|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|
bet | 53/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)Tayanch iboralar: Yo’l harakatini boshqarish, RLTC tizimi, transport oqimining qatlami, chiziqli boshqarish, boshqarish tizimi, yo’lning qatnov qismi, yo'l belgilarini o'rnatish talabi, qatnov qismi, yo'l belgisini yerga o’rnatish, yo'l belgisini asfaltga o'rnatish, yo'l belgisini vaqtinchali ko’chma tayanchlarga o'rnatish, avtomagistralga kirib kelishni boshqarish, Avtomagistralning qisqa tezlashish bo’agi, chiqish konfiguratsiyasi.
RLTC- transport harakatini boshqarish tizimi.
Transportni yo’l harakatini boshqarishning chiziqli tizimi transport oqimlarining harakatlanishi to’g’risidagi axborotlarni to’plash va ularga ishlov berish (transport oqimining tarkibi va intensiv harakatlanishi) jarayonida yo’lning eng katta (uchastkalarida) qismida “Yuk avtomobillarning o’zib o’tishi taqiqlanadi” va “Maksimal tezlikni chegaralash” kabi boshqariladigan yo’l belgilari yordamida yo’l harakatini va tezlikni boshqaradi.
Ushbu tizim “Boshqa xavf-xatarlar” va “Yo’l ishlari” kabi ogohlantiruvchi yo’l belgilari bilan to’ldiriladi.
RLTC tizimining asosiy maqsadlari. Transport oqimining qatlami oshgan sari «Stop and Go» o’zgaruvchan to’lqinlari ko’rinishidagi harakatlanish rejimi vujudga keladi. Ushbu to’lqinlar tezlikning katta o’zgarishlari bilan tavsiflanadi va tezlikning o’rtakvadrat o’zgarishini bildiradi.
Germaniyaning Berlin shahrining yonida A10 avtomagistralining 6 km uchastkasida sodir bo’lgan xodisalarning chuqur ta’lili amalga oshirildi. Ushbu yo’l uchastkasida ikki tomonlama yo’nalishida taxminan 140000 avt/sut. Yo’l- transport xodisalari ta’hlilidan quyidagilar aniqlanadi, 80% xodisalar bevosita harakat jarayonida yuzaga keladi, qolgan qismi esa- avtomobillar magistralga kirib kelishi va chiqib ketishi paytida sodir bo’lgan. Umumiy sodir bo’lgan xodisalarning 40% harakat jarayonida «Sto’ and Go» o’zgaruvchan to’lqinlar paydo bo’lgan xolatda sodir bo’lgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|