O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti




Download 109.47 Kb.
bet10/10
Sana14.03.2024
Hajmi109.47 Kb.
#172269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bank huquqi
2 5314800468617081535
Kadrlar zaxirasini shakllantirish
Kadrlar resursidan oqilona foydalanish ishlari samarali tashkil etish maqsadida har yili rahbarlik lavozimlari uchun salohiyatli kadrlardan iborat zaxira tarkiblari tasdiqlanadi. Zaxira tarkibidagi xodimlarni rivojlantirishga, ularning yetakchi xorijiy universitetlarda taʼlim olishlariga va xalqaro institutlarda malakalarini oshirishga, shuningdek, yirik anjuman va xalqaro uchrashuvlarda munosib ishtirok etishiga aloxida eʼtibor qaratiladi.


Xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz tizim yaratilgan boʻlib, u oʻz ichiga chet el xalqaro tashkilotlari, moliya institutlari, chet el banklari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan seminar, oʻquv kurslari, treninglar, xalqaro anjumanlar, stajirovka va xorijiy xizmat safarlarini qamrab oladi.


Markaziy bank xodimlari uchun Xalqaro valyuta fondi (XVF), Yaponiyaning xalqaro hamkorlik markazi (JICA), Yaponiya taraqqiyot stipendiyasi (JDS), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yaponiya siyosiy fanlar milliy instituti (GRIPS), Yaponiyaning Sukuba va Xitotsubashi universitetlari, shuningdek, mamlakatimizdagi nufuzli “El-yurt umidi” jamgʻarmasi grant dasturlari va boshqa grantlar asosida magistratura yoʻnalishlarida tanlov asosida tahsil olish imkoniyatlari mavjud.
Korporativ qadriyatlarni rivojlantirish


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlari oʻrtasida korporativ madaniyatni yanada oshirish oʻzaro doʻstlik hamda jamoa ishlarida faol boʻlishni targʻib etish maqsadida ular oʻrtasida sport musobaqalari, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari, teatr va sanʼat maskalari hamda muzeylarga jamoaviy tashriflar doimiy oʻtkazib kelinishi yoʻlga qoʻyilgan.
Download 109.47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 109.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti

Download 109.47 Kb.