O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti




Download 109.47 Kb.
bet6/10
Sana14.03.2024
Hajmi109.47 Kb.
#172269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bank huquqi
2 5314800468617081535
2003–2004 yillar
Mamlakatimizda liberal­lashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri.


Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res­publikamizdagi yan­gilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati bank­larning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashti­rish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talab­laridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontsep­tsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini tako­millashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi­rish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi.


Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chu­nonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Re­spublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimi­ning VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu masala yuzasidan O'zbekistonning tashqi mablag'larni jalb etmay, amalda o'z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e'tirofga sazo­vor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsi­yasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar fao­liyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi.


Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyat­ning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebra­nishining oldini olish barobarida eksport­ni rag'batlantirish hamda valyuta resurslari­dan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nis­batan dunyo bozorlarida qulay narx kon'yunktura­si, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi.


Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ish­lar davom ettirildi. Uning asosiy yo'nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga ku­chaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat bankla­rining investitsion jarayonlardagi rolini oshi­rish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbir­korlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo'yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz.
2002 yil
2002 yil aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi.


O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafo­latlari to'g'risida”gi Qonuni doirasida Fuqa­rolarning banklardagi omonatlarini kafolat­lash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o'z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a'zo bo'ldi. Ishonchlilik, xizmat ko'rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o'zaro sheriklik munosabatlari O'zbekiston banklari faoliyatida asosiy printsiplarga aylana bordi.


Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko'zda tu­tib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank fao­liyatini liberallashtirish jarayonining ti­zimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yota­di. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir.

Download 109.47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 109.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti

Download 109.47 Kb.