• 1.1.Intellektual transport tizimlari (ITT) fanini o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari
  • KIRISH. INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMI




    Download 12,4 Mb.
    bet5/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    1.KIRISH. INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMI

      1. Intellektual transport tizimlari (ITT) fanini o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari

    1.2.ITTlarini loyihalashtirish, qurish va kengroq joriy etishning ilmiy tamoyillari
    1.3. ITTning mohiyati va ahamiyati
    1.4. ITTni tadbiq etishning Evropa tajribalari
    1.5. Standartlashtirishning jahon tizimlari


    Tayanch iboralar: Intellektual transport tizimlari, maqsad, vazifa, jahon tajribasi, yoʻl harakati xavfsizligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi, transport- yo’l majmuasi, tamoyil, shahar transport tizimi, infratuzilma, transport oqimi, GPS, IBus tizimi, standartlashtirish tizimi.




    1.1.Intellektual transport tizimlari (ITT) fanini o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari

    "Intellektual transport tizimlari" fanining asosiy maqsadi- kishilik jamiyatidagi barcha turdagi tashishlarni rivojlantirishda yagona tizimda taʼsir etishni yoʻlga qoʻyish, samaradorlikni oshirish, imkoniyatga qarab tashishga boʻlgan talabni taqsimlash, tashishni uslubiy xususiyatlarini umumlashtirish, ularni moddiy-tеxnika zahiralarini rivojlantirishda oqilona taʼsir etishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.


    SHuningdek, tayyorlanayotgan keng qamrovli mutaxassisga tashishlarni tashkil etish va logistika sohasida turli xil transportlar xizmatidan foydalanishda axborot, aloqa vositalarining oʻrni xaqida nazariy va amaliy bilimlar berish, unda fanga, oʻz kasbiga qiziqishni orttirish kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat [4].
    Fanning vazifasi– talabalarning nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, tashish jarayonlarga uslubiy yondashuvi hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
    Oʻzbekiston Respublikasida intellektual transport tizimi (ITT) quyidagilarni taʼminlaydi.

    • yoʻl-transport hodisalariga taʼsirchanligini oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida oʻlimni kamaytirish;

    • baxtsiz hodisa yoki jinoiy vaziyat boʻlgan joyga maxsus transport vositalarining toʻsiqsiz harakatlanishi;

    • transportda jinoiy yoki favqulodda vaziyatlar yuz berganda maxsus xizmatlarga maʼlumotni tezkor, toʻliq va ishonchli yetkazib berish;

    • haydovchilarga ularning yoʻl harakati qoidalari va transport vositalarining ekspluatatsiyasi buzilishi, shuningdek yoʻl harakati holati holatining amaldagi va qisqa muddatli prognozi toʻgʻrisida maʼlumot berish;

    • aybdorlarni aniqlash va jazolash uchun yoʻl harakati qoidalarini buzish faktlarini avtomatik qayd etish;

    • har xil keskinlikdagi transport sharoitida haydashda haydovchilar eʼtiborini kuchaytirish;

    • yer usti transportining barcha turlari bilan yoʻlovchilarning harakat vaqtini qisqartirish uchun sharoit yaratish;

    • transport oqimlarini tartibga solish va yoʻl harakati holati toʻgʻrisida ogohlantiruvchi maʼlumotlarni ishlab chiqarish orqali shahar yoʻllarining oʻtkazuvchanligini oshirish;

    • yoʻlovchilarning jamoat transporti marshrutlari va jadvallarini, shuningdek, transport holatini va transport oqimlarining zichligini hisobga olgan holda boshidan oxirigacha jamoat transporti uchun maqbul yoʻnalishni tanlash imkoniyati;

    • transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishini va tirbandlik holatlarining migratsiyasini hisobga olgan holda optimallashtirish;

    • yoʻlovchilarni tashish, yoʻl va koʻcha tarmogʻidan foydalanish, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, yoqilgʻi sarfini nazorat qilish, sugʻurta xatarlarini kamaytirish, transport vositalarining aylanish hajmini koʻpaytirish va ekspluatatsiya harajatlari ulushini pasaytirish bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan transport ishlarini bajarish boʻyicha buyurtmalarning bajarilishini oʻz vaqtida va ishonchli nazorat qilish uchun sharoit yaratish.




    Download 12,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KIRISH. INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMI

    Download 12,4 Mb.