• So’z
  • 11.YO‘L XOLATI NAZORATINI TA’MINLASHDA ITT BO‘LINMALARI
  • Tayanch iboralar
  • 11.1. Avtomobil yo’llarining xolati
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik




    Download 12,4 Mb.
    bet66/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    Nazorat savollari

    1. Avtomobil turargohlarini tashkil etishda keng ko’lamda nimalar qo’llanilmoqda?

    2. Elektron to’lov tizimi (EFC, Yelectronic Fee Collection) to’lovlarni amalga oshiradi?

    3. Turargohlarni tashkil etish masalasi shaharning istiqbolli rejasi bilan qanday ko’rinishda amalga oshiriladi?

    4. Avtomobil turargohlarida kirishdagi to’lovlar qanday amalga oshiriladi?

    5. Avtomobil turargohlarida chiqib ketishdan oldingi to’lov qanday amalga oshiriladi?

    6. Avtomobil turargohlarida elektron to’lov tizimi qanday amalga oshiriladi?

    7. P+R (park and Ride) turargohlar tizimi qanday ishlaydi?

    8. P+R parkovka joylariga yo’naltirish tizimi qanday ishlaydi?

    9. Parkovka (turargoh) joylariga avtomobillarni statik yo’naltirish tizimlari qanday ishlaydi?

    10. So’z o’rnatilgan yo’l belgilari yordamida avtomobillarni yunaltirish

    11. Parkovka (turargohlar) joylariga avtomobillarni dinamik yo’naltirish tizimlari qanday ishlaydi?

    12. P+R turargohlarni boshqarish tizimi qanday ishlaydi?




    11.YO‘L XOLATI NAZORATINI TA’MINLASHDA ITT BO‘LINMALARI
    11.1. Avtomobil yo’llarining xolati
    11.2.Avtomobil yo’lining samaradorligini oshirishdagi muxim yo’nalishlar
    11.3.ITT yo’l xolati nazoratini ta’minlovchi tizimosti bo’linmalarining vazifalari
    11.4.Zamonaviy yo’l xujaligi korxonalarining asosiy faoliyat turlari



    Tayanch iboralar: Avtomobil turargohi, istiqbolli reja, SHahar xududi, aralash shahar xududi, shahar aholisi, kirishdagi to’lov, chiqib ketishdan oldin to’lov, elektron to’lov tizimi, DSRC (Dedicated Short Range Communication) tizimi, P+R (park and Ride) turargohlar tizimi, avtomobillarni statik yo’naltirish tizimi, avtomobillarni dinamik yo’naltirish tizimi.


    11.1. Avtomobil yo’llarining xolati
    O’zbekiston yo’l xo’jaligi- bu barcha umumiy foydalanish avtomobil yo’llari va ulardagi muhandislik inshoatlarini o’ziga qamrab olgan yagona ishlab chiqarish- xo’jalik majmuasi. Har xil xududlardagi aholi punklari va tumanlar o’rtasidagi aloqalarni hamda qo’shni mintaqalarning yo’l tarmog’i integratsiyasini ta’minlovchi avtomobil yo’llari tarmog’ini rivojlanish darajasi va transport- ekspluatatsion (foydalanish) xolati barqaror iqtisodiy o’sish masalalarini yechishga, aholini turmush darajasini o’sishi va tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan sharoitni yaxshilashga, tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga va alohida olingan xududlarning transport tizimini respublikamizning yagona transport tizimiga integratsiyasini amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
    Yo’l sharoitlari harakat sharoitlarini eng asosiy qismi hisoblanadi va harakat rejimini shakllantirishda, uning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaydi. Yo’l sharoitlari o’ziga yo’lning geometrik parametrlari, uning transport- ekspluatatsion tavsiflari, muhandislik inshootlari va ularning joylashishi, xaydovchilar, yo’lovchilar, transport vositalari va yo’l- ekspluatatsion bo’linmalar uchun xizmat xizmat qiluvchi bino va inshootlarni o’z ichiga qamrab oladi. Barcha bu elementlar yo’l holati, avtomobil va yo’lning o’zarota’sirchanligi, xaydovchining xis tuyg’ulari va oxiri oqibat harakat rejimi va xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadi. Ushbu nuqtai nazaridan O’zbekistonda YTXning 80% quyidagi sababalarga ko’ra sodir bo’lmoqda:
    – yo’l qoplamaning ilashish sifatining pastligi;
    – gorizontal chizmalarning yo’qligi;
    – o’rug’lik darajasi yetishmaganligi;
    – ko’rinish darajasi cheklanganligi;
    – yo’lning chet qismining qoniqarsiz xolatlari.
    Avtomobil transporti ishini sifati va ishonchliligini oshirishning eng muhim yo’nalishlaridan biri avtomobil yo’llarini ishchi xolatini ta’minlovchi yo’l qurilish tashkilotlari (YQT) tomonidan maxsuslashtirilgan transportni boshqarish va nazorat qilishda zamonaviy telematik texnologiyalariga asoslangan nazarot qilish vositalaridan keng foydalanish. ITT bo’linmasining (kichik tizimi) vazifasi yil davomida (mavsumni hisobga olgan xolda, avtomobil yo’llarning kesimida) yo’l holatini ta’minlashda bajariladigan axborot va boshqarish ishlari majmuasini nazoratini ta’minlashda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
    – yo’l va undagi inshootlar xolatini qaraydi;
    – kichik buzilishlarni bartaraf qiladi va profilaktika ishlarini bajaradi;
    – yo’lning holati va harakat xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish.
    Yo’l holati nazoratini ta’minlovchi ITT bo’linmasi (kichik tizimi) ITT umumiy tuzilmasini yo’l xo’jaligini asosiy boshqarish texnologiyasi bilan birlashtiradi shu bilan birga avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida ishlatilayotgan mashina yoki uskuna turini xususiyatini belgilab beruvchi mezonlarni qidirish va shakllantirish ishlarini amalga oshiradi.
    Zamonaviy yo’l xo’jaligi har xil iqlim sharoitida yo’llarni qurish, ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini tezkor bajarilishini ta’minlashda ishlatiladigan mashinalar majmuasi va tizimlariga asoslanadi. Ishonchliligi va samaradorligi yuqori bo’lgan va har xil ishlarni bajarilishiga mo’ljallangan mashinalar majmuasi va tizimlari ishlarning bajarilishida yuqori sifatini ta’minlaydi, ishlab chiqarish samardorligini oshiradi va moddiy, mehnat va energerik harajatlarni qisqartiradi shu tufayli ular bungi kunda zamonaviy transport inshootlarining uzluksiz va sifatli faoliyatini tashkil etishda asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
    Avtomobil yo’llarining qoplami transport vositalarning ma’lum bir tezlikda harakatlanishi uchun halaqt beruvchi yo’ldagi notekisliklar va buzilishlardan holi bo’lishi kerak. Yo’l qoplamini ilashish koeffitsienti YXQ ruxsat bergan tezlikda avtomobil xavfsiz harakatlanishiga imkon berishi lozim. Koeffitsient miqdori rasmsiz protektorli shinalar uchun 0,3 kam bo’lmagan holda va 0,4- rasmli protektorli shinalar uchun deb belgilanadi. Agarda yo’l va ko’chalarning holati ushbu standart talablariga javob bermasa ularda xavfsiz harakatlanishni ta’minlovchi vaqtinchalik cheklashlar belgilanadi yoki aks xolda harakat to’liq taqiqlanadi.
    Yo’l xo’jaligi korxonalari quyidagi asosiy ishlarni amalga oshiradi:
    – avtomobil yo’llari va ulardagi sunhiy inshootlarni ishchi xolatida saqlash;
    – avtomobil yo’llarini ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish;
    – umumiy foydalanish avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiyasiga topshirish.
    Yo’lning texnik takomillashtirilishi va saqlash darajasini oshirish yo’lning ma’lum muddat ichida transport- ekspluatatsion sifatini ob-havo-iqlim sharoitini ta’siri ostida keskin o’zgarishini kamaytiradi lekin ularning ta’sirini mutloq yo’qota olmaydi. SHu bilan birga harakat intensivligini va meteorologik sharoitlarining o’zgarishi harakat rejimlarini o’zgarishi, kun va yillarning ayrim muddatlarida avariyalarni oshishi va tirbandliklarning paydo bo’lishiga sababchi bo’lmoqda. Demak, qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun faqatgina belgilangan texnik parametrlarga (ko’rsatkichlarga), doimiy harakat rejimini ta’minlovchi va axborotlarni yetkazuvchi vositalar bilan jihozlangan avtomobil yo’liga ega bo’lish etarli emas. SHuning uchun yo’l xolati nazoratini ta’minlashda ITT kichik tizimi faoliyatini tashkil etish nuqtai nazaridan moslachuvshan harakatni boshqarish tizimi zarur, chunki u yo’l tarmog’ida qabul qilingan boshqarish mezonlariga asoslangan har bir yo’l uchastkasida harakat sharoitlarini, bashorat va harakatdagi mumkin bo’lgan o’zgarishlarga moslashadi. Yo’l xo’jaligidagi ekspluatatsion korxonalar yo’lning ahamiyati bo’yicha (respublika miqyosida, xududiy yoki maxalliy) tashkiliy nuqtai nazaridan tegishli yo’l xo’jaligini boshqarish organlari bo’ysinada va davlat unitar korxonalari deb hisoblanadi. SHunday qilib yo’l xo’jaligini ekspluatatsion korxonasida tashkil etilayotgan ITT kichik tizimi ahamiyati bo’yicha (respublika miqyosida, xududiy yoki maxalliy) yo’l xo’jaligidagi axborot- boshqaruv tizimiga integrallashgan bo’lishi lozim. Ushbu xolatda ishlarning bajarilish nazoratini amalga oshirish imkoni yaratiladi, resurslar amaliyotdagi harajatlari baholanadi undan tashqari harakat xavfsizligi va o’tkazish qobiliyatiga ta’sir etuvchi murakkab ob-havo sharoitlari (qor yog’ishi, yaxmalak)da boshqaruv doirasida yo’l tarmog’idagi vaziyatni on-layn tarzda nazorat qilish imkoni ta’minlanadi.
    O’zining arxitekturasi bo’yicha ushbu kichik tizim avtonom mahsuslashtirilgan tizim va mintaqa xududida umumiy foydalanish tizimining bir qismi (markaz yoki mintaqa telematik platformasining maxsus servisi sifatida) sifatida sub’ekt yoki viloyat tarkibidagi yo’llar haqida so’z yuritilganda. Yaqin kelajakda respublika miqyosidagi yo’llar tarmog’i uchun mo’ljallangan maxsuslashtirilgan tizim to’g’risida so’z yuritilganda.
    Korxona xo’jalik faoliyatini boshqarish tizimiga integratsiyalash darajasi bo’yicha ITT kichik tizimi transport va boshqa transport vositalarini monitoringini amalga oshiruvchi zamonaviy tizim va bajariladiyotgan ishlarning tezkor moslashishini ikkitomonlama “dispetcher- xaydovchi” aloqasi asosida amalga oshirish imkoni paydo bo’ladi. Yo’l xo’jaligidagi ushbu tizimlar iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasiga asosan majburiy ITT-servislarga qarashli bo’ladi va yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlaydi, o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi ayniqsa murakkab ob-havo vaziyatlarida va yo’lni saqlash harajatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Yuqorida qayd etilgan tizimlarga ularni tadbiq etmoqchi va kelajakda mustaqil rivojlanishi uchun imkon yaratuvchi mintaqalarda talab mavjud. Kichik tizimi yordamida viloyat va respublika boshqarish organlarini uchun mashina va mexanizmlar ishi to’g’risida ob’ektiv ma’lumotlarni to’plash amalga oshiriladi. Ushbu tizim anhanaviy tezkor nazorat va boshqarish texnologiyalaridan farqliroq mashina va mexanizmlar ishini ob’ektiv va uzluksiz nazoratini ta’minlaydi hamda yo’lni ish xolatida saqlash harajatlari, avtomobil yo’llarni saqlashning texnologik jarayonlarini samarali tartibga solish, rejadagi vazifalarning bajarilishini tezkor aniqlash va o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi..
    Foydalanuvchilarning asosiy ma’lumotlarga bo’lgan extiyojini qondirish maqsadida so’rovni amalga oshirish uchun mintaqaviy axborot tizimlaridagi WEB- va NET-texnologiyalari asosida bajariladi. Ushbu yondoshuv asosida har bir avtomobil yo’llarni respublika miqyosidagi boshqaruvida mintaqaviy axborot markazi tashkil etilishi lozim va uning serveri foydalanuvchilarning ishlov berilgan axborotga bo’lgan extiyojini qondirish, avtomobil yo’llarni boshqarish jarayonida yo’l-ekspluatatsion korxonalarini transport vositalari va mexanizmlarining ishi to’g’risidagi navigatsion ma’lumotlarni to’plash va saqlashni ta’minlashdan iborat.
    U yoki boshqa axborotlardan cheklangan foydalanish xuquqiga ega har bir foydalanuvchi ma’lumotlar bazasidan ularni olish, to’ldirish yoki o’zgartirishi imkonlariga ega. Ushbu texnologiyalardan foydalanish jarayonida foydalanuvchilar soni, ularni geografik joylashishi, foydalanilayotgan kompg’terlarning sinfi va tavsiflari, o’rnatilgan operatsion tizimining turi katta ahamiyatga ega emas. Ushbu texnologiyasining xususiyati lokal ma’lumotlar bazasi (markaziy baza kabi) mixozlarga umumiy foydalanish uchun taqdim etilishi mumkin (yangi dasturlar- WEB-servislar yordamida). Tizimning ishchi xolatini ta’minlash nuqtai nazaridan birinchi navbatda kafolatlangan muddatda ma’lumotlarni taqdim etish uchun WEB-serverlarning texnik, algoritmik va dasturiy vositalarini qurish talab etiladi.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik

    Download 12,4 Mb.