilab berildi.
Qarorda, shuningdek, yo`llarni saqlash va ularning yo`l belgilari, axborot ko`rsatkichlari, yo`l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalari bilan jihozlash bo`yicha o`rnatilgan talablarga so`zsiz rioya etilishini ta`minlashga ham alohida e`tibor qaratilgan. Sababi, yo`l belgilari va yo`l chiziqlari, avvalo, harakat ishtirokchilariga aniq ma`lumotlar berib, ularning xavfsiz harakatlanishini ta`minlaydi. Belgilarning aniq va ko`rinarli tarzda joylashishi, ularni nur qaytaruvchi maxsus qoplamalardan foydalanilgan holda tayyorlanishi harakatlanish xavfsizligini ta`minlash samaradorligini oshirib, yo`l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
Ta`kidlash lozimki, qaror bilan Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasining «Uzavtoyo‘lbelgi» davlat unitar korxonasini tashkil etish hamda tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo`l belgilari, axborot ko`rsatkichlari, yo`l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarishni uning asosiy vazifasi etib belgilash haqidagi taklifi ma`qullandi.
«Uzavtoyo‘lbelgi» davlat unitar korxonasining ta`sischisi Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi hisoblanadi. Ushbu qo`mita qisqa muddatlarda korxona faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi hujjatni, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda o`rnatilgan yo`l belgilarini xatlovdan o`tkazish, ularni zamonaviy yuqori intensiv (nur qaytaruvchi) qoplamali yo`l belgilariga almashtirish, shuningdek, uzoq muddat foydalaniladigan barqaror yo`l chiziqlarini chizish uchun maxsus texnika va asbob-uskunalar sotib olish bo`yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, xalqaro va davlat ahamiyatiga molik yo`llar uchun 900 mm, boshqa yo`llar uchun 700 mm o`lchamdagi metall korpusli yuqori intensiv (nur qaytaruvchi) qoplamali yo`l belgilarini ishlab chiqarish hamda ularning aniq ko`rinishi imkoniyatini beruvchi konstruksiyalarga mustahkamlashni nazarda tutgan holda yo`l harakati sohasida standartlashtirish bo`yicha yangilangan normativ hujjatlar tayyorlanadi.
Yaratilayotgan qulayliklardan yana biri, bu ko`pchilik harakat ishtirokchilarining taklif-istaklari asosida joriy yil 1 sentyabrdan e`tiboran avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan davlat ro`yxat raqamlarini oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha, shu jumladan, kimoshdi savdosini o`tkazish yo`li bilan tanlash tartibining joriy etilishi bo`ldi.
Bundan tashqari, 2024 yil 1 yanvardan e`tiboran avtotransport vositasidan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, avtotransport vositasi ijarasi, tekin foydalanish, garov, lizing shartnomalarini fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlarining tegishli yo`l harakati xavfsizligi bo`linmalarida hisobga quyish to`g`risidagi talabga ham o`zgartirish kiritildi. Endilikda fuqarolar bu ishlarni rasmiylashtirish uchun DYHXXga borib yurmaydi. Bu ish notariuslar tomonidan ularning elektron shaklini DYHXXga jo`natish orqali amalga oshiriladi.
2024 yil 1 yanvardan e`tiboran yo`l harakati xavfsizligi bo`linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli engil avtotransport vositalarini (yuk, yo`lovchi va maxsus transport vositalari bundan mustasno) majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish bo`yicha funksiyalarini yuridik shaxslar- tadbirkorlik sub`ektlariga bosqichma-bosqich o`tkaziladi. Bu ko`rsatiladigan xizmatlar uchun qat`iy narxlar belgilangan hamda ichki ishlar organlari bilan o`zaro hamkorlikka oid talablar o`rnatilgan holda amalga oshiriladi.
Yana bir yangilik shuki, Prezidentimiz qaroriga asosan Toshkent shahrida, Samarqand va Xorazm viloyatlarida tajriba tariqasida yo`l-patrul xizmati motosikldagi guruhlari tuziladi. Ularga yo`llar va ko`chalarning harakatlanish qiyin bo`lgan qatnov qismlarida, odamlar gavjum joylarda, shuningdek, xorijiy va boshqa delegasiyalarni kuzatishda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash vazifalari yuklatiladi.
Qarorda sohaning barcha qirralari qamrab olingan bo`lib, ular ijrosini ta`minlash faoliyat samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi. Bunda yo`l harakati ishtirokchilarining yo`l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish maqsadida targ`ibot-tashviqot ishlarini kengaytirish hamda ularning shakl va usullarini takomillashtirish, yo`l harakati ishtirokchilarining huquqlariga so`zsiz rioya etilishini, ularning sha`ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini, xizmat o`tash vaqtida muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qat`iy amal qilinishini ta`minlash, yo`l-patrul xizmati xodimlari xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, shuningdek, kadrlarni tanlash, ularni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning ta`sirchan mexanizmni joriy etish, davlat xizmatlarini ko`rsatish taomillarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi hamda ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqishning shaffofligini ta`minlovchi zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo`llashga asosiy e`tibor qaratiladi.
Sohaviy xizmat xodimlari o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni mas`uliyatni his etgan holda bajarib, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash samaradorligini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar. Buning uchun malakali kadrlar, zarur kuch va vositalar etarli.
|
| |