• 7.3. Ob-xavo va iqlim sharoiti o’zgarganlign va harakatlanish jarayonida to’siqlar mavjudligini ogohlantirish (detektirovanie)
  • -rasm. O'zgaruvchan matn va grafikli ma'lumotlar taxtasi




    Download 12,4 Mb.
    bet51/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    7.6-rasm. O'zgaruvchan matn va grafikli ma'lumotlar taxtasi (tablosi)

    Yuk ko'taruvchi metall konstruktsiyaning fotosurati. Svetofor kompaniyasi tomonidan TPI o'rnatishga misol



    7.7-rasm. Metall konstruktsiyali ramaga o’rnatilgan tablo

    Metall konstruktsiyani qo'llab-quvvatlash o'rnatish usuli: o'z-o'zidan qo'llab-quvvatlanadigan o'zgaruvchan ma'lumot (TPI) usti mustaqil LED displey taxtasi;


    TPI metall konstruksiyasi quyidagilardan iborat::
    poydevorlar,
    asoslar,
    metall konstruktsiyaning yuk ko'taruvchi qismi,
    TPI axborot maydoni.
    Qo'llab-quvvatlovchi metall konstruktsiya-bu LED displey modullari biriktirilgan vertikal qo'llanmalar ("ramka"). "Ramka" orqasida texnik makon yaratiladi. Texnik makon displey panelini o'rnatish va texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, LED displey panelini ishlatish uchun zarur bo'lgan kalitlarni joylashtirish uchun mo'ljallangan.
    "Ramka" ning gabarit o'lchamlari:
    vertikal va gorizontal tekislikda-LED displey panelining ish maydoniga muvofiq;
    chuqurlikda-qo'llab-quvvatlovchi metall konstruktsiyaning konstruktsiyasi LED modullarining qopqoqlarining to'liq ochilishiga to'sqinlik qilmasligi kerak.
    O'zgaruvchan ma'lumot belgisi (FPI)
    Boshqariladigan yo'l belgisi (UDZ)

    7.3. Ob-xavo va iqlim sharoiti o’zgarganlign va harakatlanish jarayonida to’siqlar mavjudligini ogohlantirish (detektirovanie)
    Yo’l-transport xodisalar (YTX) sodir bo’lishining asosiy sabablaridan biri harakat tezligining maxalliy yo’l sharoitlariga mos kelmasligida. Bu negativ xolatlarni oldini olish uchun yoki maksimal ravishda kamaytirish maqsadida dinamik tizimlardan foydalanish mumkin, ular avtomobillar tezligini o’lchash datchiklari va boshqariladigan yo’l belgilari yordamida yo’l harakati qoidalari buzilganligi yoki boshqa xavf-xatarlar to’g’risida xaydovchini ogohlantiradi.
    Bu tizim jazolash tamoyilida ishlamaydi, uning asosiy vazifasi qoidalarii buzgan xaydovchilarni ogohlantirish yordamida tartibga chaqiradi.
    Umumiy tajriba shuni ko’rsatdiki, bunday tadbirlar psixologik nuqtai-nazaridan samara keltiradi. Texnik jixatdan tizimda ishlatiladigan transport datchiklari har xil tamoyillarga asoslanadi, misol, infraqizil datchiklar, video- va mikroto’lqinli datchiklar. Boshqariladigan yo’l belgilari yoki transport to’g’risida axborotlarni uzatuvchi vositalar har xil usullarda ishlab chiqilgan:
    Svetodiodlar texnologiyasi (chiroqlidiodlar) tegishli yo’l belgisida o’rnatilgan (LED) svetodiodlardan foydalanadi. Umuman aytganda svetodiodlar transport vositasining tezligi yuqori bo’lgan xollarda transportni boshqarish jarayonida (buyruk beruvchi va ogohlantiruvchi belgilar) xavfsizlik darajasini oshirish uchun ishlatiladi. Boshqa tarafdan, svetodiodlar asosida ishlaydigan yo’l belgilaridan avtomobillar tezligi cheklangan yo’l qismlarida foydalanish mumkin.
    Segmentli displeylar. Ayrim xollarda xaydovchilarni ogohlantirish uchun sonlarni uzatish lozim bo’ladi (avtomobil tezligi, tonnel va ko’priklar balandligi, ob-xavo harorati va boshqalar). Bunday xollarda xoxlagan yoki zarur bo’lgan sonlarni ko’rsatuvchi displeylar dan foydalaniladi.
    Ogoxlantiruvchi vositalar. Svetovodlar yordamida bajrilgan “50” raqamli belgisi boshqaradigan yo’l belgisi sifatida ishlatiladi va shahar nomini ko’rsatuvchi belgidan 120 m oldin o’rnatiladi. Boshqaradigan yo’l belgisi “50” samadorligini baholash uchun taxminan belgidan 20 m keyin o’rnatilgan datchiklar yordamida shaharga kirish oldidan avtomobil tezligi o’lchanadi.
    Maksimal 50 km/s tezlikni chegaralovchi axborotlarni uzatish natijalari yuqori samaraga erishishga imkon berdi: ogohlantirish vositalari o’chirilganda faqatgina 41% xaydovchilar shaharga 60 km/s tezligidan past tezlik bilan kirib kelishdi, teskarisi ogohlantiruvchi belgilar yoqilganda xaydovchilar soni 92% gacha oshdi. Ogohlantiruvchi tizimlardan nafaqat shahrga kirib kelishda, xattoki xavfli burilishlar to’g’risida xaydovchilarni ogohlantirish mumkin. Bunday xolatlarda quyidagi tezlikni chegaralovchi belgilar ishlatiladi:

    • “xavfli burilish- o’ngga/chapga”;

    • “xavfli burilish- birinchi burilish o’ngga/chapga”;

    • “sirpanchiq yo’l”.

    AHS tizimining asosi transport harakati to’g’risida xaqiqiy axborotlarni, nazorat qilib turgan yo’l tarmog’ida ob-xavo va iqlim sharoitlari, va avtomobillar harakatlanishiga to’sqinlar qiluvchilvr to’g’risida axborotlarni olishdan iborat.
    Transport tarmog’ida yo’ldagi favquloddagi vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin nuqtalarida datchiklar joylashtiriladi. Ushbu datchiklar yo’lning harakat qismining yuzidagi haroratni aniqlaydi, xavo haroratsi, yomg’ir yoki qor yog’ishi va boshqa ko’rsatkichlarni o’lchaydi. Ko’pchilik zamonaviy o’lchash vositalari bir necha soatga yo’l muzlanishini bashorat qila oladi. Yo’lni boshqarish markazlardan xaydovchilar yo’lning xolati to’g’risida axborotlar oladilar (muzlanish, ob-xavo va boshqalar) va eng muximi ushbu axborotlar yo’lni boshqarish markazlariga yo’l xolatini yaxshilash uchun imkon yaratadi. Ob-xavo sharoitlarini o’lchash vositalari nisbatan eng arzon vositalar deb hisoblanadi. Ushbu vositalar ham maxalliy yo’l harakatini boshqarish markazlar bilan bog’liq bo’lishi zarur. Ko’pchilik yo’l-transport xodisalarga (YTX) yo’l va uning atrofidagi kutilmagan to’siqlar sababchi bo’ladi. Avtomobilni boshqarish jarayoniga diqqatini qaratgan xaydovchi yo’lda to’satdan paydo bo’lgan to’siklarga o’z vaqtida e’tiborini qarata olmasligi ko’pchilik yo’l-transport xodisalarga sababchi bo’ladi. To’siqlardan tashqari ushbu tizim yo’l chekkasida to’xtab turgan transport vositalari yoki “yukotilgan yuklar (buyumlar)”ni identifikatsiya qiladi. Yo’lning har bir qismini monitoring qilish texnik jixatdan amalga oshirilishi murakkabligi tufayli ko’pchilik xolatlarda utib ketayotgan transport vositalarining xaydovchilari tomonidan mobil telefonlar orkali, servis xizmatlari va qutqaruvchi xizmatlardan axborotlar olinadi. Bunday funktsiyalarni amalga oshirish uchun dispetcherlik markazlari va tezkor bo’limlarni o’zaromunosabatlarining tashkiliy va ishchi sxemalarni ishlab chiqish lozim.
    Intellektual avtomagistrlning asosiy qismlaridan biri SOS punklari hisoblanadi, chunki ular yo’l harakati qatnashchisini dispetcher bilan to’g’ri va tezkor aloqa bilan ta’minlash evaziga murakkab vaziyatdan muvaffakiyatli chiqishga imkon beradi. CCTV monitoringidan foydalanish muvaffakiyatli texnik yechim hisoblanadi. Burilish imkoniyatiga va tasvirlash masshtabini kengaytiruvchi imkoniyatiga ega zamonaviy kameralar yo’lning katta qismlarida avtomatik nazoratni olib borish imkonini beradi.
    Ayrim zamonaviy tizimlar yo’ldagi daxlsiz va begona buyumlarni avtomatik aniqlashga va indentifikatsiya qilishga qodir. Yo’l-transport xodisalarini avtomatik indentifikatsiya qilish xodisalarga aloqador shahslar uchun juda muhim, chunki qutqaruvchilarni chaqirishga va qutqarish ishlarini tashkil etishga sharoit yaratadi. Bu tizim xavfli xududga kirib kelishi mumkin bulgan yo’l harakatini qolgan qatnashchilarni uchun ham juda muxim. Bunday xavf-xatarni oldini olish uchun qolgan xaydovchilarni o’z vaqtida ogohlantirish lozim. Tirbandliklarni o’z vaqtida aniqlash ham xavfsizlik nuqtai nazaridan juda muhim. Yo’l transport xodisalari muammosi bilan Evropa Ittifoki shug’ullanmoqda va nashr etgan “Yashil kitob”ida yo’llardagi favqulodda xodisalardan jamiyatdagi yo’qotishlar to’g’risida ma’lumotlarni keltirgan. Tirbandliklardan yo’kotishlar 2.5%, YTXdan- 1.5% va atrof muxitni ifloslashtirish- 0.6% va yigindisida jami yo’kotishlar umumiy hisobda 250 mlrd yevroni tashkil etdi. SHu tufayli Evropa Ittifoqi yuqoridagi xodisalarni identifikatsiya qilish jarayonini qo’llab- quvvatlaydi. AVS- TDS nomli birinchi loyihasi Belg’giyaning Gent va Antverpen shaharlari o’rtasidagi Ye17 avtomatastralida tadbiq etildi, ushbu loyiha bo’yicha o’rnatilgan 15 videokameralar 8 km yaqin masofada oltita yo’lakli avtomagistralni nazorat qilishga imkon beradi. Loyihaning maqsadi transport vaziyatlarni identifikatsiya qilish algoritmining tezligi va ishonchliligini tekshirishdan iborat. Videodetektor vositalari katta imkoniyatlarni yaratadi, chunki transport vositalarni to’xtatish algoritmi Tracking Track qurilmasiga kiritilgan. Transport tirbandliklari jahon miqyosida milliard dollarlar bilan o’lchanadigan yo’kotishlarga olib keladi. So’z nafakat samarasiz harakatlanish natijasidagi iqtisodiy yo’kotishlar, balki yo’l-transport xodisalarida insonlar xalok bo’lishi to’g’risida ketayapti. Transport oqimining bunday xolatida xaydovchiga bo’lgan bosim oshib boradi. Bir maromda harakatlanish esa xaydovchini psixologik xolatiga va ekologiyaga ijobiy ta’sir etadi.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. O'zgaruvchan matn va grafikli ma'lumotlar taxtasi

    Download 12,4 Mb.