|
Turargohlardan foydalanish uchun to’lovlarni amalga oshirish
|
bet | 63/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)10.2.Turargohlardan foydalanish uchun to’lovlarni amalga oshirish
Kirishdagi to’lovlar. Ushbu xolatda mijoz birinchi navbatda turargohdan kancha vaqt mobaynida foydalanishni aniqlab oladi va oldindan to’lovni amalga oshiradi. Parkovka talonida (shtrix-kod yoki magnitli talon) belgilangan to’langan muddati (vaqti) tugaguncha transport vositasing egasi turargohni tark etishi lozim, aks xolda keyingi to’xtab turish muddati uchun qo’shimcha to’lovni amalga oshirish talab etiladi.
CHiqib ketishdan oldin to’lov. Bunday vaziyatda mijoz magnitli kartani oladi (yoki magnitli talonni), unda talon raqami, kelish muddati va vaqti ko’rsatiladi. Bu boskichda mijoz to’lovni amalga oshirmaydi. Agarda mijoz turargohni tark etmoqchi bo’lsa ushbu xolatda u karta yoki talonni to’lov avtomatiga kiritadi va to’lov xaqi to’g’risida ma’lumot oladi. To’lov amalga oshirilgandan so’ng talon mijozga qaytariladi va unda magnit kartasi yoki magnit talonida to’lov xaqida yangi kodlangan ma’lumot kiritiladi va unga asosan mijoz turargohni tark etishi mumkin.
Elektron to’lov tizimi. Xozirgi kunda turargohlar xizmatlaridan foydalanganligi uchun to’lovlar EFC (Electronic Fee Collection) elektron to’lov tizimi orqali turargohlarda amalga oshirilmoqda. Mijozning mikroprtsessorli kartasidan avtomatik ravishda ko’rsatilgan xizmatlari uchun to’lovlar amalga oshiriladi. Turargohlar xizmatlari uchun avtomatik ravishda to’lovlarni amalga oshirish evaziga 100% barcha to’lovlar ta’minlanadi. To’lov stantsiyasi deb amaliyotda yo’l yaqinida to’lov xududiga kirish joyining qoshida joylashgan elektron vositalar aytiladi. Avtomobillardagi vositalarining to’lov stantsiya- si bilan bo’lgan aloqasi simsiz va uning yordamida to’lovlarni amalga oshirishda DSRC (Dedicated Short Range Communication) tizimidan foydalaniladi.
P+R (park and Ride) turargohlar tizimi. ITTdan samarali foydalanishning yaqqol misoli. Ushbu tizim har xil transport turlaridan foydalanish imkonini yaratadi- shahar tashqarisida yengil avtomobillardan va shahar markazida shahar jamoat (avtobus, trolleybus, metro, poezd) transportlaridan foydalanish. Tizimning samarasi quyidagilardan iborat:
- shahar jamoat transporti ishini sifatini oshirish va foyda keltirish;
- jamoat transportida kunlik imtiyozli talon yoki yo’l xaqi va parkovka to’lovini umumlashtirilgan tarifidan foydalanish evaziga shahar integrallashgan jamoat transporti bilan parkovka tariflarini birlashtirish imkoni yaratiladi;
- shahsiy transportga nisbatan harakatlanish vaqti qisqaradi;
- xaydovchilar bilan doimiy ravishda targ’ibot ishlarini olib borish. P+R parkovka funktsiyasini texnik jihatdan quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
- P+R avtomobillarni parkovkaga yo’naltirish tizimi;
- P+R parkovkasida texnologik xizmat ko’rsatish tizimi;
- shaharda harakatni boshqarish tizimi bilan P+R parkovka birlashtirish va kommunikatsion uskunalar.
|
| |