O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-хorazmiy nomidagi toshkеnt aхborot tехnologiyalari univеrsitеti huzuridagi pеdagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi




Download 1,97 Mb.
bet8/24
Sana27.05.2024
Hajmi1,97 Mb.
#254641
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
S.Niyazov Bitiruv ishi

muammoni qo‘yish;

  • muammoni xarakterlovchi sharoitni o‘rganish;

  • qo‘yilgan muammoni hal qilish;

  • topilgan echimning to‘g‘riligini asoslash;

  • muammoning echimini izlash va hal qilish jarayonida paydo bo‘lgan yangi bilimlarni anglash;

  • muammoni tizimlash, motivlashtirish va umumlashtirish;

  • muammoning yechimini o‘rganish, uning yanada ixcham va qulay yo‘llarini izlash.

    Muammoli ta’lim texnologiyasi bo‘yicha qilinadigan barcha ishlar o‘ziga xos amaliy asosga ega. Ta’lim loyihasini tayyorlash o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyatini oldindan belgilaydi.
    O‘qituvchi ta’lim loyihasini amalga oshirishda, eng avvalo, o‘quvchi-talabaning fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni chiqarish va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishni nazarda tutmog‘i lozim. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlar, ularning xususiyatlari, o‘quvchi-talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi. Bir xil yoshdagi o‘quvchi-talabalarning jismoniy va aqliy xususiyatlariga ko‘ra tushunishi, fikrlashi, ishni bajarish qobiliyati turlicha bo‘ladi. Shuning uchun muammoli vaziyatni yaratishdan avval o‘quvchi-talabani ruhiy jihatdan puxta tayyorlash zarur.
    Muammoli vaziyatlarni hal qilish usullarida asosiy etakchi funksiyalar:

    • o‘rgatuvchi: bilimlarning dolzarbligini aniqlashga asoslanadi;

    • rivojlantiruvchi: tahliliy tafakkur, alohida faktlar orqali hodisa va qonuniy­ likni ko‘ra bilishni shakllantiradi;

    • tarbiyalovchi: kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantiradi.

    Demak, muammoli vaziyatlar o‘quvchi-talabalarning mustaqil ishlarini takomillashtirishga asoslangan bo‘lib, ular ilmiy tushunchalar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish, boshqa materiallarni chuqur mantiqiy tahlil qilishga asoslangan. Agar siz muammoli dars o‘tishni istar ekansiz, avvalambor muammoli vaziyatlarni yaratish yo‘llarini bilishingiz kerak bo‘ladi. Bunda quyidagilarga e’tibor bering:

    • aniq savollar qo‘yasiz: umumlashtirish, isbotlash, aniq mantiqiy fikr yuritishga undovchi;

    • o‘quvchi-talabalarga fikrlashga undovchi savollar berilib, uning yechimini mustaqil ravishda topishni taklif etasiz;

    • nazariy va amaliy topshiriqlar orqali o‘quvchi-talabalarni taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish, berilgan faktlarni solishtirishga da’vat qilasiz;

    • bir savolga turli nuqtai nazar bilan qarash lozimligini tushuntirasiz va berilgan javoblarni asoslashga undaysiz;

    • o‘quvchi-talabalarga hodisani turli vaziyat orqali ko‘rib chiqishni taklif etasiz hamda amaliy ish jarayonida duch keladigan qarama- qarshiliklarni ma’lum qilasiz.

    Shunday qilib, muammo hech qanday tayyorgarliksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmaydi. U butun darsdagi bosh masala sifatida bayon qilinadi. Qo‘yilgan muammolarning murakkabligi o‘quvchi-talabalar saviyasiga mos bo‘lishi kerak. Tanishtiriladigan materiallar uncha katta bo‘lmasligi lozim. Materiallar, xususan, masalalarni o‘quvchi-talabalarning o‘zlari hal qila olsalargina, ularning muammolarni hal qilishdagi salohiyati ortadi.
    Muammoli darslarda mavzuga oid beriladigan savollar shunday tuzilishi lozimki, o‘quvchi-talabalar savolga javob berishda kamchiliklarni to‘ldirsin, noma’lumlarni aniqlasin, o‘xshashlik va farqni topsin, fikrini ifodalasin.
    Muammoli vaziyatni hosil qilish quyidagi metodlardan foydalangan holda tashkil etiladi:

    • tadqiqot;

    • evristik suhbatlar;

    • namoyish etish;

    • muammoli bayon qilish;

    • reproduktiv.

    Tadqiqot metodida o‘quvchi-talabalar izlanishga, o‘zlari uchun yangi muammoni hal qilishga yo‘naltiriladi va u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

      • fakt va hodisalarni kuzatish va o‘rganish;

      • tushunarsiz hodisalarni oydinlashtirish;

      • bashorat (gipoteza)ni olg‘a surish;

      • reja tuzish va uni amalga oshirish;

      • yechimini topish va uni tekshirish.

    Bu metoddan og‘zaki va matbuot so‘zlari, ko‘rsatmali vositalar, amaliy ishlar, yozma va grafik ishlar, laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalaniladi.
    Evristik metod o‘zaro bog‘liq bo‘lgan savollardan suhbat tashkil etish yo‘li bo‘lib, unda o‘quvchi-talabalar o‘z bilimlaridan foydalanibgina qolmay, balki izlanishlarni amalga oshirishi lozim.
    Namoyish etish o‘rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi.
    Muammoli bayon etishning mohiyati o‘qituvchi muammoni qo‘yib, uni o‘zi hal qilishi va yechimning ahamiyatini o‘quvchi-talabalarga tushunarli ziddiyatlar orqali ko‘rsatishdan iborat.
    Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o‘qtuvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o‘quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). O‘zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo‘lishiga ularni ko‘p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang‘ich sinflarda o‘qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
    Demak, muammoli topshiriqlar o‘quvchi-talabalarning mustaqil bilim olishlarini kuchaytiradi.
    O‘quvchi-talabalarni mustaqil ishga tayyorlashning muhim shartlaridan biri kun tartibini optimallashtirishdir. Bizning kuzatish natijalarimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchi-talabalarning mustaqil ishlariga tayyor bilim berilmasdan muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanib, darslarni tashkil qilinsa, mustaqil fikrlash va mushohada qilish faoliyati samara beradi. Bu o‘z-o‘zidan bilimlar berilmasligini, faqat olinishi kerakligining yana o‘z isbotini topdi.
    Bu xulosalarni talabalarning amaliy dars mashg’ulotida kasb-hunar kollejlarida ana shunday darslarni tashkil qilganida muallif ishtirokida Sergeli po- litexnika kasb-hunar kollejida sinovdan o‘tkazib amalda sinab ko‘rildi.
    O‘quvchi-talabalarni mustaqil ishga yo‘naltirishda ancha-muncha qiyinchiliklarga duch keinadi. Chunki o‘quvchi-talabalarning asosiy vaqti mashg‘ulotlarga qatnashish va ularga tayyorlanish uchun sarflanadi. Muammoli topshiriqlarni bajarish esa ular uchun ikkinchi darajali masala hisoblanadi. Holbuki, muammoli mustaqil ish o‘quvchi-talabalarning ijodiy qobiliyati, amaliy-kasbiy malakasini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    An’anaviy o‘qitishda o‘quvchi-talabalar o‘qituvchi tomonidan berilgan tayyor bilimlarni o‘zlashtirar edilar. Muammoli o‘qitish jarayonida esa ular amaliy faoliyat orqali ijodiy fikrlashga o‘rgatiladi. Muammoli o‘qitishda o‘quvchi-talabalar nafaqat topshiriqlarni mustaqil bajarish mahoratini egallaydi, balhi yangi fikr va g‘oyalarni ilgari suradi, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan texnologik jarayonlarni ijodiy o‘rganadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘quvchi -talabalarning mustaqil ishi – muammoli vaziyat yechimini topish o‘qitish usullariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
    O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni muammoning faol yechimi jarayoniga jalb etgandagina o‘quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati rag‘batlantiriladi. O‘qituvchi yordamchi savollarni qo‘yadi, o‘quvchi-talabalarning ular muhokamasida faol ishtirokini ta’minlaydi. Munozara boshlanishi rag‘batlantiriladi, hammani birgalikda fikrlashga jalb etadi va fanda aks ettirilgan ma’lum yechim yo‘llarini ko‘rsatib, muammo yechimiga olib keladi.
    O‘quvchi-talabalarning muammo yechimi jarayoniga qatnashish darajasiga ko‘ra ta’limning turli darajada muammoli tashkil etilishi bilan farqlanadi. Birinchi daraja o‘qituvchining shunday faoliyatini ko‘zda tutadiki, bunda o‘quv materialini bayon etishda uning o‘zi muammoni to‘liq yoritadi hamda uning yechimi yo‘lini ochib beradi va o‘quvchi-talabalarni qarshi savollar yordamida birga fikrlashga jalb etadi. Muammoli ta’limning ikkinchi darajasi o‘qituvchi tomonidan muammoning qo‘yilishi va ifodalab berilishiga yo‘l ochadi, keyin o‘quvchi-talabalarni uning yechimini mustaqil izlashga yo‘naltiradi. Uchinchi daraja muammoni ifodalamay, o‘qituvchi tomonidan muammoli vaziyatning yaratilishi va o‘quvchi-talabalarning keyingi mustaqil faoliyatini ko‘zda tutadi. Muammoli o‘qitishni tashkil etishning to‘rtinchi darajasida o‘qituvchi izlanish sohasini belgilaydi, xolos, muammoga «yaqinlashtiradi», lekin uni ko‘rsatmaydi va o‘quvchi-talabalarni mustaqil izlanishga yo‘naltiradi.

    Download 1,97 Mb.
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




    Download 1,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-хorazmiy nomidagi toshkеnt aхborot tехnologiyalari univеrsitеti huzuridagi pеdagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

    Download 1,97 Mb.