O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi




Download 1,97 Mb.
bet10/24
Sana27.05.2024
Hajmi1,97 Mb.
#254641
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
S.Niyazov Bitiruv ishi

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi-talabalar faoliyatlarining tuzilmasi

  • o’quv materiallariga oid tafovutlarning taklif etilishi;

  • muammoli vaziyatlar tuzish;

  • muammoning mavjudligini aniqlab berish;

  • muammoli topshiriqlarni loyihalash.

  • o’quv materiali mohiyatini anglab yetish;

  • muammoli vaziyat yuzasidan fikrlash;

  • mavjud bilimlar va tajribalarni qayta tiklash;

  • muammoli masalaga o’tkazish;

  • topshiriqni bajarish

Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida sub’ektni aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, u muammoli vaziyat yechimini qabul qilmaydi, ya’ni muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatining tushunib etilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi. Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo echimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat ning qandaydir ko‘rsatkichlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni uning echimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.


Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan 1-jadvaldagi kabi harakatlar amalga oshiriladi.
Tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi, o‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimini boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydilar. O‘rnatilgan masalani yechish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib, tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi, tajribasini egallaydilar.
Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan 2-jadvalda keltirilgan harakatlar amalga oshiriladi.
Tadqiqotchilik metodlari o‘quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Atoqli polshalik olim V.Okon shunday yozadi: «O‘quvchilar tadqiqotchilik yo‘lini tanlashni qanchalik istasa, natija shunchalik yaxshi bo‘ladi». Shunga qaramasdan, bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.

Download 1,97 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Download 1,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

Download 1,97 Mb.