|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|
bet | 7/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)1.3. ITTning mohiyati va ahamiyati
O’zbekiston transport tizimining asosiy vazifalaridan biri, milliy iqtisodiyot va axoliga ko’rsatiladigan transport xizmatlari sifatini, transport- yo’l majmuasi faoliyatini yuqori darajada va samarali tashkil etish orqali oshirishdan iborat. Aholini talab qilinadigan harakatchanlik (mobilnost) darajasini saqlab qolish uchun bir-birini to’ldiradigan ikki faoliyatni rivojlantirish kerak bo’ladi: yangi yo’l uchastkalarini qurish va transport tizimini tashkiliy boshqaruvini axborot-telekommunikatsiya va telematika texnologiyalari yordamida amalga oshirishni tadbiq etish.
Boshqarish tamoyillari yangi sifat bosqichga - bashoratli boshqaruvga, ya’ni transport-yo’l majmuasida barcha ko’rsatkichlarni o’zgarishini oldindan bashorat qilgan holda boshqaruv jarayonini tashkil etishda qo’llanishiga hamda yagona boshqaruv platformasini yaratilishidagi tizimlar integratsiyasiga to’sqinlik qiladigan jarayon bu rivojlanishning yagona davlat standartining yo’qligidir. Yo’l harakatini tashkil etuvchi kichik tizimni, harakat xavfsizligini ta’minlovchi hamda barcha transport jarayonining sub’ektlari va yo’l harakati qatnashchilariga axborot servisini ko’rsatuvchi yagona texnik va texnologik majmuani jamlagan tizim- intellektual transport tizimi (ITT) deb ataladi.
SHahar transport tizimi- transport kommunikatsiyalarining barcha turlarini majmui (maxalliy hududda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari, tuman, shahar va relGPSli transport yo’nalishlari) muhandislik uskunalari va inshootlari, transport xo’jaliklari va barcha transport vositalari, yo’l harakati ishtirokchilari, atrof muxitni, xamda yuk va yo’lovchilarni havfsiz harakatini samarali tashkil etishni ta’minlovchi shahardagi harakat jarayonlarni tashkil etuvchi va boshqaruvchi usullardan iborat [7].
Intellektual transport tizimi- o’z ichiga, zamonaviy axborot, kommunikatsion va telematik texnologiyalarni, boshqaruv texnologiyalarni va transportdan foydalanuvchilar va ekspluatatsion jarayonlarida qatnashadigan personalning (xodimlar) qulayligi uchun, transport jarayonini samarali tashkil etish va xavfsizlikni oshirish, transport-yo’l tarmog’ining foydalanish ko’rsatkichlarini maksimal darajada oshirish, axolini belgilangan harakatlanish (mobilnostg’) darajasini ta’minlash maqsadida, konkret transport vositasi yoki transport vositalari guruhi tomonidan xudud (shahar, yo’llar) transport tizimini yuqori (maksimal) samarali boshqarish ko’rinishlarini (stsenariy) amalga oshirishni avtomatik tarzda qidirishni oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|