|
P+R parkovka joylariga yo’naltirish tizimi
|
bet | 64/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)P+R parkovka joylariga yo’naltirish tizimi. Parkovkaga yo’naltirish tizimi shahar transport ishini boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi. O’zgaruvchan transport ma’lumotlari bilan ta’minlash imkoniyati va foydalaniladigan yo’l belgilari nuqtai nazaridan P+R avtomobillarni parkovkaga yo’naltirish tizimi statik va dinamik tizimlariga ajratiladi. Tizim quyidagi umumiy tamoyillariga javob berishi lozim [19]:
eng yaqin va qulay bo’lgan turargohlarda (parkovka) bo’sh joylarning mavjudligi va ularga avtomagistrallar va chorrahalardan yetib olishning optimal marshruti to’g’risidagi aktual, aniq va to’liq axborotlar bilan ta’minlash;
P+R tizimi parkovka bandligi to’g’risida optik signalizatsiya uskunalari yordamida transport vositalari egalarini axborotlar bilan ta’minlaydi;
barcha shahar xududlarida butun va yagona, tushunarli va keyinga rivojlanishiga mos bulishi lozim;
konunlar talablariga mos bulishi.
10.3. Parkovka (turargoh) joylariga avtomobillarni yo’naltirish
turlari (yo’llari)
Parkovka (turargoh) joylariga avtomobillarni statik yo’naltirish tizimlarida o’rnatilgan yo’l belgilari yordamida avtomobillarni yunaltirish to’g’risida ketayapti. Amaliyotda axborot beruvchi Dl1a va “To’xtash joyi” yo’l belgilarining kombinatsiyasi ishlatiladi va ular yaqin bo’lgan turargohning nomi, yetib borish masofasi va yo’nalishi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar bilan to’ldiriladi, undan tashqari kaysi jamoat transporti turida turargohga yoki shahar markazita yetib borish mumkinligi to’g’grisida ham axborot beriladi.
|
| |