Standartlashtirishning jahon tizimlari




Download 12,4 Mb.
bet11/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

1.5. Standartlashtirishning jahon tizimlari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xalqaro standartlashtirish jarayoni xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) va Evropa darajasida- Evropa standartlashtirish qoʻmitasi (Comité Yeuropéen De Normalisation, CEN), Evropa elektrotexnika standartlashtirish qoʻmitasi (Comité Yeuropéen de Normalisation Électrotechnique, CENELEC) va Evropa telekommunikatsiya standartlari instituti (ETSI) da amalga oshiriladi.
Kontseptual jihatdan davlat faoliyatining toʻrt asosiy yoʻnalishini yaratish sohasida alohida taʼkidlash muhim:
● milliy arxitekturasini rivojlantirish uchun asos yaratish va rivojlanish rejalarini muvofiqlashtirishda rolni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
● normativ rol-huquqiy bazani yaratish, xavfsizlik va texnik moslik sohasidagi parametrlarni standartlashtirish;
● jamoat transporti va favqulodda xizmatlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ijtimoiy yoʻnaltirilgan uchuvchi loyihalarni ragʻbatlantirish;
● investitsiya roli- davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida xususiy kapitalni jalb qilgan holda yaratilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻlgan xavfsizlik va unumdorlik muammolarini hal qiluvchi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
ITT texnik tartibga solish doirasida jaxonda uchta standartlashtirish tizimlari eng yuqori mavqega ega:
– ISO- standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO- International Organization of Standartization), unda ITTni tartibga solish 204 texnik qo’mita tomonidan amalga oshiriladi (Technical Committee 204- Intelligent Transport Systems);
– CEN- standartlashtirish bo’yicha Evropa qo’mitasi (CEN- Euro’ean Committee for Standartization), unda ITTni tartibga solish 278 texnik qo’mita tomonidan amalga oshiriladi (Technical Committee 278- Road Transport and Traffic Telematics);
– ITS Standards of Ja’an- yaponiya standartlashtirish tizimi.
Bu tashkilotlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ixtisoslashgan:

  • arxitektura;

  • o’g’irlangan transport vositalarni qaytarib berish tizimlari;

  • jamoat transporti;

  • parkovka va to’xtab turish (stoyanka) larni boshqarish;

  • jamoatchilik bilan yaqin aloqa;

  • interfeys inson/mashina;

  • avtomatik ravishda transport vositalarni identifikatsiya qilish;

  • Keng yo’lakli aloqa/protokollar va interfeyslar;

  • transport vositalarni va yuk avtomobillarni boshqarish tizimlari.

Xozirgi vaqtda xalqaro darajada ITTning uskunalar va boshqa aspektlarga bo’lgan talablari, axborotlarni almashish protokollari, interfeyslar, funktsiyalar, jarayonlarning asosiy qismi standartlashtirilgan, rivojlangan davlatlarda esa, bu ishlar milliy darajada ham amalga oshirilgan.
ITTni amaliyotga joriy etish mexanizmlari turli davlatlarda farqlanadi, lekin asosiy komponentlari bir xil. ITTni amaliyotga joriy etishning umumiy kontseptsiyalari jaxonda ishlab chiqilgan va barcha davlatlarni o’zining ITTni yaratish va tadbiq etish dasturlari va Milliy kontseptsiyalari mavjud, uning asosiy qismlari u yoki bu ko’rinishda davlat xujjatlarida aks ettirilgan.
Bugungi kunda O’zbekistonda ITT to’liq davlat standartlari bilan qamrab olinmangan. ITT doirasidagi avariya va tijorat xizmatlari, tijorat transporti, jamoat transporti, yer usti transport vositalarini shahar va qishloq xududlarida yo’l harakatini boshqarish tizimlari, kommunikatsiya, axborot bilan almashish munosabatlari to’laqonli standartlashtirilmangan.



Download 12,4 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirishning jahon tizimlari

Download 12,4 Mb.