|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-хorazmiy nomidagi toshkеnt aхborot tехnologiyalari univеrsitеti huzuridagi pеdagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
bet | 6/24 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #254641 |
Bog'liq S.Niyazov Bitiruv ishiMuammoli ta’lim – o‘quv materialini o‘quvchi-talaba ongida ilmiy izlanish asosida bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan usulda o‘rgatish uslubidir. O‘quvchi-talabaning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular ob’ektiv ravishda izlanish va mantiqiy to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishga da’vat etadi.
Muammoli ta’lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasidir. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’limdir. Muammoli ta’lim – didaktikaga tayangan holda talabaning ilmiy bilim va tushunchalarini, dunyoqarashini shakllantirish, uning intellektual faolligini har tomonlama takomillashtirish, talabaning fikrlash qobiliyatini rivojlanishini va uning e’tiqodini shakllanishini ta’minlaydigan yangi tizimidir.
Muammoli ta’limning ilk g‘oyalari amerikalik psixolog va pedagog Dj.Dyui (1859-1952) tomonidan asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
A.M.Matoshkin, M.I.Maxmutov, I.Ya.Lernerlar muammoli o‘qitish qonuniyatlarini chuqur o‘rgandilar. Dj.Dyui muammoli ta’lim asosi sifatida quyidagi yo‘nalishlarni belgilaydi.
1) ijtimoiy;
2) konstruktiv;
3) badiiy ifodaviy;
4) ilmiy-tadqiqot.
Muammoli ta’limning asosini Muammo (yunoncha “to‘siq”, “qiyinchilik”) yoki Muammoli vaziyatlar tashkil etadi. Aksariyat muammo va muammoli vaziyatlarga bir xilda qaraymiz. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.
Muammo – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat.
Muammoli vaziyatlar – talabalarning ma’lum bir topshiriqlarni bajarishi jarayonida muammolarga duch kelishi, yuzaga kelgan ziddiyatni, to‘siqni anglashi, bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy holat bo‘lib, u hal etilayotgan masala va unga oid yangi bilimlarni izlashni taqazo etadi. Muammoli vaziyatlarni hal etishning ma’lum bir bosqichlari mavjud.
Lekin o‘quvchi-talaba javobini bilmagan savollarning hammasi ham muammoli vaziyatni vujudga keltirmaydi. Masalan, «Toskentda qancha odam yashaydi?», «Doira yuzini hisoblang» kabi masalalarni yechishni qo‘yish hali muammoli vaziyat bo‘la olmaydi.
Muammoli ta’lim o‘qitishning eng samarali usullaridan biri bo’lib, bugungi kunda, muammoli o‘qitish faoliyat jarayonida pedagog rahbarligida yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechimlariga qaratilgan talabaning faol mustaqil faoliyatidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni yechishga yo‘naltiradi, bir nechta yechimni izlashni tashkil etadi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar hamda intellektual fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Bu ta’limni tashkil etish amaliyotda samarali qo‘llay olish, boshqarish pedagogdan kuchli pedagogik mahoratni talab etadi. Chunki muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo‘lib, individual-lashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli ta’limning muvaffaqiyati asosan quyidagi omillarga bog‘liq:
o‘quv materialini muammolashtirish;
talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish;
pedagog tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo'lish;
muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-хorazmiy nomidagi toshkеnt aхborot tехnologiyalari univеrsitеti huzuridagi pеdagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|