• tkazish qo
  • boshqarish
  • CHiziqli boshqarishning birinchi maqsadi- transport oqimi tezligini




    Download 12,4 Mb.
    bet54/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    CHiziqli boshqarishning birinchi maqsadi- transport oqimi tezligini tartibga solish va uning yordamida birlamchi xavfsizlik darajasini oshirish. CHiziqli boshqarishning ikkinchi maqsadi- transport vositalarining harakatlanish tezligini chegaralash yordamida transport oqimini tartibga solish. Harakatlanish tezligi pasayganda avtomobillar o’rtasidagi masofa kiskaradi va yo’lning o’tkazish qobiliyati keskin oshadi. Avtomobillarning tezligi 70—80 km/s bo’lganda yo’lning o’tkazish qobiliyati maksimal bo’ladi.
    CHiziqli boshqarishning uchinchi maqsadi- boshqariladigan yo’l belgilari yordamida ikkilamchn xavfsizlik darajasi oshirish. Odatda xaydovchilarni axborot bilan ta’minlash uchun ogohlantiruvchi yo’l belgilaridan foydalaniladi. Tizimning odatiy shakli transport datchiklari va ijrochi elementlardan tashkil topadi. Ushbu xolatda ijrochi elementlar sifatida yo’l chekkalarida joylashgan boshqariladigan yo’l belgilari (BYB-UDZ) ishlatiladi va ular xaydovchilarni yo’ldagi bajarilayotgan barcha ishlar to’g’risida ogohlantirib boradi.
    Boshqariladigan yo’l belgilari (BYB-UDZ) odatda kamida ikki yo’lakka (diapazon) ega bo’lgan yo’l chekkalarida o’rnatiladi. Barcha boshqa vaziyatlarda belgilar yo’lning harakat qisminnng tepasidagi portallarga joylashtiriladi. Tavsiya etilgan yo’l kesimining Sx-Sn kadami 800-1000 m tashkil etadi va 1500 m dan oshmasligi lozim. Xaydovchi ayrim xollarda yo’l belgisi bergan buyrukni “esdan chikaradi”. Undan tashkari yo’lning kesimi qo’shimcha o’lchagichlar bilan jihozlanadi D,-D„, va ularda avtomobillarning harakatlanish intensivligi, transport vositasining tezligi va transport oqimining tarkibi o’lchanadi. O’lchagichlar har bir yo’lakda joylashtiriladi va boshqariladigan yo’l belgilari (BYB-UDZ) dan 150-200 m harakatlanish yo’nalishida o’rnatiladi. O’lchash jarayonlarni amalga oshirish va natijalarga ishlov berish vaqti 5 m oshmasligi talab etiladi. Odatiy xollarda tezlikni chegaralovchi belgilar har bir yo’lakning tepasida joylashadi, shu bilan birga har bir harakatlanish yo’laklarda ogohlantiruvchi belgilar va zarur bo’lgan xollarda taqiqlovchi belgilar o’rnatiladi.
    Boshqarish tizimi. CHiziqli yechim sifatida har bir yo’lning uchastkasida dasturlashga moyil avtomat ko’zda tutilgan va uning asosiy vazifasi boshqariladigan yo’l belgilari (BYB-UDZ) yordamida ma’lumotlarga boshlang’ich ishlov berishdan iborat. Undan tashqari u barcha monitoring funktsiyalariga ega: tizimga begonalar kirishini aniqlash, funktsiyalarni bajarilishini nazorat qilish, boshqariladigan yo’l belgilari, detektorlar va boshqalar.
    Boshqarishning barcha bloklari yo’l uchastkalarini alohida (avtonom) boshqarishning maxalliy (xududiy) boshqarish markazlari bilan bog’langan. Ushbu markazlarda boshqarish algoritmlaridan foydalaniladi. Tizimning tezkor ishlashini ta’minlash uchun alohida qismlar va boshqarish markazi bilan tezkor aloqa o’rnatilishi zarur. Qayd etilgan xududiy markaz odatda yuqoridagi boshqarish markazi bilan va u orkali boshqa telematik tizimlar bilan bog’langan bo’ladi.
    Bu yerda operator uchun interfeys mavjud bo’ladi va u zarur bo’lgan xollarda RLTC tizimidan ko’lda boshqarish uchun imkoniga ega buladi. Bunday xolat odatda favqulodda xodisa sodir bo’lganda vujudga keladi. Tizimning faoliyati transport datchiklari tomonidan olingan, ishlov berilgan va ta’lil qilingan ma’lumotlarga asoslanadi. Nazarda tutish lozimki tizimda katta ma’lumotlar massiviga ishlov beriladi.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CHiziqli boshqarishning birinchi maqsadi- transport oqimi tezligini

    Download 12,4 Mb.