• 10.TRANSPORT VOSITALARI TURARGOHLARINI TASHKIL ETISHDA ITT BO‘LINMALARI
  • Tayanch iboralar
  • 10.1. Avtomobillarii to’xtab turish va turargohlarini tashkil etish
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik




    Download 12,4 Mb.
    bet62/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    Nazorat savollari

    1. Transport boshqarmasi nimalar bilan shug'ullanadi?

    2. Transport boshqarmasining asosiy vazifalari qaysi?

    3. Transport boshqarmasining ikkinchi muhim vazifasi nima?

    4. Transport infratuzilmasini o'zgartirish bo'yicha qarorlarning oqibatlarini monitoring qilish qanday bajariladi?

    5. Ko'cha tirbandligini qancha vaqtda bir marta kompleks o'lchash amalga oshiriladi?

    6. Toshkent shahri uchun necha nuqtada o'lchovlari o'tkaziladi?

    7. Andijonda transport so'rovlarining qaysi asosiy metodologiyasi qabul qilingan?

    8. RLTC tizimini baholash qanday axamiyatiga era?


    10.TRANSPORT VOSITALARI TURARGOHLARINI TASHKIL ETISHDA ITT BO‘LINMALARI
    10.1. Avtomobillarii to’xtab turish va turargohlarini tashkil etish
    10.2.Turargohlardan foydalanish uchun to’lovlarni amalga oshirish
    10.3.P+R turargohlarni boshqarish tizimi.


    Tayanch iboralar: Avtomobil turargohi, istiqbolli reja, SHahar xududi, aralash shahar xududi, shahar aholisi, kirishdagi to’lov, chiqib ketishdan oldin to’lov, elektron to’lov tizimi, DSRC (Dedicated Short Range Communication) tizimi, P+R (park and Ride) turargohlar tizimi, avtomobillarni statik yo’naltirish tizimi, avtomobillarni dinamik yo’naltirish tizimi.


    10.1. Avtomobillarii to’xtab turish va turargohlarini tashkil etish
    Xozirgi kunda transport xizmatlari sifatiga bo’lgan talab doimiy ravishda o’sib bormoqda, shuning uchun ham avtomobillar turargohlarini tashkil etishda keng ko’lamda telematik transport tizimlari ishlatilmoqda va natijada ular xizmat ko’rsatish darajasini o’sishiga sababchi bo’lmoqda. Turargoxlar tizimini tashkil etuvchi har xil sektorlarida telematik xizmatlardan foydalanish ko’lami kengaymoqda. Xususan, so’z turargoxlarning barcha turlariga (P+R, qo’riqlanadigan turargohlar, garaj kabi qurilmalar va xokazolar) avtomobillarni yo’naltirish tizimlari to’g’risida ketmoqda, ular boshqarish markazi, turargoxlardagi elektron avtomatlar va yirik garajlardagi axborot tizimlari bilan uzviy bog’liq. Eng muhimi shundaki, yuqoridagi barcha transport tizimlari shahar transportini boshqarish tizimi bilan ham bog’liq. Ushbu doiraga elektron to’lov tizimi (EFC, Yelectronic Fee Collection) ham kiradi, chunki u nafaqat transport infratuzilmasida (avtomagistrallardagi harakatlanishning elektron to’lovlari, shahar jamoat transportidagi elektron to’lovlar va shu kabilar) barcha elektron to’lovlari bilan birga turagoxlardagi xizmatlar to’lovini amalga oshiradi (turargoxlarda elektron to’lovlar).
    Turargohlarni tashkil etish masalasi shaharning istiqbolli rejasi bilan bevosita bog’liq bo’ladi va quyidagi uchta ko’rinishda amalga oshiriladi.
    1. SHahar xududlarida kun davomida asosiy tijorat va xizmatlarni ko’rsatish tumanlari va ularda turargohlarga bo’lgan katta yoxtiyoj aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlarga tayangan xolda mijozlar va xodimlar yordamida kun davomida avtomobillar turgohlariga bo’lgan yoxtiyoj telematik yordamida tashkil etiladi va ularning soni muvofiqlashtiriladi.
    2. Aralash shahar xududlari, ya’ni katta hajmda tijorat va xizmat ko’rsatish faoliyati va ko’pchilik aholi yashaydigan tumanlarida turargohlarni kun va kecha-kunduz davomida avtomobillarni saqlash sharoiti yaratilishi talab etiladi. Asosiy muammo shu xududda yashaydigan aholini avtomobillarini saqlashdan iborat.
    3. Asosiy shahar aholisi yashaydigan tijorat va xizmatlar hajmi kam bo’lgan xududlarda asosii e’tibor kecha-kunduz axolining avtomobillarini saklanishi uchun turargoxlarni ishini tashkil etishdan iborat. Kechasi avtomobillarii saklash uchun garajlarni sonini ko’paytirish maksadga muvofiq. Turargohlarni tashkil etish muammosi ularning asosiy turlari bilan bog’liq bo’ladi.

    • turargohlar uchun maydonchalar va umumiy foydalanish yo’llardagi to’xtab turish joylar (bekatlar);

    • ko’riqlanayotgan turargohlar;

    - «Park and Ride» shaklldagi turargohlar («Qoldirish va Harakatni davom ettirish») (keyinchalik P+R);

    • garaj qurilmalarida turargoh uchun maydonlar keng.




    Download 12,4 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik

    Download 12,4 Mb.