O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti




Download 109.47 Kb.
bet2/10
Sana14.03.2024
Hajmi109.47 Kb.
#172269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bank huquqi
2 5314800468617081535
Millatlararo markaziy banklar ham mavjud, masalan Yevropa markaziy banki.


Yevropa markaziy banki - yevro hududining markaziy banki hisoblanadi. 1998 yil 1 iyunda tashkil topgan. Uning shtab-kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Uning boshqaruv organi tarkibiga Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan barcha davlatlarning vakillari kiradi. Bank Yevropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil.


Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat, aksioner, aralash.
15
Davlat markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo‘lgan tijorat bankni milliylashtirganidan keyin).


Aksionerlik markaziy banklarda kapital aksiyadorlar hisobidan shakllanadi (masalan, AQSh Federal zaxira tizimining kapitali tijorat aksiyadorlik banklar hisobidan shakllangan).


Aralash markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan, qolgan qismi esa xususiy aksiyadorlar tomonidan shakllanadi (masalan, Yaponiya bankida davlat 55% aksiyalarga egalik qiladi).


Turli mamlakatlarda markaziy banklarning nomlari uchun turli atamalar ishlatiladi: markaziy, davlat, zaxira, milliy va boshqalar:
Milliy bank” nomi Abxaziya, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va Shveysariyalarda qabul qilingan;
Markaziy bank” - Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistonda;
Xalq banki” – Bolgariya va Xitoyda;
Bank” nomining o‘zi - Isroil (Isroil banki), Kanada, Litva, Latviya, Estoniya va Yaponiyada;
yoki, Singapurning pul-kredit boshqarmasi, Avstraliya zaxira banki, AQSh Federal zaxira tizimi va boshqalar.
Qiziqarli!!! Federal zaxira tizimi (Federal Reserve System, FZT, Federal zaxira, FED) – 1913 yil 23 dekabrda Amerika Qo‘shma Shtatlari markaziy banknining vazifalarini bajarish va tijorat bank tizimi ustidan markazlashtirilgan nazoratni amalga oshirish uchun maxsus yaratilgan mustaqil federal agentligidir. Federal zaxira tizimiga yirik shaharlarda joylashgan 12 ta federal zaxira banklari kiradi.
Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi.

O‘zbekiston Markaziy banki


O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.


So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.


O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.



Download 109.47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 109.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti

Download 109.47 Kb.