• Kalit s o‘ zlar
  • MUSIQIY-PEDAGOGIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    MUSIQIY-PEDAGOGIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA 
    TALABALARNI KREATIVLIKKA TAYYORLASH 
    Kambarova Makhfuza Botirovna
    Bukhara State Pedagogical Institute II stage 
    graduate student 
    Yarashev Jorabek Torayevich 
    BukhDPI "Art Studies" department head, associate 
    professor, Ph.D., (PhD). 
    Annotatsiya: 
    O‘qitish faqat o‘quvchilarga bilim berishdan iborat emas, balki talabalarni 
    o‘rganishga qiziqarli va kutilmagam usullar bilan yondashishga o‘rgatishdir. O‘qitishning 
    kreativ yondashuv asosida tashkil etilishi dars jarayoni samaradorligini kafolatlaydi. Ushbu 
    maqolada kreativ yondashuv asosida o‘qitish haqidagi fikrlar bayon etilgan. 
    Kalit s
    o‘
    zlar: - 
    O‘qitish, faoliyat, kreativ, zakovat, tafakkur, xarita, innovatsiya, global, 
    pedagog, fikr, samara 
    Iqtisodiy 
    globallashuv 
    sharoitida 
    oliy 
    ta’lim 
    tizimida 
    tayyorlanayotgan kadrlarning tayyorgarlik sifati, ularning salohiyati va 
    raqobatbardoshligini 
    oshirish 
    kabi 
    masalalar 
    o‘tkir 
    muammoga 
    aylanmoqda. Buning ustiga, mamlakatimiz ta’lim tizimida, xususan oliy 
    ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning erishilgan darajasi xalqaro 
    maydonda e’tirof etildi, degan fikr-mulohazalar bilan chegaralanib 
    qolmasdan, uning sifat jihatlarini yanada oshirish yo‘lida to‘xtab 
    qolmasligimiz, bu boradagi ishlarimizni yanada yangi bosqichga 
    ko‘tarishimiz lozimdir.
    20
     
    20
    “Pedagogik ta’limda o’qituvchi innovatsion faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari” Sh.Sh.Olimov -
    BuxDU pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.d., prof. “Ijtimoiy sohani modernizatsiyalash kontekstida 
    pedagogik ta’lim taraqqiyoti: muammo va istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari 
    2021 yil 28 may


    201 
    Har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat er osti va er usti tabiiy 
    boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi 
    navbatda o‘zining yuksak madaniyati bilan kuchlidir.
    21
    O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi asosida shaxsni rivojlantirishda 
    juda katta e’tibor berilib kelinmoqda. Bu o‘rinda shubhasiz musiqa 
    darslarida e’tibor tubdan takomillashtirilib, uni yanada rivojlantirish 
    masalasiga e’tibor o‘zgacha tus oldi. Kelajak avlodni barkamol inson etib 
    tarbiyalashga alohida urg‘u berilishi juda ham ahamiyatli va quvonarli 
    holdir. 
    Shaxs shakllanishida ayniqsa o‘zbek xalq musiqa tarixi fanining o‘rni 
    bir qadar ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Bugungi 
    globallashuv jarayonida musiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni, sifati va 
    samaradorligini oshirish maqsadida mavjud muammolarni aniqlash, 
    jumladan, bugungi kun musiqa o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlarini
    interfaol texnologiyalardan etarli darajada foydalanilmayotganligi mazkur 
    amaliy-ijodiy jabha bilan birga, uning nazariy-ilmiy asoslarini ishlab 
    chiqish bugungi kun va kelajagimizning dolzarb ehtiyojlaridan biridir. 
    Oliy ta’lim muassasasi talabalari kreativ fikrlashga yo‘naltirilgan 
    sifatlarni rivojlantirishi, ular tomonidan musiqiy va mutaxassislik 
    fanlaridan xabardor bo‘lishi, o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy ijrolarni 
    amaliyotda qo‘llay olishi zarur. 
    Kreativ talabalarda musiqiy-pedagogik sifatlarni shakllantirish, 
    zamonaviy jamiyat ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
    Kreativ talabaning oldiga qo‘yilgan vazifa maqsadli ta’limni 
    bosqichma – bosqich amalga oshirishi, bunda musiqiy-pedagogik dars 
    jarayonining har bir ishtirokchisi bilan individual ishlashi va ularga yangi 
    bilimlarni etkazib berishi va undan samarali foydalanish uchun imkon 
    yaratib berish muhim masalalardan biridir. 
    Kreativ sifatlarni rivojlantirishda kreativ insonlarni individual hamda 
    shaxsiy o‘ziga xosligi katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar natijasida kreativ 
    insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan, o‘zlari tanlagan faoliyatlarining 
    barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar, degan fikr etakchilik qiladi. 
    V.A.Slastenin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari asosida 
    kreativlikni ikki turga bo‘lishni taklif qiladilar: 
    Potentsial va dolzarb. 

    Potentsial kreativlik – muallifning fikricha, kreativlik 
    faoliyatidir. Individual potentsial joylashuvi ma’lum tashqi sharoitlarda 
    dolzarb kreativlikni egallashning asos tayyorgarligini tashkil etadi: 

    Potentsial kreativlik – ijodning sub’ektiv zarur sharoitidir. 
    V.A.Slastenin, L.S.Podimova potentsial kreativlikning dolzarb kreativlikka 
    izchil taqlid qilish orqali o‘tishi muammosiga o‘ziga xos yondashganlar.
    22
    21
    Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekistonning taraqqiyotining poydevori. – Т.: «O’zbekiston», 1998. -5-b 


    202 
    Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko‘chirishdan ijodiy 
    nusxa ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib 
    boradi. 
    Talabalarning musiqiy – pedagogik faoliyatini rivojlantishda kreativ 
    darslar an’anaviy darslardan tubdan farq qilishi kerak. 
    Kreativ ta’limni o‘qitish jarayonida egallangan bilimning miqdori va 
    sifati: rivojlanish samaradorligi talaba qobiliyatining o‘sish darajasi bilan 
    belgilanadi. 
    Mazkur ta’limning asosi o‘quv jarayonining talaba tomonidan to‘g‘ri 
    rejalashtirilishidir. Tizimli musiqiy darsni hosil qiluvchi omil – ta’lim 
    jarayoni natijasini o‘z vaqtida interfaol metodlar yordamida aniqlashi va 
    talabalarni mazmunli o‘quv strukturasini rejalashtirishga o‘rgatishdan 
    iborat. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MUSIQIY-PEDAGOGIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish