|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|
bet | 8/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)ITT infratuzilmasiga quyidagilar kiradi:- transport-yo’l majmuasining barcha kichik tizimlari, shu jumladan: boshqaruv yechimlarini amalga oshirish vositalari, tizimlarning funktsional vazifalariga mos ravishda qarorlarni qabul qilish va uning ta’lili, monitoringning texnik vositalari;- vaziyatli, dispetcherlik va tezkor markazlar;- kichik tizimning funktsional vazifalari bajarilishini ta’minlovchi simli aloqani amalga oshiruvchi vositalar;- tashqi axborot tizimlari bilan himoyalangan axborot almashuvini ta’minlovchi axborot-telekommunikion vositalari;- transport vositalarida joylashmagan va ITT funktsiyalarini amalga oshiruvchi aloqa kanallari va hududiy uskunalar, texnik vositalar majmuasi.
ITTning tezkor vazifalaridan biri moslashuvchan tamoyillarga asoslangan xolda barcha transport jarayonining sub’ektlarini real vaqtdagi avtomatik va avtomatlashtirilgan o’zaro hamkorlikni amalga oshirish va qo’llab quvvatlashdan iborat. ITTning qurilishida asosiy bo’lib yo’l-transport, transport-texnologik, transport-servis va axborot infratuzilmalari hisoblanadi. Amaliyotda bu dispetcherlik, tezkor va vaziyatli funktsiyalarni bajaradigan xizmatlar, idoralar va boshqa sub’ektlarni muvofiqlashtiruvchi tizimlar yahlitligidan shakllangan majmua sifatida aks ettirilgan. Bunday hamkor faoliyatni amalga oshirish uchun xududiy dispetcherlik markazlarni tashkil etish lozim. ITT qurish uchun simli (yuqori-tezlikli optovolokon tarmoqlar), simsiz (uyali aloqa operatorlarining aloqa standartlari, radio- va tranking aloqa, Internet) barcha aloqalarni hisobga oluvchi aloqa majmuasini shakllantiruvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi. Hududlar manfaatini hisobga olgan xolda (transport tizimini faoliyati parametrlari bo’yicha), hamda axborot va boshqa xizmatlarga muxtoj iste’molchilar uchun mo’ljallangan ITTni loyihalash, qurish va kengaytirish, kichik tizimlarning samarali monitoring indikatorlari yordamida va ilmiy tamoyillarga asoslangan holda amalga oshirilishi lozim. Jaxon amaliyotida ITT telematika yutuqlarining ilg’or umumtransport integratsion g’oyasi sifatida tan olingan va quyidagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga qaratilgan- yo’l-transport xodisalarni kamaytirish, yuk tashishlarni va jamoat transporti samaradorligini oshirish, umumiy transport xavfsizligini ta’minlash, ekologik ko’rsatkichlarni yaxshilash [8].
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|