209
BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIGA O‘ZBEK
MUMTOZ ASHULALARINI O‘RGATISHNING METODIK
IMKONIYATLARI
Axrorov Jamshed Rustamovich
O‘zbekiston-Finlandiya
pedagogika
instituti
“Musiqa ta’lim va san’at” yo‘nalishi magistri
Annotatsiya.
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak musiqa
o‘qituvchilarini yuksak ma’naviyatli, intelektual jihatdan yuqori darajaga ega, milliy qadriyatlar
va an’analarimizdan xabardor holda tarbiyalashning mazmuni va buning pirovardida milliy
o‘zlikni anglash, manaviy-ma’daniy merosimizni o‘rganish va uni jamiyat hayotiga tadbiq qilish
yuqori samaradorligini namoyon etishi va talaba-yoshlarga o‘zbek mumtoz musiqasi
namunalarini o‘rgatishda yangi pedogogik metodlar orqali o‘qitish uslubini takomillashtirish
keng bayon etilgan.
Kalit s
o‘
zlar:
talabalar, o‘zbek mumtoz ashulalar, metodik imkoniyatlar, oliy ta’lim
muassasalari, pedagogik faoliyat, musiqa o‘qituvchisi, musiqiy amaliy va nazariy bilimlar.
Musiqa san’ati orqali tarbiyalash, nafosat tarbiyasining asosiy va
murakkab qirralaridan biri hisoblanib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni
to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga
kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni go‘zallik olamiga olib
kiradi va axloqiy g‘oyaviy tarbiyalashning muhim vositalaridan biri
hisoblanadi. Shuning uchun aytish mumkinki, musiqa insonni yuksak did
bilan qurollantiradi va unga ma’naviy ozuqa beradi. Bu jarayonni samarali
tashkil
etishda albatta, musiqa o‘qituvchilarning roli juda katta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 17-
noyabrda “Milliy mumtoz musiqamiz hisoblanmish, maqom san’atini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
23
gi qarori tufayli
maqomchilik san’ati orqali
madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish,
xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida
tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirish
uchun maqom
san’ati ustida ilmy-izlanishlar olib borish, uni keng jamoatchilikga targ‘ib
qilish, yoshlarga uning tub mohiyatini anglash va foydalanishni o‘rgatish
vazifa qilib qo‘yilgan. Shuning uchun mamlakatimizda talaba-yoshlarning
musiqiy dunyoqarashi va madaniy saviyasini yuksaltirish, mumtoz
musiqa san’ati orqali o‘sib kelayotgan yosh
avlodni yetuk shaxs etib
tarbiyalash masalasi davlat dasturi sifatida ko‘rilmoqda.
Mumtoz musiqamiz keng tarmoqli va har biri o‘zining mazmun
mohiyatga ega ekanligi, tuzilish qonuniyatlari va turli ijro uslublaridan
iborat. Mumtoz musiqamiz turli qismlarga bo‘lingan lekin ular orasida,
ashulachilik janri o‘zining ko‘p tarmoqli va keng mazmun mohiyatga ega
23
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarori, 17.11.2017 yildagi PQ-3391-son.
210
ekanligi, tuzilish qonuniyatlari va turli ijro uslublari bilan ajralib turadi.
Mumtoz ashulachiligimizning eng yirik tarmoqi bu maqomlardir.
Maqomlar O‘zbekistonninig uch vohasida mavjud bo‘lib, Buxoroda
“Shashmaqom”, Xorazmda “Xorazm maqomlari”, Farg‘ona vodiysida
“Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” deb yuritiladi.
Bundan tashqari,
maqomlar yo‘llarida yaratilgan, shaklan va ijroviy xususiyatlari doirasi
maqomlarga xos bolgan bastakorlar ijodiga mansub ashulalar, Suvoralar
va Katta ashulalar mavjuddir. Maqomlarni ijro etish uchun maxsus
tayyorgarlik, bilim va albatta keng diapazonli ovozga ega bo‘lish lozimdir.
Maqomlar, odatda bir necha yillar davomida hamda ustoz-shogird
qabilidagi ta’lim asosida o‘zlashtirilib, o‘rgatib kelinmoqda [4,12b]. Bu
jarayonni o‘rgatishda kirishidan oldin eng avvalambor maqom nima
ekanligini haqida tushunchaga ega bo‘lish lozim. Maqom atamasi arabcha
so‘z bo‘lib “istiqomat o‘rin”, “turar joy’” ma’nolarda keladi. Musiqada esa
maqom “tovush parda” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni
musiqa
cholg‘ularida kuy va ashulalarda tashkil etadigan tovushlarning
joylashadigan o‘rni pardalardir.
Maqom – ma’lum lad asosiga mos keladigan va muayyan
pardalardan boshlanadigan kuy va ashulalar majmuasidir. Hozirgi kunga
qadar maqom kuy va ashula yo‘llari turkumi ma’nosini ifodalab kelmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, bu musiqiy boyligimiz orqali insonning dunyo
qarashini boyitish va ma’naviy yuksalishida o‘rni kattaligi yaqqol
ma’lumdir. Shu sabab bugungi kunda mumtoz musiqamizni o‘rganish
tadbiq qilish, foydalanish, asrash va uni kelgusi avlodga yetkazish bo‘lajak
musiqa o‘qituvchilarning zimmasidagi vazifadir. Bugungi kunda oliy
ta’lim muasasalari musiqa ta’limi yo‘nalishlarida an’anaviy xonandalik
darsi orqali talaba-yoshlarga o‘zbek mumtoz musiqa san’atining boy
tarmoqlaridan biri hisoblangan ashulachilik janri o‘rgatib kelinmoqda.
O‘quv reja ta’lim yo‘nalishi: 60111300- Musiqa ta’limi AIM1004 An’anaviy
xonandalik umuniy yuklama hajmi 120, jami auditoriya soati 60, ma’ruza
14 soat, amaliy 46 soat. Mazkur fan 4-smestrda o‘tiladi.
Ushbu fan orqali
ashulachilik janrining shakllanib chiqish tarixini, uning tuzilish tarkibi,
nazariyasi masalalari va ijrochilik uslublari haqida bilim beriladi. Albatta
bu dars mashg‘ulotida o‘qituvchi va talabalarda yetarli kamchiliklar ko‘zga
tashlanmoqda va shundan kelib chiqib quyidagi takliflarni kiritishni
maqsadga muvofiq deb bildik. Bu jarayonni tashkil etishda o‘qituvchi
talabalarga eng avallo quyidagi o‘quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish
talab qilinadi. Bunda darslikni o‘rgatishdan oldin, birinchi navbatda har bir
talabaning musiqiy nazariy bilimlari, eshitish qobilyati va ijrochilik
salohiyatini tekshirish lozim bo‘ladi va shulardan
kelib chiqqan holda
talabalarga an’anaviy xonandalik malakalarini shakllantirish haqida saboq
berish lozim. Shulardan so‘ng qilinishi kerak bo‘lgan birinchi vazifalar
sifatida bular: nafas olish, tovush chiqarish, vokal ovoz hosil qilish, nafasni
211
tejamli sarflash, uni qanday olish, qanday sarflash (tovush hujumi),
musiqiy eshituv (tovushni o‘z balandligida eshitish, his qilish), sof
intonatsiya (tovushni o‘z balandligida kuylash), diksiya (sof talaffuz),
artikulyatsiya (ovoz apparatini to‘g‘ri ishlata bilish), ansambillik
(jo‘rnavozlikda kuylashga erishish), soz (musiqa tonalligiga, o‘qituvchi
ovoziga sozlanish), notaga qarab kuylash (varaqdan o‘qish), ohang matnini
“solfedjiolash”, dinamik belgilarga rioya qilib kuylash kabi ko‘nikma va
malakalarini egallashni talabalar o‘z ichiga olishi lozim. Talabalarda ashula
ijrochilik malakalarini shakllantirish uzoq va uzluksiz, tizimli yo‘lga
qo‘yilgan o‘quv va ijodiy jarayonni talab qiladi.
Hozirgi kunda mazkur
darslikga ajratilgan o‘quv reja soatlarining cheklanganligi ushbu jarayonda
yetarli natijaga erishishning qiyinlashishiga olib kelmoqda. Chunki bir, ikki
soatlik dars orqali ko‘zlanayotgan natijaga erishish mushkul hisoblanadi.
Shu jumladan Mazkur jarayonning samarali amalga oshirilishda
o‘qituvchidan ham bir qator ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi talab
qilinadi. Xususan:
- ovozlarni sozlay olish va ularning turlari haqida tushunchaga ega
bo‘lish;
- mumtoz ashulalarning tub mohiyatini chuqur anglay olishi;
- shuningdek, ijro etiluvchi ashulalardan namuna ko‘rsatish asosida
ijro etib berish va tahlil qilish nota misoli orqali;
-ularning ijro etish usullari xususida o‘quvchilarga uslubiy yo‘l –
yo‘riq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Aytib o‘tilgan takliflar orqali jarayonni
amalga oshirish kelajakda
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarda ham o‘zbek mumtoz ashulachiligi haqida
bilim va ko‘nikmalarining oshishiga olib keladi va mazkur ko‘nikmalar
orqali umumta’lim maktablarda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilar o‘zbek
mumtoz ashulachiligi namunalarni tanishtirish va amaliyotda qo‘llash
samaradorligni olib keladi va o‘sib kelayotgan yosh-avlodni milliy g‘oya va
mafkura ruhida tarbiyalashda benazir hissa qo‘shadi. An’anaviy
xonandalik malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining
yangi metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga keng tadbiq etish
dolzarb vazifa qilib qo‘yilgan.