|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|
bet | 3/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)Annotation
The textbook "Intellectual transport systems" is devoted to establishing a rational impact on the development of all types of transportation in human society in a single system, increasing efficiency, distributing demand for transportation according to capabilities, generalizing methodological features of transportation, their rational impact on the development of material and technical resources.
The science of Intelligent Transport Systems is engaged in the development of transport, the study of the patterns of transportation of goods and passengers and the economic, technical and operational features inherent in their types. The textbook examines the system of legislative, executive and control measures in the field of transport aimed at protecting the internal and external economic interests of the country in order to dynamically implement political and socio-economic reforms in the context of the formation of market relations based on scientific developments of foreign scientists and the author.
The textbook is intended for students of the educational specialty of the master's degree 70712501- “Land vehicles and systems”, and is also recommended for students 70712501- "Intellectual transport systems", of the bachelor's degree 5620100- “Transport logistics" and 5310600- "Land transport systems and their operation". According to its continuity, this discipline is closely related to the disciplines ”Transport Logistics“, ”Intelligent transport process management systems“, ”Multimodal transportation Technology“, ”Organization and management of transportation by public transport“, ”Transportation of goods by road“, ”Unified transport systems" and is their logical continuation.
KIRISH
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati ko‘rsatish borgan sari yaxshilanib bormoqda. Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘i 2020-yilga nisbatan 2023-yilda 1,8 baravarga ortdi, respublikada 117 ta yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [1].
Shuning bilan birga avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan to‘liq foydalanilmayapti. Avtotransport xo‘jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti. Og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirganligi yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari va zaxiralaridan to‘laqonli foydalanilmayapti.
Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqini elektron tarzda to‘lash samaradorligi, tushumning yig‘ilishi va to‘laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. O‘zbekiston Transport vazirligi amalga oshirayotgan ishlar, mintaqalardagi yo‘lovchi transportini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda.
Avtomobilda tashishlar va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat choralarini tubdan kuchaytirilishi, yo‘lovchilar avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni ko‘rish talab etiladi.
Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil transportida tashishlar xavfsizligini ta’minlash hamda avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida:
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 28 sentyabr kuni transport sohasida islohotlarni jadallashtirish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. UndaIqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi: 2017-2020 yillarda Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga amalga oshirilgan ishlar va erishilran natijalar muxokama qilindi [2].
Unda transport qulayliklari mamlakat rivojini ko‘rsatuvchi va buni ta’minlovchi omillardan biriligi bildirildi. Yurtimizda soha infratuzilmasi yangilanib, sharoitlar kengaytirilayotgani o‘z natijalarini berayotganligi ta’kidlandi.
Jumladan, aviatsiya bozori erkinlashgani hisobiga oxirgi uch yilda O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirayotgan aviakompaniyalar soni 2 baravarga o‘sgan. Avtomobilda xalqaro yuk tashishda mahalliy korxonalarning ulushi 62 foizga yetgan. 300 kilometr temir yo‘l elektrlashtirilgan, 1 ming 500 kilometr avtomobil yo‘li qurilgan.
Lekin hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar va qilinadigan ishlar juda ko‘p. Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Strategik islohotlar agentligi tomonidan sohadagi ishlar natijadorligi tahlil qilinganda, bir qator muammolar aniqlangan.
Masalan, oxirgi uch yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 16 foiz o‘sgani holda, temir yo‘lda yuk aylanmasi atigi 7 foiz oshgan. Aviatsiyada raqobat muhiti to‘la shakllanmagan, 10 ta aeroportning samaradorligi past darajada. Oqibatda, raqobatdosh narxlarda yetkazib berish qulayligi bo‘yicha Xalqaro logistika samaradorligi indeksida mamlakatimiz 160 ta davlat ichida 120-o‘rinni egallagan.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ham bu soha bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bo‘lgan.
Yig‘ilishda transport tizimidagi muammolarni hal etish va aniq natijalarga erishish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
– Bu soha- iqtisodiyotning qon tomiri. Transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlay olmaymiz,- dedi Shavkat Mirziyoyev.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik
|