|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-хorazmiy nomidagi toshkеnt aхborot tехnologiyalari univеrsitеti huzuridagi pеdagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
bet | 11/24 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #254641 |
Bog'liq S.Niyazov Bitiruv ishiMuammoli ma’ruza nima? Muammoli ma’ruza – muammoli o‘qitishning asosi. Lekin bu tushuncha hali juda aniq emas. Ba’zilar uni fanda hali yechilmagan muammolar haqidagi ma’ruza deyishsa, boshqalar muammolarni darslarda yechish, deb hisoblashadi. Ammo bu muammoni masala yoki boshqa ma’noda tushunishdir.
Muammoli o‘qitishning qiyinchiliklari shundaki, birinchidan, u qo‘shimcha vaqtni talab qiladi, ma’lumotlar yetkazib berish bo‘yicha informativ o‘qitishdan orqada qoladi. Ikkinchidan, muammoli o‘qitish o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi. Darsda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish uchun o‘qituvchida, birinchi navbatda, olimlik xususiyati bo‘lishi talab etiladi. Biroq ana shu holatlarning o‘zi muammoli o‘qitishni keng va samarali qo‘llashga imkon bermaydi.
Muammoli o‘qitish – ta’lim sifatining yangi bosqichi. Hozirgi davrda o‘quvchi-talabalarga ma’lumot va tavsiyalarning ma’lum to‘plamini berish unchalik ahamiyatli emas, ularning ma’lumotlarni mustaqil olishi va o‘z bilimiga aylantirishi uchun aniq yondashuvlarga ega bo‘lishi muhimdir. Albatta, ayrim ma’lumotlarni ma’ruza vaqtida yetkazish imkoni bo‘lmay qoladi, lekin tejalgan vaqtlar hisobiga xulosalar chiqariladi, umumlashtiriladi, dunyoqarash shakllantiriladi, ya’ni o‘qitishning muammoli xarakteri ochib boriladi. Bunda o‘quvchi-talabalarning mustaqil va tanqidiy fikr yuritib, har tomonlama asoslangan qarorlar qabul qilishi ahamiyatlidir. O‘qitishning oxirgi maqsadi bilimlarni quruq yodlab olish emas, balki kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. O‘qitish – bilim berish emas, balki oldingi avlodning ijtimoiy tarixiy tajribasini o‘rgatishdir.
O‘quvchi-talabalar bilan o‘qituvchi keng muloqotga kirishishi lozim. Ularga darslikdagi tayyor bilimlarni berish bilan birga hayot va bilimlardan qanday foydalanish haqida so‘zlash zarur. Muammoli o‘qitish orqali o‘quvchi-talabani o‘z fikrini aytishga, uni himoya qilish va bahslashishga o‘rgatish mumkin. O‘qitish jarayonida qarama-qarshilik bo‘lmasa bahs ham, munozara ham bo‘lmaydi. Munozarasiz esa muammoning yechimi topilmaydi. Dars jarayonida bir-biriga hurmat, ishonch va ishchanlik ruhi hukmron bo‘lishi kerak. O‘quvchi-talaba o‘qituvchining o‘rgatishga samimiy intilayotganini bilishi, uni o‘ziga teng ko‘rayotganini yaqqol his qilishi zarur. Bu esa, shubhasiz, o‘qitishda shaxs omilini hisobga olish, birga ishlash pedagogikasini qo‘llash va ta’limni insoniylashtirish bilan uzviy bog‘liq.
Ma’lumki, muammoli ta’limning maqsadi «ilmiy bilish, bilimlar tizimi natijalarini o‘zlashtirishgina emas, balki natijalarga erishish yo‘lini ham o‘zlashtirishdir». U o‘quvchi-talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi aqliy izlanish, ijodiy faolliklariga xizmat qiladi.
Muammoli ta’limdan foydalanib o‘tkaziladigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda quyidagilar rejalashtiriladi:
o‘rganiladigan mavzuning maqsad va vazifalari, uni muammoli ta’lim vositasida o‘rganish imkoniyatlari;
mavzuni o‘rganishda o‘quvchi-talabalarga beriladigan muammoli savollar yoki topshiriqlar mazmuni;
o‘quvchi-talabalarning muammoli topshiriqlarni yechishga xizmat qiluvchi, avvalgi o‘rgangan bilim zaxiralari;
muammoli topshiriqlarni hal etishga yordam beruvchi o‘quvchi-talabalarning ko‘nikma va malakalari;
topshiriqlarni yechishga qanday ko‘rgazmali qurollar, vositalar kerak bo‘lishi;
muammoli topshiriqlarni yechish natijasida bilim va malakalarning taxminiy hajmi;
qilingan ishlar va ularning natijalaridan qanday xulosalar chiqarish lozimligi haqidagi ishlar.
Har qanday savol o‘quvchi-talabalarning ayni savolni hal etishga bo‘lgan qiziqishlari, ichki intilishlarini hosil qilavermaydi. Shu bois savollar qiziqarli, o‘zida qandaydir qarama-qarshiliklarni ifodalovchi, o‘quvchi-talabani hayratga soluvchi, fikrlashini faollashtiradigan tarzda tuzilishi lozim.
Haqiqatan ham muammoli o‘qitish texnologiyasi ta’limning eng samarali usullaridan bo‘lib, unga ilmiy bilimlar asosida muammoli vaziyatlar kiritilib, o‘quv materiali an’anaviy shaklda bayon etiladi.
Muammoli o‘qitish samaradorligi o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bog‘liq. Muammoli o‘qitish o‘quvchi-talabalarning ilmiy izlanuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi, ularning bilim olish faolligini oshiradi.
O‘qituvchi muammoli o‘qitishni shunday tashkil etadiki, bunda o‘quvchi-talabalar notanish bilimni o‘zlashtirishi uchun nima qilish kerakligi haqida mulohaza yuritadi va o‘ziga bir necha savollar bilan murojaat etadi. Masalan, dastlab u «Muammoni hal etish va u bilan bog‘liq bilimni o‘zlashtirish uchun nima qilish kerak?», «Masala yechimining tamoyili qanday?» kabi savollarga javob topishga urinadi.
Muammoli o‘qitish – ta’lim berishning shunday metodiki, bunda real ijodiy jarayon modellashtiriladi. Boshqacha aytganda, muammoli vaziyat yaratilib, o‘quvchi-talabalarning muammoni yechish borasidagi izlanishlari boshqariladi. O‘quvchi-talabalar yangi bilimlarni o‘qituvchilar yordamida o‘zlashtiradilar. Buning uchun ikki omil muhim hisoblanadi:
Ma’lum o‘quv materialini bilishga ehtiyojning yuzaga kelishi.
Ma’lum masalalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan umumlashgan yangi bilimlarni egallash.
Albatta, muammoli o‘qitish metodidan foyalangan holda darsni tashkil etish o‘quv materialini o‘rganish ketma-ketligi va tahlil etishga o‘ziga xos yondashuvni taqozo etadi. O‘qituvchi savollarni o‘quv muammosi sifatida qo‘yadi. Savollar zamirida ma’lum muammoni aks ettiruvchi ta’limiy masala yotadi. O‘qituvchi muammoli savollar qo‘yib, o‘quvchi-talabalarning muhokamada faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O‘quvchi-talabalarning muammoni yechish jarayonida qatnashish imkoniga qarab, muammoli o‘qitishni turli darajada tashkil etish mumkin.
Birinchi bosqich. O‘qituvchi muammoni to‘liq yoritadi va uning yechimini topib beradi; qarshi savollar yordamida o‘quvchi-talabalarni fikrlashga majbur etadi.
Ikkinchi bosqich. O‘qituvchi muammoni qo‘yib, uning mazmunini ifodalaydi. Keyin o‘quvchi-talabalarni muammo yechimini mustaqil izlashga yo‘naltiradi.
Uchinchi bosqich. O‘qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat yaratadi. O‘quvchi-talabalar mustaqil fikrlab, muammoli vaziyatdan chiqish yo‘lini topadilar.
Muammoli o‘qitishning afzalliklarini quyidagicha xulosalash mumkin:
Qanday, nimaga va nima uchun o‘qitish kabi savollarga, eng muhim savol, qanday qilib natijali o‘qitish savoliga javob topiladi.
O‘qituvchining ish, ya’ni mehnat samaradorligini oshiradi.
O‘qitish jarayonida har bir o‘quvchining individual xususiyatlari va xarakterini inobatga olgan holda pedagogik jarayonni tashkil qilish, o‘qitish natijasini baholashda esa xususiy (sub’ektiv) baholanishdan o‘qituvchini ozod etish imkonini beradi.
O‘qitish jarayoni bo‘yicha bosh vazifalarni o‘qitish vositalariga yuklash orqali o‘qituvchining vaqtini samarali qiladi, shu bois o‘qituvchi ko‘proq vaqtini har bir o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga berishga imkon yaratiladi.
O‘quvchilar bilim darajasini belgilash, uni nazorat qilish va monitoring tizimida sub’ektiv baholash mezonlariga imkon bermaydi, ular ob’ektiv kechadi, baholash va nazoratda shaffoflikka erishiladi.
Muammoli o‘qitish metodlarida quyidagi fikrlash tarbiyalarining rivojlanishiga zamin yaratiladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-хorazmiy nomidagi toshkеnt aхborot tехnologiyalari univеrsitеti huzuridagi pеdagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|