Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik




Download 12,4 Mb.
bet4/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

Yig‘ilishda uchta yo‘nalish- temir yo‘l tranziti imkoniyatini keskin oshirish, aviatsiyani qulay, tez va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sohaga aylantirish, xalqaro tranzit yuklari uchun zamonaviy avtomobil yo’llari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha choralar belgilandi.
Strategik islohotlar agentligi tarkibida transport sohasi bo‘yicha alohida guruh tuzib, asoslangan takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari eng asosiysi xalqqa yengilliklar yaratish ekanini alohida ta’kidladi [3].
kadrlar malakasini oshirib, xizmatlar sifatini yaxshilash kerak.
Prezidentimiz Temir yo‘l sanoat va Aviatsiya sohasi muammolari bilan bir qatorda avtomobil yo‘llarining sifati va salohiyatiga alohida to‘xtaldi. Ma’lumki, bu sohada loyihalashtirish, qurish hamda nazorat funksiyalari bitta tashkilotda jamlangan. Buning oqibatida ko‘p yo‘llarda sifat yo‘q. Shu bois yo‘l qurilishida ilg‘or standartlarni joriy etish, laborator ishlarni kuchaytirish, pudratchilar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Maa’lumki, boshqarish va axborot kommunikatsion texnologiyalarning transport infratuzilmasi bilan integratsiyasi- Intellektual transport tizimlarida o’z ifodasini topadi. U transportning barcha turlarini qamrab oladi va transport tizmining barcha tarkibiy qismining oʻzaro dinamik taʼsirini inobatga oladi. Agar transport tizimi qimmatli maʼlumotlarni olish uchun tizimdagi maʼlumotlar barcha manbasini bogʻlay olsa samarali hisoblanadi. Bu maʼlumot transportdan foydalanuvchilar va operatorlar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim hisoblanadi. Intellektual transport tizimlarining potentsiali ularning transportning turli rejimlarida keng ishlatilishida namoyon boʻladi.
Avtomobillar parkining ortib borishi yoʻl harakati samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, sarf harajatning ortishiga olib keladi va yoʻl transport hodisasi sodir boʻlish ehtimolini oshiradi. Yoʻl oqimini boshqarish tizimining samarasizligi (tirbandlikdan yoʻlovchilarning vaqt yoʻqotishi, yonilgʻi sarfi va ekologik zarar) tufayli yiliga katta zarar koʻrilmoqda.
Transportdan samarali foydalanish sohasida transport tizimlarini intellektuallash dunyoda istiqbolli yoʻnalishlardan hisoblanadi. Intellektual transport tizmilarini qoʻllash mos transport infratuzilmasini, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qoʻllab transportni samarali boshqaruvchi mutaxassislarni talab etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustivor yoʻnalishi”, “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror va Farmonlarida keltirilgan hamda avtotransport sohalari oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun shu bilan birga yoʻlovchilar tashish, avtotransport harakat xavfsizligini tashkil etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish hamda soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida mazkur darslik chop etildi.
“Intellektual transport tizimlari” fani bo’yicha yaratilgan mazkur darslik transportni ishlatish, uning paydo boʻlishi va rivojlanishi tarixi, bugungi kundagi tarkibiy tuzilmasi, transport ishini amalga oshirishning iqtisodiy, maʼmuriy va huquqiy mexanizmlarini oʻrganadigan fandir. Uning asosiy vazifasi talabalarga bugungi kunda transport siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, transport siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblangan transport ishining xususiyatlari, transport ishini tashkil etuvchi asosiy elementlarning vazifalari, ahamiyati va qoʻllanilishi tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishdir. “Intellektual transport tizimlari” fani bo’yicha mazkur darslik boshqa darslik va darsliklardan oʻzining mukammalligi, yangilligi, takomillashganligi va mavzularda asosan O’zbekistonda ishlatiladigan transport vositalari hamda yo’l infaratuzilmasi yoritilganligi bilan ajralib turadi. Shu sababli mazkur darslik nafaqat mutaxassislik bo’yicha taxsil olayotgan talabalar, balki transport va axborot texnologiyalari sohalarida maxsus bilimlarga ehtiyoj sezuvchi mutaxassislar- bojxona xodimlari, xalqaro yuk tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga ham foydali bo’lishi mumkin.
Hozirda bu fan boʻyicha darslikga katta ehtiyoj bor. Chunki talabalarga tobora rivojlanib borayotgan transport va axborot texnologiyalari sohalari boʻyicha kerakli axborotni berilish, ayniqsa, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan traktor, avtomobil, mashina, mexanizm, asbob va boshqa obʼektlarni intellectual tizimlarda ishlatilishni ta’minlashni oʻrgatishi kerak.
Darslikning materiallari fanning mazmunini hisobga olgan holdagi ketma-ketlikda bayon qilingan, lekin oʻquvchi oʻzini qiziqtirgan har bir maʼlum mavzuni, boshqalaridan qat’iy nazar, alohida oʻrganishi va boshqa boʻlimlarga esa faqat zarurat tugʻilgan paytda murojaat qilishi ham mumkin.
Muallif darslik uchun amaliy yordam va qimmatli maslahatlar bergan ustoz, “Oʻzavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat unitar korxonasi Bosh direktor oʻrinbosari, texnika fanlari nomzodi, dotsent G.X. Tursunovaga oʻzining samimiy va chuqur minnatdorchiligini bildiradi.
Ushbu qo’llanmada zamonaviy intellektual texnologiyalari asosida transport oqimlari va yo’l harakatini optimal va xavfsiz tashkil etishda axborot-kommunikatsion texnologiyalarining qo’llanilishi ifodalangan.




Download 12,4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik

Download 12,4 Mb.