O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti




Download 109.47 Kb.
bet5/10
Sana14.03.2024
Hajmi109.47 Kb.
#172269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bank huquqi
2 5314800468617081535
2006–2007 yillar
Ipotekaviy kreditlash­ning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomoni­dan darhol ijobiy baholandi. Aholining bar­cha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi.


O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilar­ning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kre­ditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.


2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Res­publikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuch­ga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipote­kaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulk­ka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respub­likasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.


Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiya­lari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllan­tirishga va o'z faoliyatida samaradorlikni oshi­rishga qaratildi.

2005–2007 yillarga mo'ljallangan bank tizi­mini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'min­lagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta,­ uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omo­natlarini ko'paytirishni rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati to­monidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlari­ni ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi.


2005–2006 yillar
Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ular­ning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faol­lashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti­jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish ba­zasidan chiqarildi.


Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirbosh­lash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ular­ning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijo­biy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit ba­zasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakl­lana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi.


Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz­da chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va mo­liya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga ke­lishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy bank­larning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay­tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakati­miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozla­ri va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlani­shini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.


Respublikamizda xususiy banklar rivojlani­shini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchayti­rishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samara­li taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbati­da, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Download 109.47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 109.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti

Download 109.47 Kb.