• axborotlardan
  • ushbu
  • Intellektual transport tizimlarida axborot oqimlari




    Download 12,4 Mb.
    bet58/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    9.2. Intellektual transport tizimlarida axborot oqimlari
    Zamonaviy intellektual avtomagistrallarni xususiyati shundan iboratki, transport oqimi to’g’risidagi axborotlar, iqlim va ekologik sharoitlar to’g’risidagi ko’pchilik ma’lumotlar (axborotlar) o’z aksini topadi. shu tizimning asosiy xususiyati- barcha axborotlarni jamlash, tekshirsh, identifikatsiya qilish va uzatishdan iborat.
    Avtomagistrallarda harakatni uzoq muddatlarga cheklashga yo’ldagi qurilish va ta’mirlash ishlari mavjudligi sababchi bo’ladi, transport vositalarning buzilishi va yo’l chekkasida to’xtab turishi va boshqa sabablar tufayli avtomagistrallarda qisqa muddatli harakat cheklovlari amalga oshiriladi. Yuqoridagi qayd etilgan barcha ma’lumotlarga ishlov beriladi va ular mijozlarga yuboriladi. Demak avtomagistralda harakat jarayonidagi yeki avtomagistralga kirib kelish vaqtidagi axborotlar to’g’risida so’z yuritilayapti.
    Transportga tegishli bo’lgan ma’lumotlar har xil shakllda va har xil manbalardan to’planadi. Bularga misol sifatida transport oqimining intensivligi va tezligini o’lchaydigan datchiklar, yo’l xolatini va ob-havo sharoitlarni o’lchaydigan datchiklar misol bo’lishi mumkin. Ushbu usullar bilan o’lchangan axborotlarni real vaqt sharoitida avtomobil yo’llarini va avtomagistrallarni boshqarish markazlariga uzatish zarur.
    Aniq o’lchangan axborotlardan tashqari, transport harakatini tashkil etishda qatnashayotgan jamoatchilik va servis xizmatlari, politsiya patrullarining xabarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Germaniyada yaxshi ishlayotgan tizim shakllangan, mahsus dasturlar asosida o’qigan 60000 mingta yaqin Staumelder (avtomobillar kolonnalari to’g’risida axborot beruvchilar) deb atalovchi shahslar transport vaziyatlarini monitoring qilish jarayonlarida qatnashadi.
    Bu tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad xaydovchilar tomonidan axborotlarni uzatish va bu jarayonni fuqarolik burchi sifatida qabul qilishni o’rgatishdan iborat. Ushbu kategoriyadagi axborotlar og’zaki uzatiladi. Keyingi bosqichdagi asosiy axborotlar sifatida tegishli tashkilotlar bazasidan harakatlarni vaqtinchalik cheklash, nogabarit yuklarni tashish jarayoni kabi axborotlarni olish hisoblanadi.
    Bunday vaziyatlarda olingan axborotlarni boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi bilan birlashtirish va konversiya dasturlarini ishlab chiqish talab etiladi. RLTC tizimini baholash misoli shuni ko’rsatdiki, ushbu axborotlar printsipial axamiyatiga era. Qabul qilingan, filtrlangan va ishlov berilgan axborotlar iste’molchilarga boshqarish markazlaridan har xil usullar yordamida uzatiladi.
    Maxalliy transport to’g’risidagi axborotlarni olishda, RDS-TMC tizimi, DAB raqamli radiouzatish, WAP uyali aloqa telefonlari, DSRC qisqtsa masofadagi aloqa xamda Internet yordamida olingan ma’lumotlar ishlatiladi. Butun transport oqimiga axborotlarni uzatish uchun informatsion displeylar yoki boshqariladigan yo’l belgilari ishlatiladi.
    Ushbu tizimlarning asosiy qismlaridan biri raqamli kartalar yordamida transport vositasining joylashishini aniqlash va uning yordamida ushbu transport vositasiga tegishli bo’lgan lokal axborotlarni uzatishdan iborat.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intellektual transport tizimlarida axborot oqimlari

    Download 12,4 Mb.