O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Kalit s
o‘
zlar
:Vokal, musiqa, tovush, diapazon, tovush xususiyatlari, ijro etish texnikasi, 
ansambl; orkestr; musiqa maktabi, pedagog, talaba, xonanada. 
Ta’lim berish jarayonida “Vokal asoslari” fani muhim o‘ringa ega, 
chunki u kasb yuzasidan olinayotgan bilimga amaliy tushuncha bera 
oladi
24
. Talabalarga vokal san’atini 4ta bosh tamoyilga asoslanadi: 
1.Ta’limda 
ketma 

ketlik 
va 
uzluksizlik 
tamoyili. 
Bu 
umumpedagogik tamoyil bo‘lib, u ta’lim jarayonida soddadan - 
murakkabga asoslanadi. Uzluksizlik hamma narsada zarur-xonandaning 
diapazonini kengaytirishda ham, mashqni murakkablashtirishda ham, 
repertuar tanlashda, ruhiy kechinmada - lirikadan dramatik asarlarga (his - 
tuyg‘ular cho‘qqisiga), repertuarni kuchaytirilishi ovozni yo‘qolishiga olib 
boradi. Talabalar bilan mashg‘ulotlarda ovozning sifati, toblanishi, 
tebranishi, uzoqqa yetishi haqida qayg‘urish kerak. Repertuarni 
kuchaytirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
2. Badiiy - musiqa va vokal texnik tamoyillarining birligi. Xonandani 
qoida bo‘yicha tarbiyalash uchun bir vaqtning o‘zida ikki muammoni hal 
qilish talab qilinadi: ijro etish apparatini qurish - demak xonandani 
professional ovozini hosil qilish va unda aytishni mashq qilish. Bu ikki 
masala bir vaqtda bir - biriga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Har qanday, 
hattoki, eng sodda ko‘nikmani elementar ijro etish uchun avvalo, ovozga 
ishlov berish, shundan so‘ng ijro mahoratini egallash kerak, deb o‘ylagan 
katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Busiz aktyor -xonandani tarbiyalash mumkin 
24
N.Qahhorov Vokal asoslari T.2008 


213 
emas. 
3.Alohida yondashuv tamoyili. Xonanda - bu o‘ziga xos musiqiy 
asbob. Hammasi juda alohidalikni talab qiladi. O‘zgaruvsiz (dogmatik) 
ko‘rsatmalar vokal pedagogikasiga zarar yetkazadi. har bir o‘quvchining 
imkoniyat darajasi har xil bo‘ladi, chunki uning ovozini kuchi va 
chidamliligi shaxsiy xarakteriga bog‘liq. Ayniqsa, uning ruhiy 
xususiyatlarini bilish va ularga ahamiyat berish, ovozga ortiq ruhiy ta’sir 
ko‘rsatmaslik kerak. O‘quvchi xarakteri hamma sohada mustaqil ravishda 
ovozning mayinligida ham, kengligida ham, quvvati, chidamliligi, sifatida 
hamda iste’dodli, serg‘ayrat, hayoli, irodali yoshlarda ochiq - oydin 
namoyon bo‘ladi. Shu sababli darslarni yuqoridagilarni e’tiborga olgan 
holda o‘tkazish kerak. 
4. Muntazam mukammallikka erishish tamoyili. Bu tam oyil ohirgi 15 
yildan beri ovoza qilingan. Agar o‘quvchi o‘z ustida m ustaqil ravishda 
shug‘ullanmasa pedagog mashg‘ulotlarida bergan bilimining o‘quvchiga 
foydasi bo‘lmaydi. Ta’limning so‘nggi jarayonlarida talabaning mustaqil 
tayyorlanishiga alohida ahamiyat beriladi. 
Tamoyil - bu asosiy g‘oya, uslub esa maqsadga erishish yo‘li. Vokal 
pedagogikasida quyidagi uslublar mavjud: 
1.Sozli. 
2.Tajribaga asoslanish (emperik). 
3.Bir markazga ega bo‘lish (konsentrik) - Glinka uslubi. 
4.Primar tonli - nemis vokal maktabi. 
Talabani ilk mashg‘ulotlarni tinglash jarayonida u bilan suhbat 
o‘tkazish, musiqiy, xonandalik, ovoz imkoniyatlari va kamchiliklarini 
tekshirib ko‘rish kerak. Ovozni avval diapazonning markaziy qismidan 
boshlab, eng qulay unlilarga tayanib rivojlantirish zarur. Ilk 
qadamlardanoq ovozning turini to‘g‘ri aniqlab olish zarur.
25
Ovozni bir 
qator ko‘rsatmalarga ko‘ra klassifikatsiya qilish kerak. Ularga ovoz sifati, 
tembri, diapazon, o‘tish notalari va primar tonlarning joylashuvi, tessiturani 
ushlay olish qobiliyati kabi ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin. Hammaga 
ma’lumki, ovoz registrlar tuzilmasiga ega, ya’ni diapazonning ayrim 
qismlarida va bir diapazondan boshqasiga o‘tish joylarida o‘zgaradi, sinadi 
va xonanda bu joylardan ayrim noqulayliklarni his qiladi. Bu sinish yoki 
o‘tish notalari to‘g‘ri o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijasida sezilmay o‘tadi. 
Turlicha ovozlarning o‘tish tovushlari, turli balandlikda joylashgan. 
Endi boshlayotgan o‘quvchilarning ovoz mashqlari murakkab 
bo‘lmasligi lozim, chunki talabaning e’tibori ovoz hosil qilish texnikasiga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. Mashqlarni ijro etishda aniq hujum, hamda sof 
intonatsiya bilan kuylashni talab qilish lozim, Mazkur mashqlar musiqiy 
fikrlar, musiqiy parcha, kuydan bo‘lak kabi jaranglashi kerak. Bu 
25
Nurullayev F. G. – Vokal va zamonaviy musiqa. O`quv qo`llanma. Durdona nashriyoti 2020y. 


214 
mashqlarni ifodali qilib kuylashni birinchi darsdanoq talab etish zarur. 
Bu umumiy musiqiy hisni rivojlantiradi, o‘quvchining qobiliyatini 
o‘tkirlashtiradi 
va 
xonandalikning 
elementlar 
ko‘nikmalarini 
shakllantiradi. O‘qituvchi talabani tinglab ko‘rgach, uning tovush hosil 
qilishdagi kamchiliklari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ularni bartaraf 
qilishga ko‘maklashadigan mashqlar tanlashi kerak. Barcha o‘quvchilar 
uchun asqotadigan mashqlar va vokal harakatlar mavjud, biroq, hamma 
mashqlarni talabaning individual ovoz xususiyatlariga asoslanib tanlash 
lozim. O‘qish jarayonida gammalar, intervallar, arpedjio, passajlar, 
bezaklar, shuningdek, kuylash turlarining barcha xili: kantilena, filirovka, 
harakat texnikasi va boshqalarni o‘zlashtirish zarur. Mashqlarni 
murakkabligi asta-sekin kuchaytiriladigan tartibda berish kerak. Agar har 
kuni to‘g‘ri tovush haqida hikoya qilib, ko‘rsatib turilmasa, turli vokal 
qiyinchiliklarni bartaraf qilish ustida ishlanmasa, o‘quvchi ifodali kuylasa 
ham vokal texnik tarafdan noto‘g‘ri kuylashi mumkin, bu esa asta-sekin 
ovozning degradatsiyasiga olib keladi. Pedagogik materialini to‘g‘ri 
tanlash - tarbiyaning yagona vositasi bo‘lmasligi lozim, u boshqa usullar 
bilan hamohang bo‘lishi kerak. Faqatgina shu holdagina to‘g‘ri tanlangan 
musiqiy-pedagogik uslub o‘zining qimmatli foydasini keltirishi mumkin. U 
yoki bu mashq, vokaliz berar ekan, o‘qituvchi mashqdan talab qilinadigan 
maqsadni tushuntiradi, texnik jihatidan nimalardan foydalanish 
kerakligini, zarur natijaga erishish uchun nima qilish kerak, qanday 
harakat, qanday usuldan foydalanish lozimligini hikoya qiladi. Bundan 
tashqari, u asosan erishmoqchi bo‘lgan jarangni ko‘rsatib beradi va 
foydalanish kerak bo‘lgan harakatlarni qo‘llaydi. Pedagog ham hikoya 
qilib ta’lim beradi. Ovoz ustidagi ishning birinchi bosqichida, xonanda bor 
diqqatini mushaklari holatining tovush xarakteri bilan bog‘lashga jamlashi 
zarur. Ishning muvafaqqiyati faqatgina talabada muhim mushak hissi 
ishlab 
chiqilganda, 
ya’ni 
K.S.Stanislavskiyning 
ta’biriga 
ko‘ra 
“murakkablik odatga aylanganida” ayon bo‘ladi. Aniq ko‘nikmalar paydo 
bo‘lgandagina, ularni musiqa bilan bog‘lash kerak, mashhur asarlardan 
interval hammada jumlalarni qulay tessiturada kuylatish zarur. Darslarni 
qisman ovoz yo‘naltirish texnikasi, kuyning oddiy elementlari (intervallar, 
gammalar) ustida ishlashga, qisman musiqiy asar ustidagi ishlashga bo‘lish 
lozim. Кichik intervallar, gammalar - boshlash kerak bo‘lgan oddiy 
mashqlardir. Mashqlar shunday tuzilishi kerakki, egallangan tovush, 
kuylanayotgan intervalning yuqorigi tovushi bo‘lishi lozim. Quyi 
tovushdan yuqorigi tovushga o‘tishda xonanda ovozida yuqorigi 
tovushning “qisilishi”ni aniq eshitish mumkin, shuning uchun 
artikulatsiyani mos ravishda qayta ko‘rish, ya’ni esnashni kerakli darajada 
tashkillashga zarurat tug‘iladi. lntervalli mashqlarni “I” va “A” unlilarni 


215 
birlashtirgan holda, ko‘p marotaba o‘zgartirib, ijro usulini almashtirib 
qo‘llash mumkin. 
Xonanda ovoz ustida ishlash jarayonida faqatgina mexanik jihatidan 
emas, balki ifodali qilib ijro etishi kerak mashqlar, intervallar, kuy 
elementlari sifatida his qilish lozim. Mustaqil mashqlar paytida o‘qituvchi 
bilan o‘rgangan mashqlar bilan bir qatorda o‘zi ham qulay intervalni 
haqida unli tovushlar birikmasini izlab, kuylab ko‘rish maqsadga muvofiq. 
Boshlang‘ich bosqichlardanoq musiqiy jumlalardan parchalar, qulay va 
o‘zlashtirilgan intervallardan tuzilgan, ariya va romanslar fragmentlarini 
berish kerak. Mazkur mashqlarni turli unli tovushlar birikmalarida 
bajarish lozim. Talaba mashqlarni ijro etayotganida kuy qismlarini, 
musiqiy asarlar jumlalarida esa - intervallar harakatini his qilishi kerak. 
Xonandaga tanish bo‘lgan ariya yoki qo‘shiqlardan parchalarni mashq 
sifatida berish mumkin. Ularda talaba egallab olingan elementlarni eshita 
olish va ko‘nikmalarni qo‘llay bilish zarur. Demak, har bir asarni, har bir 
kuyni avval o‘ziga xos vokalizga aylantirib, unga tayangan holda tovush 
hosil 
qilish 
usulini 
mustahkamlab 
olishi 
darkor. 
Kuylashni 
o‘rganayotganda ovozning kuchi undan erkin foydalanishga to‘sqinlik 
qilishi mumkinligini unutmaslik kerak. To‘g‘ri jaranglash yo‘llariga mos 
usullarni tanlab, o‘quvchi o‘z ovozini “o‘stirib” boradi kuch bilan 
“haydab” chiqarmaydi. Lampertining maslahatiga ko‘ra ovoz tarbiyasining 
ilk bosqichlarida talaba “Ko‘proq ovoz bilan emas, aql bilan ta’lim olishi 
kerak, chunki ovozni charchatib qo‘ygach, hech qanday vositalar bilan 
yaxshi holatga qaytarolmaydi”. Aniq mushak xotirasini shakllanishi 
xonandaga ovozini uzoq vaqt saqlab qolishga ko‘mak beradi. 
To‘g‘ri tanlangan badiiy asarlar xonanda tarbiyasidagi asosiy 
vositalar hisoblanadi. Matnli kichik asarlar endi boshlayotgan 
xonandalarga beriladi. Eng sodda qo‘shiqchilik ko‘nikmalarini egallash, 
kelajakda talabaga beriladigan matnli asarlar masalasini hal qiladigan 
talablardandir. Ilk bosqichda asosan qadimiy klassiklar: Monteverdi, 
Skarlatti, Kaldara, Gendel, Karissimi, Chesti, Tenalya, Bonanchini, Vivaldi 
va boshqalarning yengil asarlari tanlanadi. XVII - XVIII asr qadimiy italyan 
ariyalari boshlovchi xonandalar bilan mashqlarda g‘oyat foydalidir, chunki 
ko‘p hollarda qulay, 1,5 oktavadan oshmaydigan ishchi diapazonda, aniq 
va sof shaklda, musiqiy matnning ulug‘vor artikulyatsiyasi asosida, to‘g‘ri 
tovush hosil qilish va tovush yo‘naltirishni shakllanishiga muhim zamin 
yaratadi. Mazkur ariyalarni dasturga kiritib, pedagog bir qator muhim 
pedagogik masalalarni yechish mumkin, chunki yorqin badiiy mazmun, 
qulay katta bo‘lmagan ovoz diapazoniga ega bo‘lib, ular sodda va tabiiy 
kuy va aniq shaklga ega. Qadimiy kompozitorlarning asarlari italyan tilida 
ijro etiladi, bu esa ta’limning ilk bosqichida g‘oyat foydalidir, chunki 
kuylash 
jarayonida 
ovoz 
apparatining 
odatiy 
ko‘nikmalaridan 


216 
chalg‘itishga ko‘mak beradi. Italyan tilining xonandalik uchun qulayligi 
barchaga ma’lum: u ovozni, fonatsiyani optimal darajasida sozlaydi. 
Ovozlarni rivojlantiruvchi asarlardagi qulaylik va kuychanlik ovoz 
apparatining qo‘shiqchilik imkoniyatlarini qo‘llagan holda ta’lim 
jarayonini maksimal darajada faollashtirishga zamin yaratadi. Buning 
uchun qadimiy italyan ariyalari ustida ishlashda belkantoning uslubiy 
prinsiplariga tayanish muhim, uning uchun eng asosiy ko‘krak nafasi, 
ko‘krak va bosh registrlarini tabiiy holda qo‘llash, unli hamda 
undoshlarning aniq talaffuzidir. Yumshoq hujum va yumshoq tovushda 
qo‘llash. Bularning hammasini qo‘shganda vokal musiqasini egallashda 
samarali natijalarga erishishda qo‘l keladi, qisqa muddat ichida xormeyster 
talabalarda “inson ovozini qayta ishlash” kabi murakkab ishda sezilarli 
muvafaqqiyatlarga olib keladi, ular kasbining o‘ziga xosligidan kelib 
chiqqan holda qo‘shiqchilik nafasi, to‘g‘ri go‘zal tovush hosil qilish, tovush 
olib borishdagi muammolarga duch kelishadi. Bosqich yakunida, ovozni 
mustahkam va erkin ishlata olish va turli vokal usullarini talab qiluvchi 
bunday qiziqarli asarlarni o‘rganish jarayonida xonandaning mukammal 
ta’minlanganligi, ovoz olib borishdagi yuqori darajada erkinlik, tovush va 
tovush hosil qilishning “cholg‘ulashtirish” usullaridan foydalana olish 
haqidagi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq ovoz apparatini 
tashkillashdagi bunday murakkab yo‘lni “belkanto” uslubi boshida 
yozilgan sodda asarlar bilan zabt eta boshlash kerak. 
Talabalar bilan ishning ilk bosqichlarida ijro etishi tavsiya qilinadigan 
birinchi qator ariyalari. Mazkur vokal musiqasi bizning tasavvurimizga 
ko‘ra nisbatan qisqa vaqt ichida yigitlar va qizlarni (asosan o‘rtacha 
ko‘rsatkichlarga ega) akademik qo‘shiqchilik maktabi deb nomlanuvchi 
asoslariga o‘rgatishning eng samarali, maqsadga muvofiq o‘quv materiali 
bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish